Termoplast polimerlar asosida olingan kompozitsion materiallarning xossalari


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1406220
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
termoplast-polimerlar-asosida-olingan-kompozitsion-materiallarning-xossalari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1061
qo‘shimcha porsiya suyuqlanma boradi. Bosim qo‘shimcha suyuqlanma tufayli qolipda 
kerakligicha ushlab turiladi. Bosim ostida ushlab turish litnik kanalidagi suyuqlanma 
sovib qotgunga qadar davom etadi. Buyum bosim ostida qancha ko‘p ushlansa, 
shakllanish davrida u shuncha kam kirishadi. Demak, kirishish jarayoni litnikning 
o'lchamiga, suyuqlanmani qolipdagi haroratiga va hamda polimerning issiqlik-fizik 
xossalariga bog‘liq ekan. Demak, qolipni bosim ostida ushlab turish vaqti bosimning 
qiymatiga bog‘liq ekan. Agar bosim to ‘g ‘ri aniqlangan bo‘lsa, sovitish natijasida 
shakllanish bo‘shlig‘ida qoldiq bosim (Pqol) bo‘ladi (12-rasmga qarang). Buyumni 
sovitish. Bu jarayon odatda suyuqlanmani purkash vaqtida boshlanadi, lekin «bosim 
ostida ushlab turish» vaqti tugagandan so‘ng jarayon «vaqt relesi» orqali belgilanadi. 
Demak, sovitish vaqtida buyum to‘liq shakllanishi uchun bu zarur tadbirlar qatoriga 
kiradi. Shundan so‘ng buyum qolipdan olinganda konstruksiyasi to ‘liq ta’minlanadi, 
deformatsiyalanishi yo'qoladi. Sovitish jarayonida, buyum devori qalinligiga qarab, 
makromolekulalar har xil darajada oriyentatsiyada bo‘ladi hamda bunda qoldiq 
kuchlanish paydo b o ‘lishi mumkin. Bu kuchlanish buyumning sifatiga ekspluatatsiya 
paytida, salbiy ta ’sir etishi mumkin. Qolipning ochilishi va buyumni chiqarib olish. 
Sovitish operatsiyasi tamom bo‘lgandan so‘ng qolip ochiladi. Qolip ikki qismdan iborat: 
harakatlanuvchi va silindrga biriktirilgan qismi. Qolipning harakatlanuvchi qismi 
buyum bilan chapga siljiydi va maxsus moslama — turtkich yordamida buyum chiqarib 
olinadi (agar litnik qolgan bo‘lsa buyum bilan birga chiqadi). Ayrim paytlarda polimer 
adgeziyasini kamaytirish uchun qolipga maxsus antiadgeziv suyuqlik purkaladi. 
Bosim ostida quyish usulining texnologik parametrlari. 
Bu parametrlar yuqorida qayd etib o ‘tilgan. Bu parametrlarga amal qilingan holda 
olingan buyumning xossasi quyidagi ko'rsatkichlar bilan belgilanadi: zichligi, ichki 
kuchlanishlar miqdori, material strukturasi (amorf yoki kristall), shuningdek, 
ekspluatatsiya yoki saqlash davomida buyum o ‘lchovlarining o'zgarishi va boshqalar. 
Yana shuni aytib o ‘tish kerakki, buyum xossasiga quyish jarayonida sodir b o ‘ladigan 
destruksiya yoki choklanish reaksiyalari ham ta’sir etadi. 13-rasmda termoplastlardan 
quyush usuli bilan buyum olish texnologik sxemasi keltirilgan. Ayrim parametrlarga 
to‘xtalib o ‘tamiz: Mashinaning ish unumdorligini quyidagi formula bilan aniqlash 
mumkin: 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling