Termiz muxandislik texnologiya instituti Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti Oziq- ovqat texnologiyasi(Don mahsulotlari) ta’lim yo‘nalishi iv-kurs 12-18 guruh talabasi Maxmadaminova Rayhonaning


Download 28.02 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2023
Hajmi28.02 Kb.
#1210202
1   2   3   4
Bog'liq
Райхон диплом юзи ва глоссарй

Donning botanik xususiyatlari - donning tipi, kichik tipi va navining majmuasi.
Quruq don - namligi 14 % dan kichik bo‘lgan don massasi.
O‘rta quruq don - namligi 14,0 % dan 15,5 % gacha bo‘lgan don massasi.
Nam don - namligi 15,5 % dan 17,0 % gacha bo‘lgan don massasi.
Ho‘l don - namligi 17 % dan yuqori bo‘lgan don massasi.
Toza don - tarkibidagi begona aralashmalar miqdori 1 % gacha bo‘lgan don massasi.
O‘rta toza don - tarkibidagi begona aralashmalar miqdori 1 % dan 3 % gacha bo‘lgan don massasi.
Iflos don - tarkibidagi begona aralashmalar miqdori 3 % dan yuqori bo‘lgan don massasi.
Bazis konditsiyasi - donning jamoa va davlat xo‘jaliklari tomonidan topshirishdagi sifat ko‘rsatkichlari bo‘lib, unga sotib olish narxi bog‘lab hisoblanadi.
CHegaraviy konditsiya - donni davlatga sotishda yo‘l qo‘yiladigan eng quyi sifat normasi.
Natural qo‘shimcha va chegirish miqdori - don massasining namlik va ifloslik ko‘rsatkichlari bo‘yicha bazis konditsiyasidan farq qilganda qo‘shiladigan yoki kamaytiriladigan natural ko‘rinishdagi miqdor.
Pullik qo‘shimcha va chegirish miqdori - donning namlik va ifloslikdan boshqa sifat ko‘rsatkichlari bazis konditsiyasidan farq qilganda qo‘shiladigan yoki kamaytiriladigan pul miqdori.
Donning hisobga olingan massasi - natural qo‘shimcha yoki chegirish miqdoriga oshirilgan yoki kamaytirilgan fizikaviy massasi.
Namlik - materialdagi suvning quruq modda yoki materialning umumiy massasiga bo‘lgan nisbatining foizlardagi miqdori.
Quritish - materiallarni suvsizlantirish.
Konvektiv quritish - issiqlikni qizigan gaz yordamida uzatib donni quritish.
Konduktiv quritish - issiqlikni qizigan yuza orqali bevosita donga uzatib quritish.
Quritish agenti - donga o‘z energiyasini berib termodinamik ish bajaradigan gaz vositasi.

Download 28.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling