Termoplast polimerlar asosida olingan kompozitsion materiallarning xossalari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
termoplast-polimerlar-asosida-olingan-kompozitsion-materiallarning-xossalari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1059 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. P l a s t i - f i k a t s i y a silindrida materialni isitib oquvchan holatga o ‘tkaziladi; uni zichlashtiriladi va gomogenlashtiriladi. Gomogenlash deb, massani bir tekisda aralashtirishga aytijadi. Buning natijasida harorat bir tekis massa bo‘ylab taqsimlanadi. Bu o‘z navbatida zichlikning, qovushqoqlikning bir tekis boMishiga olib keladi. Plastifikatsiya sharoitini shunday tanlash kerakki, u polimeming sezilarli darajada parchalanishiga olib kelmasin. Texnologik jarayon uchun isitish ikki manba orqali amalga oshiriladi: silindrni tashqaridan moslama orqali isitish va ishqalanish kuchini (silindr ichida materialni deformatsiyalanishi tufayli) issiqlikka o ‘tishi orqali. Suyuqlanmaning qovushqoqligini ta’minlash uchun suyuqlanmaning harorati shunday bo'lishi kerakki, u qolipni toMdirishi bilan polimer destruksiyaga uchramasin. Odatda suyuqlanmaning kerakli qovushqoqlikdagi harorati amorf polimer uchun shishalanish haroratidan 100— 150°C yuqori bo'ladi. Kristall polimer uchun uning yumshatish harorati bir qancha yuqori ko'rsatkichlarga ega bo‘lganda erishiladi. Maksimal harorat polimer destruksiyasi haroratidan 30—40°C past bo'lishi tavsiya etiladi (8-jadval). Ma’lumki, harorat oshishi bilan suyuqlanmaning issiqlikka turg‘unligi kamayadi. Demak, plastifikatsiya silindrlarida ma’lum haroratda materialning bo‘lish vaqti suyuqlanmaning termoturg‘ unlik vaqtidan ortiq bo'lishi mumkin emas. Shnek orqali bosim bilan yuborilgan suyuqlanma yopiq soploda me’yorlash zonasida yig'iladi va materialning bosimi ortishi tufayli shnek orqaga qarab ketadi. Shnekning orqaga qaytish tezligi purkash uzelidagi aks bosim orqali rostlanadi. Aks bosim qancha ko‘p bo‘lsa, suyuqlanmaning zichligi shuncha ortadi va uning harorati bir xil bo‘ladi. Siljish deformatsiyasi hisobiga aks bosim oshishi bilan me’yorlash zonasida materialning harorati ortadi. Yana shuni hisobga olish kerakki aks bosim ortishi bilan quyish mashinasining plastikatsiya unumdorligi pasayadi, shuningdek, vaqt birligi ichida materialning suyuq holatga o ‘tishi ham kamayadi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling