2.Elektr maydonda zaryadni ko`chirishda bajarilgan ish. Har qanday elektr maydonga q0 zaryad kiritilsa, elektr kuchi tasirida zaryjad siljib ish bajariladi. Misol tariqasida nuqtaviy zaryad hosil qilgan maydondagi q0 nuqtaviy zaryad 1 nuqtadan 2 nuqtaga ihtiyoriy shakldagi yo`l bo`ylab siljigandagi bajarilgan ishni qarab chiqaylik. 1 va 2 nuqtalar orasidagi yo`lni kichik elementar bo`lakchalarga ajratamiz. Bu elementar masofada bajarilgan ish quyidagiga teng:
(75)
9–rasm.
bunda F–maydonga kiritilgan q0 zaryadga tasir qiluvchi kuch bo`lib, u quyidagiga teng edi:
(76)
elementar masofaning F kuch yo`nalishiga proeksiyasi bo`lib, u ga teng. Natijada ifodani quyidagi ko`rinishda yozish mumkin:
(77)
Bundan q0 zaryadni elektr maydonidagi 1 nuqtadan 2 nuqtaga ko`chirishdagi bajarilgan A12 ish esa elementar bajarilgan ishlarning yigindisiga teng bo`lib, u oliy matematika yordamida chiqariladi. Shuning uchun biz A12 –ishni ifodalovchi formulani keltirib chiqarmasdan tayyor holda yozamiz:
(78)
Bu ifodadan ko`rinadiki, elektr maydonda zaryadni ko`chirishda bajarilgan ish yo`lning shakliga bogliq bo`lmasdan zaryadning boshlangich va ohirgi holatiga bogliqdir.
Kuchining bajargan ishi yo`lning shakliga bogliq bo`lmagan maydonga potensial maydon deyiladi.
Binobarin, elektr zaryadlari hosil qilgan elektr maydon potensial maydondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |