Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika


Download 1.16 Mb.
bet26/35
Sana06.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1169591
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN

ENERGIYA ALMASHINUVI BOSQICHLARI


Achish jarayonida energiya almashinuvi odatda uch bosqichga bo‘linadi. Birinchi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda murakkab uglevodlar, yog‘lar, oqsil­lar — glukoza, glitserin va yog‘ kislotalari, aminokislotalarga; nuklein kislotalaring katta molekulalari esa nukleotidlarga parchalanadi. Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya ajraladi va ular issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.


(C6H10O5)n + n H2O nC6H12O6
kraxmal glukoza
Ikkinchi bosqich — to‘liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo‘lib, hujayra sitoplazmasida amalga oshiriladi. U anaerob nafas olish (glikoliz) yoki achish deb ham yuritiladi. «Achish» atamasi odatda o‘simlik yoki mikroorganizmlarning hujayralarida kechadigan jarayonlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu bosqichda moddalaming fermentlar ishtirokida parchalanishi yana davom etadi. Masa­lan, mushaklarda anaerob nafas olish tufayli glukoza molekulasi 2 molekula sut kislotasigacha parchalanadi. Glukozaning parchalanish reaksiyalarida fosfat kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish natijasida ajralgan energiya hisobiga ATF molekulalari hosil bo‘ladi.


C6H12O6 + 2 ADF + 2 H3PO4 2 C3H6O3 + 2ATF


Achitqi zamburuglarida glukoza molekulasi kislorodsiz sharoitda etil spirti va karbonat angidridgacha parchalanadi. Bu jarayon spirtli achish deb yuritiladi.


C6H12O6 + 2 ADF + 2 H3PO4 2 C2H5OH + 2 CO2 + 2ATF


Boshqa mikroorganizmlarda glikoliz jarayoni atseton, atsetat kislota va boshqalarni hosil qilish bilan tugaydi. Barcha hollarda glikoliz reaksiyalari bir molekula glukozaning parchalanishi 2 molekula ATFni hosil qilish bilan boradi. Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning 40%i ATF tarkibida to‘planadi, qolgani esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.
Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi — aerob nafas olish yoki kislorodli parchalanish deb ataladi. Energiya almashinuvining bu bosqichi fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi bosqichda hosil bo‘lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi mahsulotlar — CO2 va H2O gacha parchalanadi. Kislorodli nafas olish jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va ular ATF molekulalarida to‘planadi. Ikki molekula sut kislotani kislorodli sharoitda to‘liq parchalanishida 36 molekula ATF hosil bo‘ladi.


2 C3H6O3 + 6 O2 + 36 ADF + 36 H3PO4 mitoxondriyada 6 H2O + 6 CO2 + 36 ATF


Demak, hujayrani energiya bilan ta’minlashda aerob nafas olish asosiy vazifani bajaradi. Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab ikkita katta: avtotroflar va geterotroflar guruhiga bo‘linadi. Avtotroflar anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zamr organik moddalarni hosil qiluvchi organizmlardir. Bularga deyarli barcha yashil o‘simliklar, suv o‘tlari, ba’zi bakteriyalar kiradi. Avtotrof organizmlar qaysi energiya manbaidan foydalanishiga qarab ikki guruhga: fototrof va xemotrof- larga bo‘linadi. Fototroflar quyosh energiyasidan, xemotroflar esa kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling