Nafas olish organlarining kasalliklari. Burun ichki shilliq qavatining yallig‘lanishi (rinit), tomoq shilliq qavatining yallig‘lanishi hiqildoq ichki qavatining yallig‘lanishi (laringit), traxeya va bronxlar ichki qavatining yallig‘lanishi (traxeit va bronxit), o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi (zotiljam) kasalliklari odamda tez-tez uchrab turadi. - Nafas olish organlarining kasalliklari. Burun ichki shilliq qavatining yallig‘lanishi (rinit), tomoq shilliq qavatining yallig‘lanishi hiqildoq ichki qavatining yallig‘lanishi (laringit), traxeya va bronxlar ichki qavatining yallig‘lanishi (traxeit va bronxit), o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi (zotiljam) kasalliklari odamda tez-tez uchrab turadi.
Nafas olish organlari gigiyenasi. Nafas olish organlarining normal rivojlanishi, ularni har xil kasalliklardan muhofaza qilishda gigiyena qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega. - Nafas olish organlari gigiyenasi. Nafas olish organlarining normal rivojlanishi, ularni har xil kasalliklardan muhofaza qilishda gigiyena qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega.
- Odam yoshligidan burun orqali chuqur nafas olish va chiqarishga odatlansa, nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurg‘alararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi. Organizmni turli sharoitda chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish va ochiq havoda sayr qilish kabilar nafas olish organlari kasallik larining oldini olishga yordam beradi.
Chekishning nafas olish organlariga zararli ta’siri. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko‘proq zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol kabilar odam organizmining barcha organlariga, jumladan, nafas olish organlariga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. - Chekishning nafas olish organlariga zararli ta’siri. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko‘proq zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol kabilar odam organizmining barcha organlariga, jumladan, nafas olish organlariga zaharli ta’sir ko‘rsatadi.
- Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, chekish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili dunyoda ikki yarim million kishi halok bo‘ladi. Chekish oilaga katta moddiy zarar ham yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |