Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika


NUKLEIN KISLOTALAR. GENETIK KOD. OQSIL BIOSITEZI


Download 1.16 Mb.
bet29/35
Sana06.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1169591
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN

NUKLEIN KISLOTALAR. GENETIK KOD. OQSIL BIOSITEZI.


Tirik organizmlar, shu jumladan, viruslar uchun ham nuklein kislotalarning ahamiyati juda katta. Ular irsiy belgilarni saqlash va nasldan naslga o‘tkazish, oqsillar biosintezi kabi muhim hayotiy jarayonlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli nuklein kislotalar (“nukleus” — yadro) deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxondriyada ham mavjudligi aniqlangan.
Nuklein kislotalardan biri hisoblangan DNK tuzilishining kashf etilishi biologiyaning yangi davrini boshlab berdi. Chunki bu kashfiyot tirik hujayralar, binobarin, tirik organizmlar ham qanday qilib xuddi o‘ziga o‘xshash nasl qoldirishining sirlarini ochishga imkon yaratdi. Shu bilan birga u hayot faoliyatini qanday qilib boshqarish haqidagi axborotning ko‘chirilishini ham ko‘rsatib berdi.
Nuklein kislotalarning monomerlari nukleotidlardir. Ulardan uzundan-uzoq polinukleotidlar hosil qilinadi. Nukleotidlar murakkab tuzilishga ega. Ularning tarkibida fosfor kislotasi, monosaxarid va azot asoslari bo‘ladi. Ular bir-biridan azot asoslarining turiga qarab to‘rtga ajratiladi. Bular adenin, guanin, sitozin va timin (uratsil) nukleotidlardir. Nuklein kislota tarkibidagi monosaxarid ikki xil: riboza va dezoksiribozadan iborat. Riboza va dezoksiribozaning molekulasida 5 ta uglerod atomi bo‘ladi, glukozada esa uglerod atomlarining soni 6 taga teng.
Dezoksiriboza tarkibida bir atom kislorod yetishmasligi bilan ribozadan farq qiladi. Bu ikkala monosaxarid bir polinukleotidda va bir nuklein kislota tarkibida bir vaqtda hech qachon uchramaydi. Bir-biri bilan har doim faqat ribonukleotidlar yoki faqat dezoksiribonukleotidlar hosil qilib birlashadi. Shunday qilib, bu ikki xil monosaxarid ikki tipdagi polinukleotidni va shu tufayli ikki xil nuklein kislotani hosil qiladi.
Bu ikki xil monosaxaridning boshlang‘ich harflari D va R bilan, nuklein kislota so‘zlarining boshlang‘ich harflari NK ni qo‘shsak, bunda ikki xil turdagi nuklein kislotaning qisqartirilgan nomi DNK (dezoksiribonuklein kislota) va RNK (ribonuklein kislota) hosil bo‘ladi. DNK moleku­lasida azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin va timin uchraydi.
DNK molekula massasi juda katta bo‘lgan qo‘sh zanjirli polimer birikma hisoblanadi. Bitta molekula tarkibida haddan tashqari ko‘p nukleotidlar bo‘ladi. DNK molekulasida oqsil sintezi to‘g‘risida axborot joylashgan. Shu bilan birga DNK molekulasi ana shu axborotning nusxasini ko‘paytirish xususiyatiga ega. Bu tirik organizmlar haqidagi irsiy axborotni aniq holda nasldan naslga o‘tkazish demakdir.
DNK hujayra yadrosida, shuningdek mitoxondriya va xloroplastlarda bo‘ladi. U xromosoma tarkibiga kirib, oqsillar bilan birikkan holda uchraydi.DNKning tuzilishini amerikalik biolog J. Uotson va angliyalik fizik olim F. Krik kashf etganlar.
Ribonuklein kislotalaming tuzilishi DNKga o‘xshash bo‘ladi. Ularning tarkibiga azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin va uratsil uchraydi. Asosiy farqi RNK bir zanjirli molekulalardan iborat.
Molekular massasi ularning turiga qarab har xil bo‘ladi. Ular transport (t-RNK), informatsion (axborot) — (i-RNK) va ribosomal (r-RNK)ga bo‘linadi. Bunday nomlanish albatta ular bajaradigan vazifalari bilan bog‘liqdir. RNKning barcha turlari oqsil sintezida ishtirok etadi.


DNK, RNK VA OQSIL MOLEKULASINING SXEMATIK TUZULISHI.






Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling