Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika


Jinsga birikkan holda nasldan naslga o‘tish


Download 1.16 Mb.
bet15/35
Sana06.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1169591
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN

Jinsga birikkan holda nasldan naslga o‘tish. Morgan va uning shogirdlari jinsiy xromosomalar orqali jinsni aniqlash bilan birga jinsga bog‘liq holda irsiylanishni ham aniqladilar. Ularning qayd qilishlaricha genlar faqat auto- somalarda emas, balki jinsiy xromosomalarda ham joylashgan bo‘ladi. Shun­day genlar ishtirokida rivojlangan belgilar jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Ma­salan, drozofilada ko‘zning qizil (A), oq (a) bo‘lishini tahmin etuvchi gen jinsiy X-xromosomada joylashgan. Bu belgi jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Odamda ham jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar jinsga bog‘liq holda irsiylanishi isbot etildi. Masa­lan, odamda gemofiliya (qonning ivimasligi) hamda daltonizm (qizil va yashil ranglarni ajrata olmaslik) kasalliklarini belgilovchi genlar X-xromosomada joylashgan. Bu kasalliklar jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Ularning irsiylanishi quyidagicha amalga oshadi.
Masala: Daltonizm kasalligi jinsiy X xromosomaga birikkan holda nasldan naslga o’tadi. Bu belgi bo’yicha tashuvchi ayol (XDXd), sog’lom erkak (XDY) bilan turmush qurgan bo’lsa, ularning bu nikohidan tug’ilgan bolalarning necha foizi sog’lom bo’ladi?
A) 25 B) 50 C) 75 D) 100


Y echim: P XDXd X XDY
G XD Xd XD Y 75% sog’lom (XDXD; XDY; XDXd),
25% daltonizm bilan kasallangan(XdY).
F1 XDXD XDY XDXd XdY Daltonik o’g’ilga belgi onadan o’tgan.







BELGILARNING JINSGA BOG’LIQ HOLDA NASLGA O’TISHI

1. Tovuqlarda patining olachipor (A) va qora (a) rangda bo’lishini boshqaruvchi gen jinsiy X xromosomada joylashgan. Olachipor tovuq bilan qora tus xo’roz chatishtirilsa F1da olachipor jo’jaxo’rozlar va qora tusli makion jo’jalar paydo bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning genotipi qanday bo’lgan?


A) XaY x XaXa B) XaY x XAXA
C) XAY x XAXa D) XAY x XaXa

2. Jinsga birikkan holda nasldan-naslga o’tishda quyidagi qanday genotipli ota-onadan daltonik o’g’illar tug’ilishi mumkin?


1) XDXD x XDY; 3) XDXd x XDY;
2) XdXd x XDY; 4) XDXD x XdY
A) 2,4 B) 3,4 C) 2,3 D) 1,2

3. Gemofiliyani tashuvchi ona, otasi sog’lom bo’lgan oilada o’g’il bolalarning necha foizi gemofiliya bilan kasallangan bo’ladi?


A) 25 B) 50 C) hammasi sog’lom D) 100

4. Tilla rang tovuq gomozigotali kumush rangli xo’roz bilan chatishtirilgan. Kumush rang dominant, tilla rang retsessiv bo’lib, ularni yuzaga chiqaruvchi genlar X-xromosomada joylashgan. Tovuq va xo’rozlarning genotipini aniqlang.


A) ♀XaXa x ♂XAY B) ♀Xa Xa x ♂XaY
C) ♀XaY x ♂XAXa D) ♀Xa Ya x ♂XAXA


5. Gemofiliya kasalligi odamlarda jinsiy X xromosomaga bog’langan holda retsessiv nasldan- naslga o’tadi. Quyidagi qaysi ota- onadan umuman kasal bola tug’ilmaydi?
A) XH XH x XH Y B) XH Xh x Xh Y
C) XH Xh x XH Y D) Xh Xh x Xh Y

6. Daltonizm bo’yicha tashuvchi ayol, sog’lom erkak bilan turmush qurgan bo’lsa, ularning bu nikohidan tug’ilgan bollarning necha foizi sog’lom bo’ladi?


A) 25 B) 50 C) 75 D) 100

7. Qanday genotipli ota-onadan daltonik qizlar tug’ilmaydi?


1) XDXD x XDY; 3) XDXd x XDY;
2) XdXd x XDY; 4) XDXD x XdY
A) 2,4 B) 3,4 C) 2,3 D) 1

8. Otasi gemofiliya bilan kasallangan onasi genotip va fenotip jihatdan sog’lom ayol otasi sog’lom, onasi genotip va fenotip jihatdan kasal yigitga turmushga chiqdi. Bu nikoxdan sog’lom yigit va sog’lom qiz tug’ilish ehtimolini toping


A) 0; 25 B) 0; 0 C) 25; 50 D) 25; 0

9. Gemofiliya tashuvchisi bo’lgan ayol va gemofiliya bo’yicha sog’lom erkak turmushidan 12 ta farzand hosil bo’ldi. Farzandlarni nechtasi gemofiliya bo’yicha kasal bo’ladi?


A) 2 B) 4 C) 3 D) 9

10. Odamlarda tish emalining erta qorayishi X xromosoma orqali o’tadigan retsessiv belgi. Geterozigota genotipli qiz, tish emali erta qorayadigan erkak bilan turmush qurgan. Ushbu nikohdan tug’ilgan 40 ta farzandan nechtasida tish emali erta qorayadi?


A) 10 B) 20 C) 30 D) 40

11. Mushuklarda qora rang malla rang geni ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigotalar toshbaqa ko’zli bo’ladi. Bu genlarning ikkalasi jinsiy X xromosomada joylashgan. Qanday genotipli ota-onadan uch xil ko’zli mushukchalar tug’iladi?


1) XDXD x XDY; 3) XDXd x XDY;
2) XdXd x XDY; 4) XDXD x XdY
A) 2,4 B) 3 C) 2,3 D) 1

12. Drozofilada ko’zning qizil bo’lishi dominanat (B), oq bo’lishi esa retsessiv (b) genga bog’liq bo’lib, bu genlar jinsiy X romosomada joylashgan. Ko’zlari rangsiz urg’ochi pashsha, qizil ko’zli erkak pashshalar bilan chatishtirilib 50 % qizil, 50 % oq ko’zli pashshalar olingan. Ota-onaning genotipini ko’rsating?


A) XDXd x XdY C) XDXD x XdY
B) XdXd x XDY D) XDXd x XDY

13. Daltonizm X xromosoma orqali o’tadigan retsessiv, Gipertrixoz esa Y xromosoma orqali o’tadigan dominant kasallikdir. Qaysi nikohdan har ikkala kasallik bilan kasallangan farzand tug’ilishi mumkin?


A) XDXd x XdYA B) XDXD x XdYA
C) XdXd x XDYa D) XDXd x XDYa

14. Tovuqlarda patning hoshiyali va oq bo’lishini belgilaydigan genlar X xromosomada joylashgan. Hoshiyali patni ta’minlaydigan gen dominant. XDXd x XdY genotipli tovuq va xo’rozlardan olingan avlodlarning necha foizi oq rangli bo’lishi va shu avlodlarning jinsini aniqlang?


A) 25 %; tovuq B) 25 %; xo’roz
C) 50 %; xo’roz D) 50 %; tovuq

15. Gemofiliya bo’yicha tashuvchi ayol va sog’lom erkak turmushidan tug’ilgan o’gil bolalarning necha foizi kasal tug’iladi?


A) 25 % B) 50 % C) 75 % D) 0 %

16. Toshbaqa ko’zli mushuk bilan qora ko’zli mushukni chatishtirish natijasida birinchi avlodlarning bittasi malla rangli bo’lgan. Uning jinsi va genotipini ko’rsating?


A) erkak XAXa B) urg’ochi XAYa
C) urg’ochi XAXA D) erkak XAY

17. Ixtioz X xromosoma orqali o’tadigan retsessiv, Gipertrixoz esa Y xromosoma orqali o’tadigan dominant kasallikdir. Ixtioz bo’yicha tashuvchi ayol, har ikkala kasallik bilan kasallangan erkakka turmushga chiqdi. Ushbu nikohdan tug’ilgan 4 ta qizlarning nechtasi ixtioz bo’yicha kasal, gipertrixoz bo’yicha sog’lom bo’ladi?


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

18. Jinsga birikkan holda nasldan-naslga o’tishda quyidagi qanday genotipli ota-onadan daltonik o’g’illar tug’ilishi mumkin?


1) XDXD x XDY; 3) XDXd x XDY;
2) XdXd x XDY; 4) XDXD x XdY
A) 2,4 B) 3,4 C) 2,3 D) 1,2

19. Onasi gemofiliya tashuvchisi, otasi sog’lom


bo’lgan oilada og’il bolalarning necha foizi
gemofiliya bilan kasallangan bo’ladi?
A) 50 B) 25 C) 100 D) 0

20. Onasi gemofiliya tashuvchisi, otasi sog’lom


bo’lgan oilada qiz bolalarning necha foizi
gemofiliya bilan kasallangan bo’ladi?
A) 0 B) 25 C) 50 D) 100

21. Otasi gemofiliya bilan og’rigan, onasi sog’lom bo’lgan oilada gemofilik o’g’il tug’iladimi?


A) yo’q B) ha C) ¼ D) ½

22. Odamda ter bezlarining bo’lmasligi retsessiv


belgi bo’lib, jinsga bog’liq holda irsiylanadi.
Oilada ota va o’g’il bu anomaliyaga ega bo’lib,
ona sog’lom bo’lsa, o’g’ilga bu anomaliyaning
otadan o’tganligi ehtimoli qanday (%)?
A) 0 B) 25 C) 75 D) 50

23. Mushuklarda ranglarni ifodalovchi genlar X-


xromosomada joylashgan. Qora rang -
dominant, lekin malla rang ustidan to’liq
dominantlik qilolmaydi, natijada geterozigotalarda oraliq belgi - toshbaqa rang
hosil bo’ladi. Toshbaqa rangli mushukchalarning jinsi va genotipi qanday bo’ladi?
A) erkak; XaY
B) urg’ochi; XAXA yoki ХAХa
C) erkak; XAYa
D) faqat urg’ochi; XAXa

24. Odamlarda uchraydigan daltonizm retsessiv d geni bilan ifodalanib, u jinsiy X-xromosomada


joylashgan. Quyida berilgan ota-onalar
genotipini tahlil qilib, qaysi oilada hamma
farzandlar daltonizm kasalligiga ega bo’lib
tug’ilish ehtimolini aniqlang.
А) XDХD x ХDУ В) XdXd x XdY
C) XD Xd x XDY D) XDXD x XdY

25. Odamlarda uchraydigan daltonizm retsessiv d geni bilan ifodalanib, u jinsiy X-xromosomada


joylashgan. Quyida berilgan ota-onalar genotipini tahlil qilib, qaysi oilada faqat
daltonik o’g’il tug’ilish ehtimolini aniqlang.
A) XDXD x XDY В) XdXd x XdY
С) XdXd x XDY D) XDXD x XdY

26. Odamlarda uchraydigan daltonizm retsessiv d geni bilan ifodalanib u jinsiy X-xromosomada


joylashgan Quyida berilgan ota-onalar genotipini tahlil qilib, qaysi oilada daltonik o’g’il va qiz tug’ilish ehtimolini aniqlang.
A) XDXD x XDY B) XDXd x XdY
C) XDXd x XDY D) XDXD x XdY

27. Normal rang ajratish geni (dominant) va


daltonizm geni (retsessiv) X-xromosomada
joylashgan. Daltonik erkak kishi sog’lom ayolga
uylanganida oilada daltonik qiz tug’ildi. Ota-
ona genotipini aniqlang.
A) XDXd x XDY B) XDXD x XdY
C) XDXd x XdY D) XdXd x XDY

28. Drozofila pashshasida ko’zining oq rangi X-


xromosomadagi retsessiv gen bilan ifodalanadi.
Agar oq ko’zli urg’ochi pashsha qizil ko’zli
erkak pashsha bilan chatishtirilsa F1 da olingan
duragaylarning qaysi birida ko’zning rangi oq
bo’ladi?
A) urg’ochi va erkaklarda
B) faqat urg’ochilarda
C) faqat erkaklarda
D) F1 da oq rangli pashshalar uchramaydi

29. Qanday genotipli tovuqlar va xo’rozlar


chatishtirilganda, keyingi avlodda tovuqlarning
barchasi faqar qora tusli, xo’rozlar esa faqat
chipor tusli bo’ladi? (chipor rang dominant
belgi)
A) ♂ XaXa x ♀ XAY B) ♀XAXa x ♂XaY
C) ♀ XaXa x ♂ XaY D) ♀XAXa x ♂XAY

30. Mushuklarda qora rang В gen bilan, sarg’ish


rang b gen bilan belgilanadi. Bu ikki gen X
xromosomada joylashgan va ular Y
xromosomada bo’lmaydi. Qora rangni
boshqaruvchi gen sariq rangni boshqaruvehi gen
ustidan chala dominantlik holda irsiylanadi.
Genotipda ikkala gen uchrasa mushuklarning
rangi olachipor bo’ladi. Agar qora rangli
urg’ochi mushuk sarg’ish rangli erkak mushuk
bilan chatishtirilsa qanday rangli va genotipli
mushukchalar tug’iladi?
A) XBXb, XBY, 50% olachipor va 50% qora
B) XBXB, XBY, 100% qora
C) XBXb, XbY, 50% olachipor va 50% sarg’ish
D) XBXB, XBXb, XBY, XbY, 50% qora va 50%
sarg’ish

31. Tovuqlarda olachipor patlilik qora ranglilik


ustidan dominantlik qiladi va X-xromosomaga
bog’liq holda irsiylanadi. Agar qora rangli tovuq
olachipor rangli xo’roz bilan chatishtirilsa
jo’jalarning rangi qanday bo’ladi?
A) 50 % olachipor tovuq va 50 % olachipor
xo’roz
B) 100 % qora xo’roz va tovuqlar
C) 75 % olachipor tovuq va 25 % qora xo’roz
D) 50 % olachipor tovuq va 50 % qora xo’roz

32. Quyidagi qanday genotipli ota-onadan daltonik o’g’illar tug’ilishi mumkin?


1) XDXD x XDY; 2) XDXd x XDY;
3) XdXd x XDY; 4) XDXD x XdY.
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 2,4
33. Tilla rang tovuq gomozigotali kumush rangli
xo’roz bilan chatishtirilgan. Kumush rang
dominant, tilla rang retsessiv bo’lib, ularni
yuzaga chiqaruvchi genlar X-xromosomada
joylashgan. Tovuq va xo’rozlarning genotipini
aniqlang.
A) ♀ XaXa x ♂ XaY B) ♂ XAXA x ♀ XaY
C) ♀ XaXa x ♂ XAY D) ♂ XAXa x ♀ XaY

34. Tilla rang tovuq geterozigotali kumush rangli


xo’roz bilan chatishtirilgan. Kumushrang
dominant, tilla rang retsessiv bo’lib, ularni
yuzaga chiqaruvchi genlar X-xromosomada
joylashgan. Tovuq va xo’rozlarning genotipini
aniqlang.
A) ♀ XaY x ♂ XAXa B) ♂ XAYa x ♀ XaXa
C) ♀ XAXa x ♂ XaY D) ♀ XaXa x ♂ XaYa

35. Tilla rang xo’roz gomozigota tilla rangli tovuq bilan chatishtirilgan. Kumush rang dominant, tilla rang retsessiv bo’lib, ularni yuzaga chiqaruvchi genlar X-xromosomada joylashgan. Tovuq va xo’rozlarning genotipini aniqlang.


A) ♀ XaY x ♂ XaXa B) ♂ XAYa x ♀ XaXa
C) ♀ XaXa x ♂ XaY D) ♀ XaXa x ♂ XaYA

36. Ikki uyli o’simliklardan birida barg


plastinkasining qisqa bo’lishi (k) retsessiv gen
bilan belgilanib u X-xromosomada joylashgan.
Keng barg plastinkasiga ega bo’lgan o’simlik
barg plastinkasi qisqa bo’lgan o’simlik changi
bilan urug’lantirilgan. Undan hosil bo’lgan
urug’dan unib chiqqan urug’chili o’simlikni
barg plastinkasi keng bo’lgan o’simlik changi
bilan urug’lantirilganda hosil bo’ladigan
changchili va urug’chili avlodning fenotipini
aniqlang. (ushbu o’simlikda jinsning
belgilanishi odam yoki meva pashshasinikiga
o’xshaydi)
A) ikkita keng bargli urug’chili, ikkita keng
bargli changchili o’simlik
В) ikkita keng bargli urug’chili, bitta keng bargli
va bitta qisqa bargli changchili o’simlik
С) barchaavlod qisqa bargli bo’ladi
D) ikkita keng bargli changchili, bitta keng
bargli va bitta qisqa bargli urug’chili o’simlik

37. Ikki uyli o’simliklardan birida barg


plastinkasining qisqa bo’lishi (k) retsessiv gen
bilan belgilanib u X-xromosomada joylashgan.
Keng barg plastinkasiga ega bo’lgan o’simlik
barg plastinkasi qisqa bo’lgan o’simlik changi
bilan urug’lantirilgan. Undan hosil bo’lgan
urug’dan unib chiqqan urug’chili o’simlikni
barg plastinkasi keng bo’lgan o’simlik changi
bilan urug’lantirilganda hosil bo’ladigan
changchili va urug’chili avlodning genotipini
aniqlang. (ushbu o’simlikda jinsmng
belgilanishi odam yoki meva pashshasinikiga
o’xshaydi)
A) XKXK, XKXk, XKY, XKYk
B) XKXK, XKXk, XKY, XkY
C) XKXK, XKXK, XKY, XkY
D) XKXk, XKXk, XKY, XkY

38. Quyidagi qanday genotipli ota-onadan faqat


daltonik qizlar tug’ilishi mumkin?
1)XDXD x XDY; 2)XDXd x XDY;
3)XdX d x XdY; 4)ХDХD x XdY.
A) 1,2 B) 3 C) 3,4 D) bunday genotip yo’q

39. Odamda ter bezlarining bo’lmasligi retsessiv, bo’lishi dominant belgi hisoblanadi. Bu belgilarning genlari X-xromosomada


joylashgan. Mazkur belgi bo’yicha geterozigota
qiz ter bezlari bor yigitga turmushga chiqib 4 ta
farzand ko’rgan. Ota-ona va farzandlarning
genotipi to’g’ri berilgan javobni toping.
A) XAY х ХAХА | XAY, XAXA, XAY, XAXA
В) XAY x XAXa | XAY, XAXA, XaY, XAXa
C) XaY x XAXA | XAY, XAXa, XAY, XAXa
D) XaY x XAXa | XaY, XAXa, XAY, XaY

40. Drozofila pashshasida ko’zining oq rangi X-


xromosomadagi retsessiv gen bilan ifodalanadi.
Agar oq ko’zli urg’ochi pashsha qizil ko’zli
erkak pashsha bilan chatishtirilsa F1 da olingan
duragaylarning qaysi birida ko’zning rangi qizil
bo’ladi?
A) urg’ochi va erkaklarda
В) faqat urg’ochilarda
C) faqat erkaklarda
D) F1 da qizil rangli pashshalar uchramaydi

41. Drozofila pashshasida ko’zining oq rangi X-


xromosomadagi retsessiv gen bilan ifodalanadi.
Agar oq ko’zli urg’ochi pashsha qizil ko’zli
erkak pashsha bilan chatishtirilsa F1 da qanday
ajralish namoyon bo’ladi?
A) 100 % qizil
В) 75 % qizil : 25 % oq
C) 50 % qizil: 50 % oq
D) 25 % qizil: 75 % oq






2013-2014-2015 VARIANTLARI ASOSIDA


Genlarning o‘zaro ta’siri. Genlarning komplementar ta’siri turli allelga mansub genlar ba’zi belgilarning rivojlanishiga bir muncha mustaqil ta’sir etishi bilan birga, ko‘pincha turli shaklda o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Natijada organizmda biron belgining rivojlanishi bir necha gen nazorati ostida bo‘ladi. Misol uchun tovuqning toji har xil zotlarida turli shaklda bo‘ladi. Bu narsa ikki juft genning o‘zaro ta’siri natijasida genlarning alohida kombinatsiyasi tufayli tojlar to‘rt xil variantda namoyon bo‘ladi, ya’ni oddiy (aabb), no‘xatsimon (aaBB yoki aaBb), yong‘oqsimon (AABB yoki AaBb), gulsimon toj (AAbb, Aabb)lar. Allel bo‘lmagan genlar o‘zaro, asosan komplementar, epistaz, polimer ta’sir qiladi.
Genotipda allel bo‘lmagan genlaming o‘zaro ta’siri natijasida organizmda yangi belgining rivojlanishiga olib kelishi genlarning komplementar, ya’ni to‘ldiruvchi ta’siri deb ataladi. Genlarning bunday ta’siri xushbo‘y hidli, oq gulli no‘xatni o‘zaro chatishtirishda ham aniq namoyon bo‘ladi. Olingan bi­rinchi bo‘g‘in duragaylar qizil rangda bo‘ladi.
Birinchi bo‘g‘in duragaylar o‘zaro chatishtirilganda ikkinchi bo‘g‘in o‘simliklarda ajralish 9:7 nisbatda, ya’ni bir fenotipik sinf (9/16) qizil, ikkinchisi (7/16) oq bo‘ladi, demak, natijaviy nisbat 9:7. Ota-ona o‘simliklarning genotipi — AAbb va aaBB bo‘lib, ularning har biri bittadan dominant (A yoki B) genga ega. Bu dominant genlar alohida-alohida holda gulga qizil rang bera olmaydi, shuning uchun ota-ona no‘xat o‘simliklarining guli oq bo‘ladi.










Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling