Termoplastlardan buyum olish usullari qanday sinflarga bo'linadi?


Ekstruziyalash usuli bilan plyonka olish texnologiyasi


Download 479.95 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi479.95 Kb.
#1565101
1   2
Bog'liq
Kim.tex. Mt. plastmassa. Hemis

Ekstruziyalash usuli bilan plyonka olish texnologiyasi

  • Oldiri aytilganidek, termoplastik polimerlarni oquvchan

  • holatga o‘tkazib, har xil profilga ega bo‘lgan teshiklar orqali uzluksiz siqib chiqarish — ekstruziyalash deb ataladi.

  • Bu usul plyonka, list, quvur, har xil kesimga va konfiguratsiyaga ega bo‘lgan profil va setka olishda keng qo'llaniladiganusullar qatoriga kiradi.Ekstruderning bosh qismiga o'rnatilgan mundshtuk (7-rasm) orqali suyuqlik siqib chiqariladi.Kallak oqib chiqayotgan termoplastga ma’lum tashqi shakl berish uchun xizmat qiladi. Kallakdan chiqayotgan shakl berilgan buyum, plyonka «yeng» (рукава) ko‘rinishida salqin havo berib yoki boshqa usullar bilan sovitilib qotadi. Plyonka olishda siqib chiqarish operatsiyasi bilan puflash operatsiyasi birgalikda olib boriladi. Bu usul ekstruziya yo'li bilan plyonka olish deb ataladi (8-rasm). Bunda siqib chiqarilayotgan polietilen suyuqlanma ichiga bosim ostida havo yuboriladi. Havo bosimi tufayli ekstruder bosh qismidan chiqib kelayotgan «yeng» kengayib, m a’lum qalinlik va kenglikdagi plyonkaga aylanadi. Bu jarayon uzluksiz davom etib, olingan plyonka maxsus uskunalar orqali tortib barabanlarga o‘raladi.



    Polietilen plyonka ishlab chiqarish texnologik sxemasi

    Jarayon quyidagi operatsiyalardan iborat:

    1. Xomashyoni tayyorlash va quritish.


    2. Oquvchan holatga o'tkazish va undan bir jinsli suyuqlanma hosil qilish (gomogenlash).


    3. «Yeng»ni olish (shakllash).


    4. Plyonkani oriyentatsiyalash va sovitish.


    5. Plyonkani baraban orqali о‘rash.


    6. Plyonkaning sifatini aniqlash.


    Rasmdan ko‘rinib turibdiki, quritilgan polimer granulasi pnevmotransport orqali ekstruder bunkeriga uzatiladi. Granula bunkerdan ekstruder silindriga tushadi. Aylanayotgan shnek granulani oldinga qarab 2- va 3- zonalarga suradi.



    Kallakda suyuqlanma dorn tufayli perimetr bo'yicha tarqaladi va tirqishdan chiqishda silindr shakliga ega bo'ladi (qopcha yoki «yeng» shaklida). Suyuqlanmaga turg'un shakl berish uchun uni tashqi tomondan havo yordamida sovitiladi. «Yeng» xiralasha boshlagan paytda qotish m om enti belgilanadi. Ya’ni kristallanish chegarasi (agar kristallanuvchi polimer bo‘lsa, unda kristallizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi). Ekstruder «yeng» uzunasiga maxsus valiklar yordamida tortiladi va shu bilan bir qatorda «yeng» ichidagi havo yordamida puflanadi. «Yeng» ichiga havo vaqt-vaqti bilan berib turiladi. Chunki havo diffuziya va sizib chiqish tufayli «yeng» ichida kamayishi mumkin.Keyin plyonka barabanga o'raladi yoki ikki tom ondan qirqiladi. Qirqilgan «yeng»ning chetlari qayta ishlanadi va granula holiga keltirilib, ishlatilayotgan toza granulaga qo‘shiladi.

    Bir xil qalinlikdagi plyonka olishda siqilgan havoni bir tekis va 0‘zgarmas bosim ostida yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega. Plyonkaning qalinligi va kengligi «yeng» ichiga havoni ko‘p yoki oz puflash orqali boshqarib turiladi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, «yeng»ga puflash darajasi 250—300 % dan oshmasligi yoki boshqacha qilib aytganda, puflangan «yeng»mr\g diametri halqasimon tirqish diametridan 2,5—3 marta ko‘p bo'lishi lozim ekan.Shu shartga rioya qilinganda puflangan plyonka qalinligi mashinaning bosh qismidagi halqasimon tirqishdan chiqayotgan parda qalinligidan taxminan 9—10 marta kichik bo‘ladi.


    Bu usul bilan PE, PP, PS, PA va boshqalardan plyonka olish mumkin. Polietilenning yuqori qovushqoqlik ko‘rsatkichi PTR ga ega bo‘lgan rusumlaridan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan polietilen «yeng» turg‘un bo‘lib, uni kallakdan tortib olish imkoniyati yuqori bo‘ladi.Undan tashqari polietilenni oldindan quritish lozim, chunki namligi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Download 479.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling