Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika
Download 1.16 Mb.
|
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN
GENLARNING POLIMER TA’SIRI.
Allel bo‘lmagan bir nechta genning bitta belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatishi genlarning polimer ta’siri deyiladi. Genlarning polimer ta’siri organizmlarning miqdoriy belgilarida uchraydi. Masalan, hayvonlarning vazni, o‘sishi, o‘simliklarning bo‘yi, to- vuqlaming tuxum qilishi, qoramol sutining miqdori va yog‘liligi, o‘simliklar tarkibidagi vitaminlar miqdori va boshqalar. Miqdor belgilarning rivojlanish darajasi unga ta’sir etuvchi polimer genlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ polimeriyaga ajratiladi. Kumulyativ polimeriya miqdor belgilarini, nokumulyativ polimeriya esa sifat belgilarining irsiylanishini nomoyon etadi.Kumulyativ polimeriya irsiylanishda duragaylarning birinchi va ikkinchi avlodida belgilarning rivojlanish darajasi dominant genlar soniga bog’liq bo’ladi. Shunga ko’ra duragay genotipida 4ta dominant gen bo’ladigan taqdirda qizil, 3ta dominant gen bo’lsa och qizil, 2ta dominant gen bo’ladigan bo’lsa pushti, 1ta dominant gen bo’ladigan bo’lsa och pushti rangli donlar rivojlanadi. Genotipda dominant genlar bo’lmasa don oq rangli bo’ladi. Nokumulyativ polimeriyada dominant belgining rivojlanishi dominant genlar soniga bog’liq bo’lmaydi. Natijada genotipi 4,3,2,1 dominant genlardan iborat bo’lgan individlar fenotip jihatdan o’zaro o’xshash bo’ladi. Polimer hodisasini dastavval shved olimi Nilson Ele o‘rgandi. U bug‘doyning qizil (A1A1A2A2) va oq (a1a1a2a2) navlarini o‘zaro chatishtirib F1 o‘simliklarni oldi. F1 da donlarning rangi pushti bo‘ldi. F1 o‘zaro chatishtirilib F2 dagi o‘simliklarning don rangiga qarab 5 ta guruhga ajratildi. Ularning miqdoriy nisbati quyidagicha: 1 ta qizil, 4 ta och qizil rangli, 6 ta pushti, 4 ta och pushti rangli, 1 ta oq donli donga ega o‘simliklar(kumulyativ). Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling