Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika
G ENLARNING O‘ZARO EPISTAZ TA’SIRI
Download 1.16 Mb.
|
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN
G ENLARNING O‘ZARO EPISTAZ TA’SIRI.
Fenotipda bir dominant genning allel bo‘lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishi epistaz deb ataladi. Bu qonuniyatning mohiyatini tovuq zotlarida pat rangining irsiylanishi misolida ko‘rib chiqaylik. Patlari oq rangdagi ikkita tovuq zotlarining fenotipi bir xil bo‘lsa ham ulaming bu belgi bo‘yicha genotiplari har xilligi aniqlandi. Buni tekshirish uchun har ikkalasi ham oq patli tovuq zotlariga chatishtirildi. F1 da hamma duragaylaming pati oq rangli chiqdi. F1 duragay avlodidagi xo‘roz va tovuqlarni o‘zaro chatishtirib olingan ikkinchi avlodda patning rangi bo‘yicha ikkita fenotipik guruhga ajralish kuzatildi. Ularning 13/16 qismi oq patli, 3/16 qismi esa qora patli tovuq-xo‘rozlar ekanligi aniqlandi. P ♂ IICC(oq) X ♀ iicc (oq) G IC ic F1 IiCc (oq) ♂ IiCc (oq) X ♀ IiCc (oq)
Bu yerda C-geni rangning qora bo’lishini ta’minlaydi, lekin noallel I-dominant geni ingibitorlik qilib qora rangni yuzaga chiqishiga yo’l qo’ymaydi. Shunday qilib, ikkita oq patli tovuq zotlarini chatishtirib olingan duragaylaming ikkinchi avlodida yangi belgi (patning qora bo‘lishi)ga ega bo‘lgan organizmlar paydo bo‘ldi. Endi tovuqlardagi pat rangining bunday tarzda irsiylanib F2 da xilma-xil ajralish kuzatilishining genotipik asoslari bilan tanishaylik. Tovuq zotlarida IiCC, IICC, IiCc, iicc, IIcc, Iicc genotiplar patning oq bo‘lishini ta’minlaydi. iiCC, iiCc genotiplar esa patning qora bo‘lishini ta’min etadi. Tovuq zotlarida patning oq-qora bo‘lishi ikki juft allel bo‘lmagan genlarga bog‘liq. Ularning birinchi jufti Cc genidir. Bu genning dominant alleli (CC) va (Cc) holatda patning qora bo‘lishini ta’minlaydi. Bu genning (cc) holati patning oq bo‘lishiga zamin yaratadi. Unga allel bo‘lmagan ikkinchi juft geni esa, C-c genning faoliyatini boshqaradi. Bu gen ingibitor gen deb ataladi va II, li holatlarida patga rang beruvchi (C) genining faoliyatini to‘xtatadi. Natijada С geni genotipda bo‘lsa ham, patning qora bo‘lishini fenotipda namoyon eta olmaydi va pat rangi oqligicha qoladi. Ingibitor genlar dominant yoki retsessiv holatda bo’lishi mumkin. Agar ingibitor gen retsessiv bo’lsa u faqat gomozigota holatda (ii) dominant gen ta’sirini bo’g’ishi mumkin, ingibitor gen dominant bo’lsa u holda ham gomozigota ham geterozigota holda (II, Ii) dominant genlar ta’sirini bo’g’adi.Natijada belgi F1 da belgi nomoyon bo’lmaydi. Shunday qilib, allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro epistaz ta’siridagi irsiylanish jarayonida ham duragay avlodlarda, ota-ona organizmida bo‘lmagan yangi belgilar paydo bo‘ladi. EPISTAZ 1. Piyoz po’stining qizil rangini B gen, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda V gen bo’lsa yuzaga chiqadi. Uning retsessiv v alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to’sqinlik qiladi. Po’sti sariq piyoz oq piyoz bilan chatishtirilganda F1 da olingan barcha duragaylar qizil po’stli bo’lgan. F2 da fenotip bo’yicha qanday ajralish namoyon bo’ladi? A) 9 qizil : 6 sariq : 1 oq B) 9 qizil : 3 sariq : 4 oq C) 1 qizil : 2 sariq : 5 oq D) 3 qizil : 3 sariq : 2 oq 2. Sichqonlarning rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi, Birinchi juftning dominant geni kulrangni, retsessivi esa qora rangli bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni rangning hosil bo’lishiga yordam beradi,uning retsessiv alleli esa rang hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Kulrang sichqonlar o’zaro chatishtirilganda 58 kulrang, 19 oq sichqonlar paydo bo’lgan. Ota-ona va oq sichqonlarning genotipini aniqlang.? A) AaBB x AaBb; aabb B) AaBB x AaBB; aaBB C) AABb x AABb; Aabb D) AaBb x AaBb; aabb 3. Tovuq patining rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juft allelning dominant geni patning rangli bo’lishini, uning retsessiv alleli esa oq rangli bo’lishini belgilaydi. Ikkinchi juft dominant gen patning rangli bo’lishiga to’sqinlik qiladi, uning retsessiv alleli esa rangli bo’lishiga to’sqinlik qilmaydi. Tovuq fermasida oq va rangli tovuqlar chatishtirilganda 5044 ta oq va 3033 ta rangli jo’jalar olingan. Ota-onalarning genotipini aniqlang? A) liaa x iiAA B) liAa x liaa C) IIAA x iiaa D) liAa x iiAa 4. Piyoz po’stining qizil rangini B gen sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda V gen bo’lsa yuzaga chiqadi. Uning retsessiv v alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to’sqinlik qiladi. Quyidagi genotiplarning qaysi biri qizil rangli fenotipga ega? a) BBVV; b) Bbvv; c) bbVV; d) bbvv; e) bbVv; f) BbVv; j) BbVV; k) BBvv A) c, e B) a, f, j C) b, d, k D) c, e,f 5. Tovuq patining rangi ikki juft allel bo’lmagan va brikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juft allelning dominant geni patning rangli bo’lishini, uning retsessiv alleli esa oq bo’lishini belgilaydi. Ikkinchi juft dominant gen patning rangli bo’lishiga to’sqinlik qiladi, uning retsessivi esa rangli bo’lishiga to’sqinlik qilmaydi. Oq tovuq rangli xo’roz bilan chatishtirilganda 715 rangli va 716 oq jo’jalar olindi. Tovuq, xo’roz va jo’jalaming genotipini aniqlang. A) CCli x Ccii; CCIi, Ccii B) Cell x Ccii; CCIi, Ccli C) CCII x ccii; Ccii, Ccii D) ccii x Ccii; Ccii 6. Suli o’simligida A gen donga qora beradi, B gen esa kulrang beradi,A gen B gen ustidan ingibitorlik qiladi. Genotipda ikkala dominant genning bo’lmasligi donning ransiz bo’lishiga olib keladi. AaBb x aaBb genotipli o’simliklar o’zaro chatishtirilganda F1 da 450 ta kulrang donli sulilar olingan. Qora donli sulilar sonini toping? A) 450 B) 150 C) 600 D) 300 7. Piyozlarda po’stning qizil rangi A genga, sariq rangi a genga bog’liq. Ikkinchi juftning dominant gen rang hosil bo’lishiga yordam beradi,uning retsessivi esa rang hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida rangsiz piyozlar hosil bo’lmaydi? A) AABb x AABb B) AaBB x AaBb C) AaBb x aabb D) AABb x aaBb 8. Qovoq mevasining sariq rangi U geniga, yashil rangi esa u geniga bog’liq. Ikkinchi juftning dominant geni (S) ingibitor vazifasini bajaradi. s gen ranga ta’sir ko’rsatmaydi. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida 50 % oq, 37,5 % sariq, 12,5 % yashil rangli qovoqlar olinadi A) UuSs x uuSs B) UuSs x UuSs C) UuSs x Uuss D) UUSs x Uuss 9. Itlarda jun rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni qora rangni, retsessivi qo’ng’ir rangni bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni rang hosil bo’lishini to’xtatadi. retsessivi esa rang hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Qo’ng’ir rangli itlarning genotipini ko’rsating? 1) AAbb; 2) aaBb; 3) AaBb; 4) aaBB; 5) aabb; 6) Aabb A) 1,3,5 B) 2,4 C) 1,6 D) 5 10. Sichqonlarda A gen junini kulrang bo’lishi uning retsessiv alleli esa qora rangni yuzaga chiqaradi, ikkinchi juftning dominant geni rang hosil bo’lishiga yordam beradi, uning retsessiv xili ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi berilgan genotiplar orasidan oq rangli sichqonlarni genotiplarini ajrating? a) AAbb; b) aaBb; c) AaBb; d) aabb; e) Aabb; f) aaBB A) a,c,e B) b,d,f C) a,d,e D) b,c,e 11. G’o’za tolasining rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni malla, retsessivi esa oq rangli bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni har ikkala genni funksiyasini bo’g’ib yashil rangda bo’lishiga olib keladi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Malla va yashil tolali g’o’za liniyalari o’zaro chatishtirilib, F1 da bir xil fenotipli duragaylar olindi. F2 da 800 ta o’simlik olingan. Duragaylar orasida qancha malla,yashil va oq tolali bo’lganligini toping? A) 600; 150; 50 C) 300; 300; 200 B) 450; 300; 50 D) 600; 100; 100 12. Qovoq mevasining sariq rangi U geniga, yashil rangi esa u geniga bog’liq. Ikkinchi juftning dominant geni (S) ingibitor vazifasini bajaradi. s gen ranga ta’sir ko’rsatmaydi. Qaysi chatishtirishda rangsiz qovoqlar olinmaydi? A) UuSS x uuss C) UUss x uuSs B) Uuss x UUss D) Uuss x uuSS 13. Itlarda jun rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni qora rangni, retsessivi qo’ng’ir rangni bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni rang hosil bo’lishini to’xtatadi, retsessivi esa rang hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Digeterozigota ota-onadan tug’ilgan qora junli kuchuklarning qo’ng’ir rangli kuchuklarga nisbatini ko’rsating? A) 3:3 B) 3:1 C) 12:3 D) 9:3 14. Sichqonlarning rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni kulrangni, retsessivi esa qora rangli bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni rangning hosil bo’lishiga yordam beradi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Kulrang sichqonlar o’zaro chatishtirilganda 40 kulrang, 13 qora avlodlar paydo bo’lgan. Ota-ona sichqonlaming genotipini aniqlang. A) AABb x AABb B) AaBb x AaBb C) AaBB x AaBB D) AaBb x AABB 15. G’o’za tolasining rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni malla, retsessivi esa oq rangli bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni ikkala genni funksiyasini bo’g’ib yashil rangda bo’lishiga olib keladi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Qaysi chatishtirishda 6:1:1 nisbat olish mumkin? A) AABb x AABb B) AaBb x aaBb C) AaBB x AaBB D) AaBb x AABb 16. Sichqonlarda A gen junini kulrang bo’lishi uning retsessiv alleli esa qora rangni yuzaga chiqaradi, ikkinchi juftning dominant geni rang hosil bo’lishiga yordam beradi, uning retsessiv xili ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi berilgan genotiplar orasidan kulrang rangli sichqonlarni genotipini ajrating? a) AAbb; b) aaBb; c) AaBb; d) aabb; e) Aabb; f) aaBB A) a,c B) b,d,f C) a,d,e D) c 17. Qora donli suli o’simliklari kulrang donli sulilar bilan chatishtirilib, 50 % qora donli, 25 % kulrang donli, 25 oq donli avlodlar olingan. Ota-onaning genotipini ko’rsating? A) AaBb x aabb C) AaBb x aaBb B) Aabb x aaBb D) AaBb x aaBB 18. Otlarda junning rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni qora, retsessivi esa malla rangli bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni har ikkala genni funksiyasini bo’g’ib kulrang rangda bo’lishiga olib keladi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Gomozigota kulrang biya bilan malla junli ayg’ir bilan chatishtirilib F1 20 ta, F2 da esa 240 ta kulrang toychalar olingan. F2 da olingan kulrang junli toychalarning nechtasi gomozigota genotipli? A) 20 B) 80 C) 40 D) 60 19. Kulrang junli biya va ayg’irlar o’zaro chatishtirilib keyingi bo’g’inda faqat ota-onaga o’xshash fenotipli toychalar olingan. Ota-ona genotipini ko’rsating? A) aaBb x aaBb C) aaBb x aaBB B) AaBb x aaBb D) aaBb x AABb 20. Go’za chigitida tuk bo’lishini A gen, tuksiz bo’lishini a gen belgilaydi. Bu genlarga noallel B gen tuk hosil bo’lishini to’xtatadi, b gen esa tuk hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Digeterozigota genotipli go’za tuksiz (aaBb) g’o’za bilan chatishtirilib F1 da 150 ta ota-onaga o’xshash o’simliklar olingan. F1 avlodlarning nechtasi tuksiz bo’lgan? A) 90 B) 30 C) 210 D) 180 21. Go’za chigitida tuk bo’lishini A gen, tuksiz bo’lishini a gen belgilaydi. Bu genlarga noallel B gen tuk hosil bo’lishini to’xtatadi, b gen esa tuk hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Qaysi javobda faqat tuksiz g’o’za genotiplari berilgan? A) AaBb, aaBB, Aabb B) AaBb, aaBb, AABb C) AABB, AAbb, aaBB D) AaBB, aabb, Aabb 22. Sichqonlarning rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni kulrangni, retsessivi esa qora rangli bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni rangning hosil bo’lishiga yordam beradi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Digeterozigota genotipli sichqonlardan tug’ilgan avlodlarning necha foizi ota-onaga o’xshash fenotip va genotipga ega? A) 56,25 B) 18,75 C) 25 D) 12,25 23. Otlarda junning rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi, Birinchi juftning dominant geni qora, retsessivi esa malla rangli bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni har ikkala genni funksiyasini bo’g’ib kulrang rangda bo’lishiga olib keladi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Malla junli biya, kulrang junli ayg’ir bilan chatishtirilib keningi avlodda 50 % kulrang, 25 % qora, 25 % malla junli toychalar olingan. Kulrang junli ayg’irning genotipini ko’rsating? A) AaBB B) AABB C) AaBb D) AABb 24. Piyoz po’stining qizil rangini В gen, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda V gen bo’lsa yuzaga chiqadi. Uning retsessiv v alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to’sqinlik qiladi. Po’sti qizil piyoz sariq piyoz bilan chatishtirilganda avlodda qizil, sariq va oq piyozlar hosil bo’ladi. Chatishtirilgan ota-onalarning genotipini aniqlang. A) BBVV x bbVV B) BBVv x BBVv C) BbVV x bbVv D) BbVv x bbVv 25. Piyoz po’stining qizil rangini В gen, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda V gen bo’lsa yuzaga chiqadi. Uning retsessiv v alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to’sqinlik qiladi. Po’sti qizil piyoz sariq piyoz bilan chatishtirilganda avlodda qizil, sariq va oq piyozlar hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan avlodda fenotip bo’yicha qanday ajralish namoyon bo’ladi? A) 1 qizil : 2 sariq : 1 oq B) 3 qizil : 3 sariq : 2 oq C) 9 qizil : 3 sariq : 4 oq D) 9 qizil : 6 sariq : 1 oq 26. Piyoz po’stining qizil rangini В gen, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda V gen bo’lsa yuzaga chiqadi. Uning retsessiv v alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to’sqinlik qiladi. Po’sti sariq piyoz oq piyoz bilan chatishtirilganda F1 da olingan barcha duragaylar qizil po’stli bo’lgan. F2 da fenotip bo’yicha qanday ajralish namoyon bo’ladi? A) 1 qizil : 2 sariq : 1 oq B) 3 qizil : 3 sariq : 2 oq C) 9 qizil : 3 sariq : 4 oq D) 9 qizil : 6 sariq : 1 oq 27. Kartoshka tugunagida antotsion rang bo’Iishi asosiy P va R genlarga bog’liq. Lekin ular o’z ta’sirini dominant D gen bo’lgandagina fcnotipda namoyon qiladi. Shunga ko’ra, P-rrD- genotipli kartoshka tugunagi ko’k-binafsha rang, P-R-D-genotipli tugunagi qizil-binafsha rang, ppR-D-genotipli tugunagi pushti rangda bo’ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo’ladi. Quyidagi genotiplaming qaysi birida fenotipi oq rangli bo’ladi? a) PprrDd, b) PpRrDd; c) ppRRDD; d) PPrrdd, e) pprrDd; f) PPrrDD; j) PPRrDD; k) pprrdd А) а, f В) b, j С) d, e, k D) c, f, k 28. Kartoshka tugunagida antotsion rang bo’lishi asosiy P va R genlarga bog’liq. Lekin ular o’z ta’sirini dominant D gen bo’lgandagina fenotipda namoyon qiladi. Shunga ko’ra, P-rrD- genotipli kartoshka tugunagi ko’k-binafsha rang, P-R-D-genotipli tugunagi qizil-binafsha rang, ppR-D-genotipli tugunagi pushti rangda bo’ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo’ladi. Kartoshkaning geterozigota qizil- binafsha tugunakli o’simligi gomozigota oq rangli tugunak hosil qiluvchi pprrdd gcnotipli o’simlik bilan chatishtirilganda F1 da 152 ta o’simlik hosil bo’ldi. Ulardan ncchtasi qizil- binafsha rangli bo’lgan? A) 8 B) 19 C) 95 D) 152 29. Kartoshka tugunagida antotsion rang bo’Iishi asosiy P va R genlarga bog’liq. Lekin ular o’z ta’sirini dominant D gen bo’lgandagina fenotipda namoyon qiladi. Shunga ko’ra, P-rrD- genotipli kartoshka tugunagi ko’k-binafsha rang, P-R-D-genotipli tugunagi qizil-binafsha rang, ppR-D-genotipli tugunagi pushti rangda bo’ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo’ladi. Kartoshkaning geterozigota qizil- binafsha tugunakli o’simligi gomozigota oq rangli tugunak hosil qiluvchi pprrdd genotipli o’simlik bilan chatishtirilganda F1 da 152 ta o’simlik hosil bo’ldi. Ulardan nechtasi oq tugunakli bo’lgan? A) 8 В) 19 С) 95 D) 152 30. Sichqonlarning rangi ikki juft allcl bo’lmagan va birikmagan gcnlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni kulrangni, retsessivi esa qora rangli bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni rangning hosil bo’lishiga yordam beradi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Kulrang sichqonlar o’zaro chatishtirilganda 82 kulrang, 35 oq va 27 qora rangli sichqonlar paydo bo’lgan. Ota-ona sichqonlarning genotipini aniqlang. A) AaBb x Aabb В) AaBb x AaBb C) AABb x AABb D) AaBb x AAbb 31. Sichqonlarning rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni kulrangni, retsessivi esa qora rangli bo’lishini, ikkinchi juftning dominant geni rangning hosil bo’lishiga yordam beradi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Kulrang sichqonlar o’zaro chatishtirilganda 40 kulrang, 13 qora avlodlar paydo bo’lgan. Ota-ona sichqonlarning genotipini aniqlang. A) AaBb x AaBb B) AaBb x AABB С) AaBB x AaBB D) AABb x AABb 32. Qovoq mevasining oq rangi W, sariq rangi Y, yashil rangi у gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi Quyidagi WwYy va wwyy genotipiga ega organizmlar o’zaro chatishtirilsa, birinchi bo’g’in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo’ladi? A) 1 ta sariq, 1 ta yashil, 2 ta oq B) 6 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil C) 3 ta oq, 1 ta sariq D) hammasi oq 33. Qovoq mevasining oq rangi W, sariq rangi Y, yashil rangi у gen bilan ifodalanadi W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi WwYy va Wwyy genotipiga ega organizmlar o’zaro chatishtirilsa, birinchi bo’g’in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo’ladi? A) 3 ta sariq, 1 ta yashil B) 6 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil C) 3 ta oq, 1 ta sariq D) hammasi oq 34. Qovoq mevasining oq rangi W, sariq rangi Y, yashil rangi у gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi WwYY va Wwyy genotipiga ega organizmlar o’zaro chatishtirilsa, birinchi bo’g’in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo’ladi? A) 3 ta sariq, 1 ta yashil B) 6 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil C) 3 ta oq, 1 ta sariq D) hammasi oq 35. Qovoq mevasining oq rangi W, sariq rangi Y, yashil rangi у gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi WWYY va wwyy genotipiga ega organizmlar o’zaro chatishtirilsa, birinchi bo’g’in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo’ladi? A) 3 ta sariq, 1 ta yashil B) 6 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil C) 3 ta oq, 1 ta sariq D) hammasi oq 36. Qovoq mevasining oq rangi W, sariq rangi Y, yashil rangi у gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi Wwyy va Wwyy genotipiga ega organizmlar o’zaro chatishtirilsa, birinchi bo’g’in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo’ladi? A) 3 ta oq 1 ta yashil B) 6 taoq, 1 ta sariq, 1 ta yashil C) 2 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil D) hammasi oq 37. В gen piyoz po’stining qizil rangini, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda V gen bo’lsa yuzaga chiqadi Uning retsessiv v alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to’sqinlik qiladi Quyidagi genotiplarning qaysi biri sariq rangli fenolipga ega? a) BBVV; b) Bbvv; c) bbVV; d) bbvv; e) bbVv; f) BbVv; j) BbVV; k) BBvv A) b,d,k В) c,e C) c,e,f D) a,f,j 38. Tovuq zotlarida patning oq, qora bo’lishi ikki juft noallel genlarga bog’liq. Ulaming birinchi jufti dominant holatda patning qora bo’lishi, retsessiv holatda patning oq bo’lishini ta’minlaydi. Unga allel bo’lmagan ikkinchi juft gen dominant holatda qora rang beruvchi gen faoliyatini to’xtatadi. Natijada tovuqlarning pati oq rangda bo’ladi. Genotipi har xil oq rangli tovuq zotlari chatishtirilganda F1 da oq rangli, F2 da oq va qora rangli tovuqlar olindi. F2 da olingan qora rangli tovuqlar necha xil genotipga ega? A) 1 В) 2 С) 3 D) 9 39. G’o’za tolasining rangi 2 juft noallel, bir-biriga birikmagan genlar bilan ifodalanadi Birinchi juft dominant geni tolaning malla, retsessivi esa oq rangda bo’lishini ta’minlaydi. Ikkinchi juftning dominant geni yuqoridagi genlar ta’sirini bo’g’ib, tolaning yashil rangda bo’lishiga olib keladi. Uning retsessiv alleli tola rangiga ta’sir ko’rsatmaydi. Malla va yashil tolali g’o’zalar o’zaro chatishtirilganda F1 da 120 ta bir xil yashil fenotipli duragaylar olindi. F2 da esa 800 ta o’simlik olindi. Ushbu duragaylarning qanchasi genotip jihatdan F1 ga o’xshash bo’ladi? A) 450 tasi B) 50 tasi C) 200 tasi D) 150 tasi 40. Genlarning epistatik ta’siriga ko’ra tovuqlarning oq patli (1) va qora patli (2) formalarini ajrating. a) IICC; b) IiCC; c) iiCC; d) Iicc; e) iiCc; f) iicc. A) l-c,e; 2-a,b,d,f В) l-a,c,d,e; 2-b,f C) l-c,f; 2-a,b,d,e D) l-a,b,d,f; 2-c,e 41. Qovoqda U-geni mevaning sariq rangini, u-geni yashil rangini ifodalaydi. S - dominant ingibitor, s - qovoqlarda rangni yuzaga chiqishiga to’sqinlik qilmaydi. Ikki juft dominant gcnlar bo’yicha gomozigota oq qovoq yashil qovoqlar bilan chatishtirish natijasida hosil bo’lgan F1 duragaylari o’zaro chatishtirilsa F2 da olingan 1040 ta duragaylaming ncchtasi keyingi avlodda ajralish beradi? A) 260 B) 195 C) 780 D) 585 42. Itlarda junining qora bo’lishini A geni, jigarrang bo’lishini a geni belgilaydi. I-ingibitor gen bo’lib, ranglarning yuzaga chiqishiga yo’l qo’ymaydi, natijada itning juni oq rangda bo’ladi. I-geni rangning yuzaga chiqishiag to’sqinlik qilmaydi. Jigarrang va oq gomozigotali itlar chatishtirilganda F2 da olingan qora itlar avlodning qancha qismini tashkil etadi? A) 1/16 В) 12/16 С) 3/16 D) 4/16 43. Qovoqda U-geni mevaning sariq rangini, u-geni yashil rangini ifodalaydi. S - dominant ingibitor, s - qovoqlarda rangni yuzaga chiqishiga to’sqinlik qilmaydi. Ikki juft dominant genlar bo’yicha gomozigota oq qovoq yashil qovoqlar bilan chatishtirish natijasida hosil bo’lgan F1 duragaylari o’zaro chatishtirilsa F2 da olingan 1040 ta duragaylarning nechtasi oq rangda bo’ladi? A) 845 ta B) 585 ta C) 195 ta D) 780 ta 44. Itlarda junning qora bo’lishini A geni, jigarrang bo’lishini a geni belgilaydi. I-ingibitor gen bo’lib, ranglarning yuzaga chiqishiga yo’l qo’ymaydi, natijada itning juni oq rangda bo’ladi. I-geni rangning yuzaga chiqishiag to’sqinlik qilmaydi. Jigarrang va oq gomozigotali itlar chatishtirilganda F2 da olingan jigarrang itlar avlodning qancha qismini tashkil etadi? A) 12/16 B) 4/16 C) 3/16 D) 1/16 45. Genlarning epistaz ta’siri natijasida tovuq laming qora rangda bo’lishini qaysi gcnotip belgilaydi? A) Ccli B) CCIi С) Ccii D) ccii 46. Tovuq zotlarida patning oq, qora bo’lishi ikki juft noallel genlarga bog’liq. Ularning birinchi jufti dominant holatda patning qora bo’lishi, retsessiv holatda patning oq bo’lishini ta’minlaydi. Unga allel bo’lmagan ikkinchi juft gen dominant holatda qora rang beruvchi gen faoliyatini to’xtatadi. Natijada tovuqlarning pati oq rangda bo’ladi. Gcnotipi har xil oq rangli tovuq zotlari chatishtirilganda F1 da oq rangli, F2 da oq va qora rangli tovuqlar olindi. F2 da olingan oq rangli tovuqlar necha xil genotipga ega? A) 16 B) 7 C) 13 D) 9 47. Kartoshka tugunagining ko’k-binafsha rangni dominant F geni, pushti rangini dominant G geni namoyon qiladi. Lekin bu genlarning faoliyati dominant H geni bo’lmasa yuzaga chiqmaydi. Genotipda F va G genlari dominant H geni bilan uchrashganda tugunak qizil binafsha rang bo’ladi, boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo’ladi. Tugunagi oq gomozigotali kartoshka qizil-binafsha rangli gomozigota kartoshka bilan chatishtirilgan. Olingan avlodning necha foizi fenotip bo’yicha qizil-binafsha rangli bo’ladi? A) 100 B) 25 C) 75 D) 50 48. Ma’lum bir navli piyoz o’simligida piyozboshning qizil rang sariq rangga nisbatan ustunlik qiladi, lekin ikkinchi juft noallel genning retsessiv alleli rang ta’sirini bo’g’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Qizil va sariq piyozboshli o’simliklar chatishtirilganda sariq, oq va qizil piyozboshli o’simliklar hosil bo’lgani ma’lum bo’lsa, avlodning necha foizi oq piyozboshga ega bo’ladi? A) 25 % B) 12,5 % C) 37,5 % D) 50 % 49. Ma’lum bir navli piyoz o’simligida piyozboshning qizil rang sariq raga nisbatan ustunlik qiladi, lekin ikkinchi juft noallel genning retsessiv alleli rang ta’sirini bo’g’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Digeterozigota o’simliklar chatishtirilganda olingan qizil piyozboshli o’simliklar necha xil genotipik sinf hosil qiladi? A) 4 В) 3 C) 2 D) 9 50. Otlarda tanasi qora rangda bo’Iishi malla rang ustida ustunlik qiladi. Lekin bu ranglar ikkinchi juft allel bo’lmagan gen tomonidan boshqarilib, uning retsessiv alleli (b) rang ta’sirini bo’g’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Digeterozigota otlar chatishtirilganda tug’iladigan toychalarning necha foizini oq rangga ega bo’lmagan otlar tashkil etadi? A) 75 % B) 25 % C) 50 % D) 56,25 % 51. Ma’lum bir navli piyoz o’simligida piyozboshning qizil rang sariq raga nisbatan ustunlik qiladi, lekin ikkinchi juft noallel genning retsessiv alleli rang ta’sirini bo’g’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Qizil va sariq piyozboshli o’simliklar chatishtirilganda 480 ta sariq, oq va qizil piyozboshli o’simliklar hosil bo’lgani ma’lum bo’lsa, avlodning nechtasi oq piyozboshga ega bo’ladi? A) 60 B) 240 C) 180 D) 120 52. G’o’za tolasining rangi 2 juft noallel, bir-biriga birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juft dominant geni tolaning malla, retsessivi esa oq rangda bo’lishini ta’minlaydi. Ikkinchi juftning dominant geni yuqoridagi genlar ta’sirini bo’g’ib, tolaning yashil rangda bo’lishiga olib keladi. Uning retsessiv alleli tola rangiga ta’sir ko’rsatmaydi. Malla va yashil tolali g’o’zalar o’zaro chatishtirilganda F1 da 120 ta bir xil yashil fenotipli duragaylar olindi. F2 da esa 800 ta o’simlik olindi. Ushbu duragaylarning qanchasi yashil tolali? A) 200 B) 450 C) 150 D) 600 |
ma'muriyatiga murojaat qiling