Test savollari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari nimalar kiradi


Download 46.75 Kb.
bet1/18
Sana22.10.2023
Hajmi46.75 Kb.
#1715076
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
TEST SAVOLLARI loyiha


TEST SAVOLLARI
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari nimalar kiradi:

  1. Tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o’stirish, savod o’rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo’yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko’nikma sistemasini egallab olish.

  2. Har bir bolani ijodiy qobiliyatlari, xohish va qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.

  3. Ijodiy va qoidali o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o’z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, o’z-o’ziga xizmat qilish, sayrlar, gigienik tadbirlarni amalga oshirish.

  4. Bolalarning hamma faoliyat turlari bilan shug’ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

2. Kun davomida bolalar hayotini tashkil etishga quyiladigan talablardan biri:

  1. Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.

  2. Har bir bolani ijodiy qobiliyatlari, xohish va qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.

  3. Ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o’yinlardan, interfaol usullardan foydalanish mahorati bo’lishi.

  4. Bolalarlami real hayotiy munosabatlarga, ijtimoiy foydali faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish.

3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kun tartibi necha qismdan iborat?

  1. 5

  2. 4

  3. 3

  4. 2

4. Haftaning qaysi kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi?

  1. Haftaning birinchi va oxirgi kunida.

  2. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida.

  3. Haftaning juma va shanba kunlarida.

  4. Haftaning barcha kunlarida.

5. Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan olib boradigan jamoaviy ish shakllaridan biri:

  1. oilaga tashrif buyurish;

  2. pedagogik topshiriq;

  3. pedagogik maslahat;

  4. ochiq eshiklar kuni.

6. Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan olib boradigan individual ish shakllaridan biri:

  1. pedagogik ma’ruzalar;

  2. pedagogik ta’lim universitetlari;

  3. pedagogik maslahat

  4. ota-onalar yig’ilishi.


Download 46.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling