Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar Test sinovini o‘tkazishdan maqsad
Test sinovini baholashga doir ko‘rsatmalar
Download 27.87 Kb.
|
2 5190741472143475015
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash mezonlari
Test sinovini baholashga doir ko‘rsatmalar. Testni o‘tkazishdan oldin o‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishdagi javob varaqalari tarqatiladi. O‘quvchilar 10 minut davomida testlarni yechib, faqat bitta to‘g‘ri javobni javob varaqasida bo‘yab qo‘yadilar.
5-sinf o‘quvchisi ____________________________________ ning 1-test sinovi bo‘yicha javob varaqasi
To‘g‘ri javoblar soni: _____ta. Baho: _____ Javob varaqalari yig‘ib olinadi va oldindan tayyorlab qo‘yilgan baholash shabloni bilan tekshiriladi. Baholash shabloni baholash varaqasining o‘zidan iborat bo‘lib, faqat uning to‘g‘ri javob kataklari hamda to‘g‘ri javob soni va baho qo‘yiladigan kataklar qiyib o‘yib qo‘yilgan bo‘ladi.(O‘yilgan kataklar pastdagi rasmda shartli ravishda bo‘yab ko‘rsatilgan) Shablon baholash varaqasi ustiga qo‘yiladi. Shunda o‘yilgan kataklardan nechta bo‘yalgan javob ko‘rinsa, shuncha javob to‘g‘ri bo‘ladi. Baholash shabloni o‘qituvchi isihini osonlashtirib, tezda bo‘yalgan kataklarni sanab, natijani «To‘g‘ri javoblar soni» katagiga yozib, unga mos bahoni «baho» katagiga qo‘yish imkoniyatini beradi. 5-sinf o‘quvchisi ____________________________________ ning 1-test sinovi bo‘yicha javob varaqasi
To‘g‘ri javoblat soni: _____ta. Baho: _____ Baholash mezonlari : Javobi to‘g‘ri topilgan 5 ta test uchun – «besh» baho, 4 ta test uchun -- «to‘rt» baho , 3 ta test uchun -- «uch» baho qo‘yiladi. Birorta ham javob topa olmagan, 1 ta yoki 2 ta test javoblarini to‘g‘ri topgan o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi. Ular bilan keyingi darslarda va darsdan keyin ishlab, ularni han bu kabi testlardan ijobiy baho olishlariga erishish lozim bo‘ladi. Chunki, bu testlar, qayta ta’kidlaymiz, davlat ta’lim standarti talablari asosida tuzilgan va har bir o‘quvchi ulardan ijobiy baho olishi shart. Download 27.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling