Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika
Download 1.16 Mb.
|
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN
- Bu sahifa navigatsiya:
- MASALALARNI YECHISHDA QUYIDAGILARGA E’TIBOR BERING.
UUU-fenilalanin
UUA-leysin AUS-izoleysin AAU-asparagin GGC-glitsin .............61 ta UAA, UAG, UGA-terminatorlar Oqsil biosintezi o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, bunda xilma-xil ferment va RNKlar ishtirok etadi. Bu jarayon hujayraning maxsus sintez qiluvchi organoidi — ribosomalarda kechadi. Dastlab aminokislotalar ATF energiyasi yordamida faol holga keladi va t-RNKlar yordamida ribosomalarga tashib keltiriladi. Oqsil to‘g‘risidagi axborot DNK molekulasidan i-RNKlar yordamida ko‘chirib olinadi va ribosomaga beriladi. Demak, DNKning zanjirlaridan birida RNK molekulasi sintezlanadi. i-RNK nukleotidlarning ketma-ketligi DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligiga mos (komplementar) bo‘ladi. Shunday qilib, sitoplazmada ribosoma va i-RNKdan iborat oqsil sintez qiluvchi majmua hosil bo‘ladi. Ribosoma i-RNK bo‘ylab harakat qiladi va polipeptid zanjirning hosil bo‘lishi boshlanadi. Bu harakat davomida ribosomaga ketma-ket ravishda aminokislotalar kelib qo‘shiladi. Aminokislota bilan tripletli kodining mos kelishini t-RNK belgilaydi. Oqsil molekulasi sintezi tugallangach, polipeptid zanjir ribosomadan ajraladi. Ribosoma va i-RNK molekulasidan oqsillar biosintezida qayta-qayta foydalanish mumkin. MASALALARNI YECHISHDA QUYIDAGILARGA E’TIBOR BERING. Nukleotidlar bir zanjirda o’zaro fosfodiefir bog’ hosil qilib birikadi. DNK qo’sh zanjirida nukleotidlar vodorod bog’i yordamida birlashadi, shuning hisobiga DNK zanjirlari o’zaro bog’lanib qo’sh zanjirni hosil qiladi. Nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm (3,4 A)ga teng. Qo’sh zanjirli DNK molekulasini uzunligini hisoblashda uning faqat bir zanjirini uzunligi topiladi, chunki bir zanjirining uzunligi qo’sh zanjirning uzunligiga teng. DNK tarkibida purin asoslaridan A va G, pirimidin asoslaridan T va C uchraydi. RNK tarkibida purin asoslaridan A va G, pirimidin asoslaridan U va C uchraydi. DNK bir zanjiridagi purin asosi qarshisida ikkinchi zanjirning pirimidin asosi joylashadi, shunga ko’ra har doim A qarshisida T, G qarshisida C joylashadi. A va T orasida 2ta, G va C orasida 3ta vodorod bog’i bo’ladi. Agar RNKdagi nukleotidlar soni berilib uning uzunligi so’ralsa, berilgan raqam 0,34 nmga ko’paytiriladi. Masalan, RNKda 55ta nukleotid bo’lsa, uning uzunligi 18,7 nm (55*0,34nm=18,7nm) ga teng bo’ladi. Uzunligi berilib nukleotidlar soni so’ralsa aksincha ish bajariladi. Masalan, RNK uzunligi 25,5nm bo’lsa undagi nukleotidlar soni 75 ta (25,5nm/0,34nm=75) bo’ladi. Agar DNKdagi nukleotidlar soni berilib uning uzunligi so’ralsa, berilgan raqam avval ikkiga bo’lib olinadi(chunki DNK qo’sh zanjirli), keyin 0,34nmga ko’paytiriladi. Masalan, DNKda 230 ta nukleotid bo’lsa uning uzunligi 39,1nm (230/2*0,34=39,1nm) ga teng bo’ladi. Uzunligi berilib nukleotidlar soni so’ralsa aksincha amal bajariladi. RNK zanjirida fosfodiefir bog’lari soni umumiy nukleotidlar sonidan bitta kam bo’ladi. DNK zanjirida esa ikkita kam bo’ladi. Doimo oqsil molekulasi RNKdan sintezlanadi. Bitta aminokislotani uchta nukleotid kodlashini hisobga olgan holda oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalar sonidan RNKdagi nukleotidlar soni uch marta ko’p bo’ladi. Aminokislotalar sonidan DNKdagi nukleotidlar sonini topish uchun aminokislotalar soni 3 ga ko’paytiriladi, natijada RNKdagi nukleotidlar soni kelib chiqadi. So’ng chiqqan natijani yana ikkiga ko’paytiramiz chunki, DNK molekulasi RNK molekulasidan ikki marta ko’p. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling