Terniz davlat universiteti kimyo. 222-guruh talabasi. Arabov g’ulomning kimyo tarixi va


I.2.Selen va Tellurning tabiatda tarqalishi


Download 0.89 Mb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1569773
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi selen va tellurning birikmalari najmiddin kurs ishi

I.2.Selen va Tellurning tabiatda tarqalishi.

I.2.Selen va Tellurning tabiatda tarqalishi.

Tabiatda tarqalishi. Selen tabiatda metallar bilan birikkan xolatda ( selenidlar holida ) sulfidlar bilan birgalikda uchraydi, chunki ayni metallining selenidi uning sulfidi bilan izomorfdir. Masalan, selenidlar temir kolchedani FeS, mis kolchedani CuFeS, kòrinishida bòladi. Bu minerallar kuydirilganda seleni oksidi SeO , holida rudadan chi qib , SO2 bilan birga chang kamerasiga o'tadi va qattiq jism bòlgani uchun qo'shimcha chiqib qoladi . Bundan tashqari , SeO2 , bilan SO2 Shu tufayli erkin holatda ajralib chiqqan selen sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonida qòrģoshin kameralarining balchiqlari tarkibiga o'tadi. Selen minerallarining yolģiz òzi nihoyatda siyrak Selenning tabiatda borgan 6 ta bor izotopi bor. Ulardan eng kòp tarqalgani 80Se bòlib, uning umumiy miqdori tabiatdagi selenning 79.9% ini tashkil qiladi. Selenni 1817 yilda qòrģoshin kamera balchiģidan Bersellius topgan .


Tellur tabiatda ogʻir metallarning sulfidli rudalari tarkibida va mustaqil minerallari — kalaverit AiTe2, krennerit (Ai, Ag)Te2, geye sit Ag2Te, tetradimit Bi2Te2S, tellur vismutit Bi2Te3 va boshqa holida uchraydi.
Tellur oqishkulrang, metallday yaltiroq, moʻrt kristall modda; zichligi 6,25 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 450°, qaynash temperaturasi 990°. Tellur yarim oʻtkazgich xossasiga ega. Odatdagi sharoitda Tellurga havo xam, kislorod ham taʼsir etmaydi; lekin Tellur kislorodda qizdirilganda zangori tusda yonib, TeO2 ga aylanadi. Tellur —2, Q4 va Q6 valentli. Tellur bilan galogenlar orasida odatdagi sharoitda (yod bilan suv ishtirokida) birikish reaksiyasi boradi. Tellur qizdirilganida metallar bilan reaksiyaga kirishib, telluridlar hosil boʻladi. 100— 160° da suv bilan reaksiyaga kirishib, vodorod va TeO2 hosil qiladi. Vodorod bilan bevosita birikmaydi; uning gidridi N2Te rux telluridga kislota taʼsir etishidan hosil boʻladi.
I.3.Selen va Tellurning birikmalari
Selen galogenlar bilan reaksiyaga kirishib SeF6, SeF4 SeCl4 SeBr4 Se2Cl2 va boshqa birikmalar hosil qiladi.
Selen geksaftorid SeF6 — xona temperaturasida rangsiz gaz, suyuqlanish temperaturasi —34,6°; —46,6° da sublimatsiyalanadi. Selen tetraftorid SeF4 — rangsiz suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi 13,2°, qaynash tempraturasi93°. Selen tetraxlorid SeCl4 — rangsiz kristall modda, suyuqlanish temperaturasi 305° (bosim ostida), 196° da sublimatsiyalanadi. Selen tetrabromid SeBr4 — beqaror sariq rangli modda, kuchsiz qizdirilganda toʻq qizil rangli Se2Br2 ga aylanadi. Diselen dixlorid Se2Cl2 — jigarrang suyuqlik
Selen digalogenidlar SeCl2 va SeBr2 faqat bugʻ holatda mavjud. Selenning SeF2, SeOCl2 va SeOBr2 tarkibli oksigalogenidlari olingan. Selen ftoroksid SeOF2 — xona temperaturasida suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi 4,6°, qaynash temperaturasi 124°. Selen xloroksid SeOCl2 — sariq rangli ogʻir suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi 11°, qaynash temperaturasi 179°, zichligi 2,44 g/sm³. Selen bromoksid SeOBr2 — sariqqizil rangli qattiq modda, suyuqlanish temperaturasi 41,6°, keyingi qizdirilganda parchalanadi.Selen ning uglerod bilan CSe, azot bilan (SeN)4 fosfor bilan P4Se3, P2Se3, P2Se5 kabi birikmalari olingan. Selen vodorod bilan bevosita birikib suvda eruvchan qòlansa hidli, zaharli gaz — vodorod selenid H2Se hosil qiladi.
Tellurning Kislorod birikmalari. TeO2 rangsiz kristal modda bòlib, suvda juda oz eriydi; Bunda kislotali hossaga ega bulgan eritma hosil buladi; bu kislota H2TeO3 tarkibga ega bülib, tellurit kislotasi deb tayyorlanadi. Tellurit kislotasi erkin olingan emas; Nihoyada kuchsiz kislota hisoblanadi. Kuchli oksidlovchi, (xromat kislota perxlorat kislotasi) tasirida tellurdan yoki orto kislota H6TeO6 olish mumkin. H6TeO6 suvda yaxshi eriydi. Juda kuchsiz kislotalardan biridir. uning oltita gidrogeni metalga almashina oladi; masalan, kumush tellurat Ag6TeO6 tarkibiga ega bòladi. Bu kislota 160 ° C gacha qizdirilsa, H6TeO4. ga aylana oladi. 300 ° esa, suvda erimaydigan sariq tusli TeO3ga o'tadi. Tellurning galogenli birikmalari TeF6, TeF4 ,Te2F10,TeCl4,TeBr4 , Tel4 , tarkibga ega . Tellur tetraxloridi TeCl, ishqoriy metallarning xloridlari bilan kompleks tuzlar (masalan, Cs2(TJeCl6J) ni hosil qiladi

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling