Terniz davlat universiteti kimyo. 222-guruh talabasi. Arabov g’ulomning kimyo tarixi va


Download 0.89 Mb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1569773
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi selen va tellurning birikmalari najmiddin kurs ishi

II.Tajribaviy qism
II.1 Selen va Tellurning olinishi
Olinishi. Selen sulfat kislota ishlab chiqarish fabrikasining chang kamerasida tulilib qolgan va qòrģoshin kameralarning balchiklaridan ajratib olinadi. Buning uchun buģga o'ralgan konsentrlangan qaynoq sulfat kislota va natriy nitrat aralashmasi qòshiladi, natijada òsha moddalar tarkibidagi selen oksidlanib selenit kislota, H2SeO3ga aylanadi va eritmaga òtadi. Sòngra bu eritma orqali sulfit angidrid òtkazilib H2SeO3 ni erkin selenga qadar qaytariladi. Hosil bòlgan Selen qizil rangli chòkma holida idish tubida yiģiladi
Olinishi. Tarkibida tellur tutgan rudalarni qayta ishlash yòli bilan tellurning suvda, kislotalarda yoki ishqorlarda yaxshi eriydigan birikmalari ( masalan , TeO2) xosil bòladi. Agar olingan erithmaga SO2 yuborilsa, tellur erkin holatga òtadi.
II.Selen va Tellurning birikmalarining ishlatilishi
Selen yarimoʻtkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli shisha i.ch.da, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va rezina sanoatida qoʻllanadi. Birikmalari zaharli. Koʻpchilik tirik organizm toʻqimasida 0,01 dan 1 mg/kg gacha Selen boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar uchun Selen hayotiy zarur element. Inson va hayvonlarning Selenga boʻlgan ehtiyoji 50— 100 mkg/kg. Hayvonlarning kunlik ozuqasida Selenning miqdori 2 mg/kgdan koʻp boʻlsa, kuchli zaharlanish kuzatiladi.
Rux vakadmiy selenidlari yorqin qizil rangli shisha va shishasimon materiallar, fotoelementlar, fotoqarshiliklar, televizor trubkalarining yorugʻlikka sezgir qatlamlarini tayyorlashda, galliy selenid lazer texnikasida, simob selenid magnit maydoni kuchlanishini oʻlchaydigan asboblarda qoʻllanadi. Oraliq metallar (shuningdek, lantanoid va aktinoidlar)ning selenidlari yuqori traga chidamli yarimoʻtkazgich qurilmalarda, mashina ishqalanish qismlarida qattiq surkama sifatida ishlatiladi.
Tellur selenga nisbatan kam ishlatiladi. Sanoatda olinadigan Tellurning asosiy qismi telluridlar sintez qilish va yarim oʻtkazgichlar uchun sarflanadi. Tellurli materiallardan mikroelektronika uchun kerakli yarim oʻtkazgich pardalar tayyorlanadi. Vismut va surma telluridlar termoelektr generatorlar uchun zaruriy materiallardir. Kadmiy tellurid (CdTe) quyosh batareyalari, lazerlari, radioaktiv nurlanish hisoblagichlari tayyorlashda qoʻllanadi. Tellurning oʻzi rezina va shisha sanoatida ishlatiladi. Metallurgiyada mexanik xossalarni yaxshilovchi qoʻshimcha sifatida (asosan, qoʻrgʻoshinga) qoʻllanadi. Natriy va kaliy telluritlardan mikrobiologiyada va difteriya diagnostikasida boʻyoq modda sifatida foydalaniladi.
Tellur oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida doim boʻladi, lekin uning biologik roli toʻliq oʻrganilmagan. Odam bir kecha kunduzda ovqat va suv orqali 0,6 mg ga yaqin Tellur oladi. Oʻsimliklar uchun oʻrtacha, sut emizuvchilar uchun juda zaharli. Tellur ishlab chiqarish. da undan zaharlanish mumkin. Tellurdan zaharlanganda titroq bosadi, bosh ogʻriydi, darmonsizlanadi, tomir urishi susayadi, ishtaha yoʻqoladi, koʻngil ayniydi, til qorayadi, nafas siqiladi, soch toʻkiladi. Kasbiy zaharlanishga qarshi kurashish tadbirlari — mehnat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish, terini himoya qilish vositalaridan foydalanish.
Xulosa
Ushbu. kurs ishimdan shuni xulosa qilib aytishim mumkinki , selen va tellurning tabiatda metallar bilan birikkan . holda uchrashligini angladim . Bundan tashqari selen va tellurning yerda turli minerallari borligini bildim.
Selen va tellurning fiziki -kimyoviy xossalariga toxtaladigan bölsam huddi oltingugurt kabi bir necha shakl körinishga ega ligini , jumladan uning ikkita qizil rangli metallsimon modifikatsiyasi va bitta kulrang metallsimon modifikatsiyasi borligini bildim . Tellur esa odatdagi sharoitda ikki allotropik shaklda bölishini bildim.Selen va tellurning birikmalariga toxtaladigan bölsam selen galo genidlari - SeF4,SeF6 , SeCl4 , SeBr4 , SeJ4 borligini va xossalarini organdim . Tellurning esa - kislorodli birikmalari – TeO2 H₂TeO3 , H6TeO6 lar.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling