2. “Termodinamika qonunlari” mavzusi bo’yicha bir soatlik dars ishlanmasi
“Termodinamika qonunlari” mavzusi bo’yicha sinov darsini Jizzax shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 10 umumiy o’rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyot o’tash davrida o’tkazish mo’ljallandi. Sinov tajribani amaliyot davrida 2 bosqichda olib borildi. Quyida ushbu sinov darsi xususida batafsil to’xtalamiz.
1-bosqich: O’tiladigan mavzuni mazmuni va darsni qanday tashkil etishni aniqlash.
2-bosqich: Umumlashtirilgan pedagogik mahoratni ko’rsatish, o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini aniqlash.
Sinov darsi quyidagi tartibda o’tkazildi.
Darsning mavzusi:Termodinamika qonunlari.
Darsning maqsadi: O’quvchilarga Termodinamika mavzusini mazmunini tushuntirish.
Darsning ta’limiy maqsadi:o’quvchilarga Termodinamika qonunlari haqida tasavvur hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:O’quvchilarga tabiatdagi hodisalar Termodinamika qonunlarini yetkazib berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda Termodinamika qonunlari haqida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Darsni jihozlash: Termodinamika qonunlarihodisalariga doir ko’rgazmali qurollar, tarqatma didaktik materiallar, kompyuter va namoyish etuvchi qurilmalar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Klaster va aqliy hujum metodlari.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism-2 minut
Uy vazifasini tekshirish-10 minut
Yangi mavzu bayoni-18 minut
Yangi mavzuni mustahkamlash-13 minut
Uy vazifasini berish-2 minut
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Dars jihozlarini tayyorlash, uy vazifalarini tekshirish maqsadida aqliy hujum va klaster metodlaridan foydalanishga hozirlik ko’rish.
Uy vazifasini tekshirish. O’qituvchi “Aqliy hujum” va “klaster” metodlaridan foydalanib uy vazifalarini tekshirish uchun o’quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar beriladi.
Sherigini top:
Ep S/t
F mv2/2
A mgh
V m*a
Ek F*s
Ayrim o’quvchilarga didaktik tarqatma materiallar topshiriladi va tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |