Termiz Pedagogika Instituti magistratura bo`limi Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili mutaxassisligi 1-kurs magistranti Husanova Fazilatning mustaqil ta’lim soatlarni o’tkazish uchun uslubiy ko’rsatmalari


Download 28.5 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi28.5 Kb.
#1311985
Bog'liq
uslubiy ko‘rsatmalar mustaqil ta\'lim uchun


Termiz Pedagogika Instituti magistratura bo`limi
Xorijiy til va adabiyoti:ingliz tili mutaxassisligi 1-kurs magistranti
Husanova Fazilatning mustaqil ta’lim soatlarni o’tkazish uchun uslubiy ko’rsatmalari

  • TMI mazmuni fanning xususiyatidan, oliy o'quv yurtining texnik imkoniyatlaridan va kutubxonaning o'quv-uslubiy ta'minlanganidan kelib chiqib aniqlanadi.

  • Odatda TMI talabaning mustaqil ta'limi (TMT) bilan birgalikda auditoriyadan tashqarida bajariladigan o'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishini (O'RTMI) ham o'z ichiga oladi. Kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriatda TMI ning umumiy soatlari fan hajmining yarmini tashkil etadi va uning ham deyarli yarmi O'RTMI ga ajratiladi.

  • talabaning bevosita o'zi tomonidan (mobil qurilmasi orqali) amalga oshiriladigan mustaqil ish turlari (TMT);

  • Kredit modul` tizimida talabalar mustaqil ishi va ARM faoliyatini tashkil etish

  • Talabalarning mustaqil ishi (TMI) – bu talabaning o'ziga xos o'quv faoliyati bo'lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, o'qishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida bilimlarni oshirishga yo'naltirilgan. TMI mazmuni mantiqiy fikrlashni, ijodiy faollikni, o'quv materialini o'zlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bog'liq bo'ladi.

  • an'anaviy shakldagi o'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi;

  • elektron shakldagi (mobil qurilmasi orqali) o'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi

  • Talabaning mustaqil ta'limi. Talabaning bevosita o'zi tomonidan mobil qurilmasi orqali amalga oshiriladigan mustaqil ish turlariga (TMT) quyidagilarni kiritish mumkin:

  • darsga tayyorlanish – ma'ruza matnlari, vodkastlar, video materiallar, amaliy

  • mashg'ulotlar va laboratoriya ishlari bayonlarini o'rganish;

  • axborot izlash – o'z qiziqishlaridan kelib chiqib taqdim qilingan dayjest orqali internet materiallarini o'rganish;

  • Test yechish – o'rgatuvchi test dasturlarida mashq qilish orqali fan moduliga oid materiallarni mustahkamlash;

  • Nazorat ishiga tayyorlanish – fan bo'yicha kutilayotgan oraliq va yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik ko'rish.

  • O'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi. O'RTMI yuklamasi o'qituvchining yuklamasiga to'laligicha kirmaydi, biroq kontakt mashg'ulotlar uchun o'qituvchiga alohida yuklama belgilanadi (hisob-chizma ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy izlanuvchiga rahbarlik, tayanch doktorantga rahbarlik va h.k.). TMI innovatsion texnologiyalarga asoslangan bo'lishi kerak.

  • Yakka tartibda maslahat olgan talaba, o'qituvchilarning mehnatini hisobga olish bo'yicha jurnalga imzo qo'yadi. TMIning sifatini kafedra nazorat qiladi, bunda TMI ning hajmi, mazmuni va hisobot turini tasdiqlaydi, ish hajmini, ketma-ketligini va topshirish muddatlarini aniqlaydi, TMI natijalari bo'yicha talabalar va o'qituvchilarning hisobotlarini ko'rib chiqadi. An'anaviy shakldagi o'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishlari (O'RTMI):

  • masala yechish – amaliy mashg'ulot mavzusi bo'yicha berilgan masalalarni yechish va uni yozma tarzda taqdim qilish;

  • referat – muammoning yozma bayoni, bunda adabiy manbalar sharhlanadi yoki ilmiy ish, kitoblar tahliliy bayon qilinadi;

  • kollokvium – o'quv modulining nazariy qismining o'zlashtirilishini tekshirish maqsadida suhbat uyushtirish;

  • esse – dolzarb mavzu bo'yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa keys-stadi – ishlab chiqarishdagi muammoli vaziyatlar bo'yicha belgilangan shakldagi topshiriqlar bo'yicha yechim izlash;

  • Amaldagi ta'lim tizimiga nisbatan oladigan bo'lsak o'qituvchi rahbarligidagi mustaqil ish turlarini me'yorlangan va me'yorlanmagan turlarga ajratish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 10-sentyabrdagi 20-2018-sonli buyrug'iga ilova qilingan “Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining o'quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me'yorlari”da quyidagi o'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ish (O'RTMI) turlari me'yorlab qo'yilgan: - .

  • Yuqorida keltirib o'tilgan O'RTMI turlaridan masala yechish, referat yozish, kollokvium, esse, taqdimot, keys-stadi, ish o'yinlari, glossariy, guruh loyihasi va boshqalar uchun vaqt me'yorlari ko'zda tutilmagan. Chunki, ular bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqiladi va maslahatlarni auditoriya mashg'ulotlarida (ma'ruza, amaliy, seminar, laboratoriya) amalga oshirish mumkin.

  • Talabalar tomonidan masofaviy ta'limda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan Link, Chart, Q/A, Review, SWOT, Interview, GoogleApps, Dayjest, Reportkabi o'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ish turlari uchun maslahatlarni kontakt soatlari (auditoriya mashg'ulotlari) uchun ajratilgan vaqt hisobidan amalga oshirish mumkin \

  • Talabaning mustaqil ishini masofaviy usulda tashkil qilish va va ta'lim natijalari.

  • Hozirgi kunda ta'lim tizimida til o'rganish va iqtisodiy bilim sohalarida qo'llanilayotgan ko'plab interfaol o'qitish usullari ommalashgan. Ularning ko'pchiligidan texnika sohasidagi bilimlarni o'qitishda ham samarali foydalanish mumkin.

Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling