Elektr toki deb, elektr zaryadlarining tartibli harakatiga yoki zaryadlarning ko`chishi ilan bogliq bo`lgan elektr maydonning tarqalishiga aytiladi
Elektr tokini metallarda erkin elektronlarning harakati, elektrolitlarda ionlarning, gazlarda esa ionlar bilan elektronlarning harakati hosil qiladi. Biroq qarma–qarshi ishorali zaryadga ega bo`lgan juda ko`p elektron va atom yadrolaridan tashkil topgan jismlar tartibli harakatlanganda hech vaqt elektr toki hosil bo`lmaydi. Bunga sabab musbat va manfiy zaryadlar o`zaro kompensasiyalanishi natijasida har qanday yuza orqali o`tayotgan to`liq zaryad nolga teng bo`ladi. Shuning uchun ham, elektr tokini umumiy ko`rinishda quyidagicha tariflash mumkin.
Elektr toki deb, kompensasiyalashmagan ortiqcha musbat yoki manfii zaryadlarning tartibli harakatiga aytiladi. O`tkazgichlar ichidagi elektr maydoni sababli hosil bo`lgan elektr tokiga o`tkazuvchanlik toki deb ataladi. Lekin elektr tokini bundai tor manoda tushunish kerak emas. Masalan, zaryadlangan jismlar (yomgir tomchisi, suniy yo`ldosh va shu kabilar) ning fazodagi tartibli harakatidan ham elektr toki hosil bo`ladi. Bunday tok boshqa turdagi toklardan farqli ravishda konveksion tok deb ataladi.
Tokning yo`nalishi uchun shartli ravishda musbat zaryadlarning harakat yo`nalishi qabul qilingandir.Tokning bunday yo`nalishiga tehnik yo`nalish deyiladi. Shuning uchun ham, manfii zaryadlar yoki elektronlar hosil qilgan tokning yo`nalishiga harakat yo`nalishiga qarama–qarshi deb hisoblanadi.O`tkazuvchanlik tokini hosil qilgan erkin elektronlarning harakatini bevosita kuzatib bo`lmaydi. Lekin o`tkazgichdagi tokning mavjudligini uning tasiri yoki u hosil qilgan hodisalariga qarab quyidagicha aniqlash mumkin:
1.Tok o`tayotganda o`tkazgich qiziydi (isitkich asboblar, chuglanma lampalar, saqlagichlar).
2.Tokning magnit tasiri (tokli o`tkazgich atrofida magnit strelkaning ogishi elektromagnitlar, telegraf–telefon).
3.Elektr toki o`tganda himiyaviy tarkib o`zgarishi (kislota, ishqor va tuzlar eritmasi – elektrolitlarda moddalarrning ajralishi).
Vaqt o`tishi bilan miqdori va yo`nalishi o`zgarmaidigan tokka o`zgarmas tok deyiladi.
Zanjirdagi tok o`zgarmas bo`lishi uchun zanjirning ihtiyoriy ikki nuqtasidagi potensiallar ayirmasi ham o`zgarmas bo`lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |