Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika


Kumulyativ polimeriyada fenotipik nisbat 1:4:6:4:1


Download 1.16 Mb.
bet19/35
Sana06.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1169591
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN

Kumulyativ polimeriyada fenotipik nisbat 1:4:6:4:1.
Nokumulyativ polimeriyada esa 15:1 nisbat namoyon bo’ladi.
Polimeriya orqali irsiylanish qonuniyatlarini o‘rganishning ahamiyati juda katta. Organizmlardagi, xususan madaniy o‘simlik va uy hayvonlarining inson uchun foydali miqdoriy belgilari polimer genlar ta’sirida irsiylanadi va rivojlanadi. Masalan, uy hayvonlarining og‘irligi, sut miqdori va yog‘liligi, lavlagi ildizmevasidagi shakarning miqdori, g‘alladoshlarda boshoqning uzunligi, makkajo‘xori so‘tasining kattaligi va hokazo.









POLIMERIYA

1. Makkajo’xori so’tasining uzunligi ikki juft polimer genlar (A1 va A2) bilan belgilanadi. Dominant gomozigotali formalar so’tasining uzunligi 24 sm, retsessiv gomozigotali formalar so’tasining uzunligi 16 sm bo’lsa, F2 da 16 sm li so’taga ega bo’lgan formalar naslning necha % ini tashkil etadi?


A) 6,25 B) 50 C) 37,5 D) 25

2. Makkajo’xori so’tasining uzunligi ikki juft polimer genlar (A1 va A2) bilan belgilanadi. Dominant gomozigotali formalar so’tasining uzunligi 24 sm, retsessiv gomozigotali formalar so’tasining uzunligi 16 sm bo’lsa, F2 da 20 sm li so’taga ega bo’lgan formalar naslning necha % ini tashkil etadi?


A) 6,25 B) 50 C) 37,5 D) 25

3. Jag’-jag’ o’simligida mevasining shakli ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda dominant genlarning kelishi uchburchak shaklni, dominant genlarning kelmasligi oval shaklni belgilaydi. Mevasi uchburchak shaklli jag’-jag’ mevasi ovalsimon shaklli boshqa o’simlik bilan chatishtirilib, F1 da uchburchak shaklli o’simliklar olingan. F2 qanday fenotipik nisbat kuzatiladi?


A) 1:4:6:4:1 B) 13:3 C) 15:1 D) 12:3:1

4. Jag’-jag’ o’simligida mevasining shakli ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda dominant genlarning kelishi uchburchak shaklni, dominant genlarning kelmasligi oval shaklni belgilaydi. Mevasi uchburchak shaklli jag’-jag’ mevasi ovalsimon shaklli boshqa o’simlik bilan chatishtirilib, F1 da uchburchak shaklli o’simliklar olingan. F2 olingan 320 ta avloddan nechtasi uchburchak shaklga ega?


A) 20 B) 300 C) 120 D) 180

5. Bug’doy o’simligida donining rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda 4 ta dominant genlarning kelishi qizil, 3 ta dominant genlarning kelishi och qizil, 2 ta kelishi pushti, 1 ta kelishi och qizil, dominant genlarning kelmasligi oq rangda bo’lishini belgilaydi. Pushti (A1a1A2a2) donli o’simliklar o’zaro chatishtirligan. Keyingi avlodda qanday fenotipik ajralish ro’y beradi?


A) 1:4:6:4:1 B) 13:3 C) 15:1 D) 12:3:1

6. Odam terisining rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda 4 ta dominant genlarning kelishi qora, 3 ta dominant genlarning kelishi qoramtir, 2 ta kelishi oraliq, 1 ta kelishi oqish, dominant genlarning kelmasligi oq rangda bo’lishini belgilaydi. Teri rangi oraliq bo’lgan ayol, teri rangi oq bo’lgan erkak bilan turmush qurgan. Bu nikohdan 1 ta oraliq, 2 ta oqish, 1 ta oq terili farzandlar tug’ilgan. Ota-onagenotipini ko’rsating?


A) A1A1A2A2 x a1a1a2a2
B) A1a1A2a 2 x a1a1a 2a 2
C) A1a1A2A2 x a1a1a2a2
D) A1a1a2a2 x a1a1A2a 2

7. Achambiti o’simligini shakli bir juft polimer genlar (A1va A2)bilan belgilanadi mevaning uchburchak shakli dominant holda irsiylanadi, tuxumsimon shakli retsessiv holda irsiylanadi. Uchburchak shaklli degeterozigotali achambiti o’simliklari o’zaro chatishtirilib F1da olingan 960 ta o’simlikdan nechtasi uchburchak shaklga ega?


A) 900 B) 60 C) 360 D) 240

8. Teri rangi oraliq bo’lgan ayol, oqish terili (A1a2 a1 a2) erkak bilan turmush qurgan. Ulardan qanday teri rangli bolalar tug’ilmaydi?


A) qora B) qoramtir C) oraliq D) oqish

9. Quyonlarda quloq suprasini uzun (24sm) bo’lishi A1A1A2A2 kaltaligi (12 sm) a1a1a2a2 genotip belgilaydi.Bunday zotlarning o’zaro chatishtirilsa, F2 olingan avlodlarning necha %i F1 ga o’xshash quloq suprasiga ega bo’ladi?


A) 25 B) 37,5 C) 50 D) 12,5

10. Tovuqlar oyog’ida pat bo’lishi 2 ta polimer (A1va A2) genga bog’liq; agar ulardan 1 tasi genotipda bo’lsa tovuq oyog’ida pat hosil bo’ladi, agar polimer genlar retsessiv holatda bo’lsa, pat rivojlanmaydi. Oyog’ida pati bor tovuq, oyog’ida pati yo’q xo’roz bilan chatishtirilib F1da oyog’ida pati bor avlod olingan. Ota -ona va F1 avlod genotipini toping?


A) A1A1a2a2 x a1a1A2A2; A1a1A2a2
B) A1A1A2A2 x a1a1a2a2; A1a1A2a2
C) A1a1A2a2 x a1a1a2a2; A1a1A2a2
D) A1a1a2a2 x a1a1a2a2; A1a1a2a2

11. Norkalarda mo’ynaning rangi ikki juft birikmagan, noallel polimer genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo’ynaning qo’ng’ir rangini, ularning retsessivi esa kumush rangda bo’lishini belgilaydi. Qo’ng’ir rangli norkalar o’zaro chatishtirilganda ulardan faqat ota-onaga o’xshash fenotipli avlodlar olingan. Ota-onaning genotipini ko’rsating?


A) A1A1a2a2 x a1a1A2A2
B) A1a1A2A2 x a1a1a2a2
C) A1a1A2a2 x a1a1a2a2
D) A1a1a2a2 x a1a1a2a2

12. Tajribada pushti (A1a1A2a2) donli va och pushti (A1a1a2a2 ) donli bug’doy o’simliklari o’zaro chatishtirilib,160 ta osimlik olingan. Olingan o’simliklarning nechtasi pushti donli bo’ladi?


A) 80 B) 20 C) 60 D) 40

13. Bug’doy o’simligida donining rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda 4 ta dominant genlarning kelishi qizil, 3 ta dominant genlarning kelishi och qizil, 2 ta kelishi pushti, 1 ta kelishi och qizil, dominant genlarning kelmasligi oq rangda bo’lishini belgilaydi. Pushti (A1a1A2a 2) donli o’simliklar o’zaro chatishtirligan.Olingan avlodlarning necha foizi qizil va pushti donli bo’ladi?


A) 6,25; 25 B) 25; 18,75
C) 18,75; 6,25 D) 6,25; 37,50

14. Muhitning ta’siri unchalik inobatga olinmasa odam bo’yining uzunligi A1A1A2A2A3A3, past bo’lishi a1a1a2 a2a3 a3 genlarga bog’liq. Odamda barcha genlar dominant bo’lganda bo’y uzunligi 180 sm, barcha genlar retsessiv bo’lganda bo’y uzunligi 150 sm ga teng. Barcha genlar bo’yicha dominant gomozigota erkak, past bo’yli ayolga uylandi. Ularning farzandlarida bo’y uzunligi necha sm bo’ladi?


A) 50 % 180 sm, 50 % 150 sm
B) barchasi 175 sm
C) barchasi 165 sm
D) 180 sm, 175 sm,170 sm,165 sm,160 sm,155 sm,150 sm

15. Bug’doy donining och qizil rangni belgilovchi genotiplarni ko’rsating?


1) A1a1A2a2; 2) a1a1A2a2; 3) A1A1A2a2;
4) A1a1A2A2; 5) A1a1A2a2; 6) A1A1a2a2
A) 1,6 B) bunday genotip berilmagan
C) 2,5 D) 3,4

16. A1A1a2a2;A1a1A2A2;A1a1A2a2 genotipli makkajo’xorilarning so’ta uzunligini ko’rsating?


A) 20; 22; 20 B) 18; 22; 20
C) 20; 22; 18 D) 16; 22; 20

17. A1A1A2a2A3a3 genotipli odam bo’yini ko’rsating?


A) 155 sm B) 165sm
C) 150 sm D) 170sm

18. Makkajo’xori so’tasining uzunligi ikki juft polimer genlar (A1 va A2) bilan belgilanadi. Dominant gomozigotali formalar so’tasining uzunligi 24 sm, retsessiv gomozigotali formalar so’tasining uzunligi 16 sm bo’ladi. F2 da 60 ta 22 sm li o’simlik olingan bo’lsa, u holda F2 dagi jami nechta o’simlik olingan?


A) 320 B) 120 C) 160 D) 200

21. Muhitning ta’siri unchalik inobatga olinmasa odam bo’yining uzunligi A1A1A2A2A3A3, past bo’lishi a1a1a2 a2a3 a3 genlarga bog’liq. Odamda barcha genlar dominant bo’lganda bo’y uzunligi 180 sm, barcha genlar retsessiv bo’lganda bo’y uzunligi 150 sm ga teng. Bo’yi 170 sm li ayol, past bo’yli erkakka turmushga chiqqan. Ushbu nikohdan to’rtta farzand tug’ilgan. Farzandlarning bo’y uzunligi qanday bo’lgan?


A) 165 sm; 160 sm; 160 sm; 150 sm
B) 180 sm; 175 sm; 160 sm; 155 sm
C) 165 sm; 165 sm; 160 sm; 155 sm
D) 165 sm; 160 sm; 160 sm; 155 sm

22. Quyonlarda quloq suprasini uzun (24 sm) bo’lishi A1A1A2A2 kaltaligi (12 sm) a1a1a2a2 genotip belgilaydi.Bunday zotlarning o’zaro chatishtirilsa, F2 olingan avlodlarning necha % 24 sm va 21 sm quloq suprasiga ega bo’ladi?


A) 6,25; 25 B) 25; 18,75
C) 18,75; 6,25 D) 6,25; 37,50

23. Quloq suprasi 24 sm bo’lgan quyon, quloq suprasi 15 sm (a1a1A2a2) quyon bilan chatishtirilgan. Keyingi bo’g’inda qanday fenotipik ajralish nomoyon bo’ladi?


A.2:1 B.1:1 C.1:1:1:1 D.3:1

24. Quyonlarda quloq suprasini uzun (24 sm) bo’lishi A1A1A2A2, kaltaligi (12 sm) a1a1a2a2 genotip belgilaydi. Bunday zotlarning o’zaro chatishtirilsa, F640 ta olingan avlodlarning nechtasi quloq suprasi 15 sm bo’ladi bo’ladi?


A) 40 B) 160 C) 80 D) 240

25. Makkajo’xorida so’taning 22 sm bo’lishini belgilovchi genotiplarni ko’rsating?


1) A1a1A2A2; 2) a1a1A2a2; 3) A1A1a2a2;
4) A1a1A2A2; 5) A1a1A2a2; 6) A1a1a2a2
A) 1, 6 B) 2, 6 C) 1, 4 D) 3, 5

26. Polimeriya hodisasida F2 bo’g’inda


bo’yicha qanday nisbat kuzatiladi?
A) 1:4:6:4:1 B) 13:3
C) 1:2:1:2:4:2:1:2:1 D) 9:3:3:1

27. Muhitning ta’siri unchalik e’tiborga olinmasa, odam bo’yining uzunligi A1A1A2A2A3A3, past bo’lishi а1а1а2а2азаз genlariga bog’liq. Odamda barcha genlar dominant bo’lganda bo’y uzunligi 180 sm, barcha genlar retsessiv bo’lganda bo’y


uzunligi 150 sm ga teng. Quyida berilganlardan
bo’y uzunligi 160 sm bo’ladigan genotipini
toping.
A) A1A1A2A2A3A3 В) а1а1а2а2а3а3
С) А1a1A2a2а3а3 D) A1A1A2A2A3a3

28. Bug’doy donining rangi 2 ta noallel gen (A1 va A2) ta’sirida rivojlanadi. Qizil (A1A1A2A2) va


oq (a1a1a2a2) rangli bug’doylar o’zaro
chatishtirilsa, F2 da hosil bo’lgan och qizil va
och pushti bug’doylar necha xil genotipga ega
bo’ladi?
A) 3,3 B) 2,2 C) 3,4 D) 2,3

29. So’tasi 20 sm va 8 sm uzunlikda bo’lgan ikkita makkajo’xori navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so’taning 5 sm, retsessiv gen 2 sm uzunligini belgilasa, uning uzunligi 14 sm bo’lgan so’taning genotipini aniqlang.


1) B1b1B2B2; 2) B1b1B2b2; 3) B1B1B2b2;
4) b1b1B2B2; 5) B1B1b2b2; 6) B1B1B2b2.
A) 6,3,2 B) 2,5,4 C) 1,6,3 D) 1,3,5

30. Makkajo’xori so’tasi 22 sm va 10 sm uzunlikda bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen 5,5 sm, retsessiv gen 2,5 sm uzunlikni namoyon etsa, u holda F1 da so’taning uzunligi necha sm bo’ladi?


A) 16 B) 14 C) 20 D) 18

31. Quyonlaming quloq suprasining uzunligi 2 juft polimer genlar bilan ifodalanadi. Agar har bir dominant gen 6 sm, retsessiv gen esa 3 sm


uzunligini ta’minlasa, bu holda quloq
suprasining uzunligi 24 va 12 sm li bo’lgan
organizmlarning genotipi qanday bo’lishi
mumkin?
1) D1D1D2D2; 2) D1d1D2D2; 3) D1D1D2d2;
4) D1D1d2d2; 5) D1d1d2d2; 6) d1d1d2d2;
7) d1d1D2d2; 8) D1d1D2d2;
A) 5,7 B) 1,6 C) 2,3 D) 4,8

32. Makkajo’xori so’tasining uzunligi 24 va 12 sm bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so’tasining 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, F2 dagi 720 ta


o’simlikdan nechtasi 2 ta dominant genii
bo’ladi?
A) 270 B) 120 C) 45 D) 180

33. Muhitning ta’siri unchalik e’tiborga olinmasa, odam bo’yining uzunligi А1А1А2А2А3А3, past bo’lishi а1а1а2а2а3а3 genlariga bog’liq. Odamda barcha genlar dominant bo’lganda bo’y uzunligi 180 sm, barcha genlar retsessiv bo’lganda bo’y uzunligi 150 sm ga teng. Barcha genlar bo’yicha dominant gomozigota erkak, past bo’yli ayolga


uylandi. Ularning farzandlarida bo’yning
uzunligi necha sm bo’ladi?
A) 50 % 180 sm, 50 % 150 sm
B) 180 sm, 175 sm, 170 sm, 165 sm, 160 sm,
155 sm, 150 sm
C) barchasi 175 sm
D) barchasi 165 sm

34. Bug’doy doni rangining irsiylanishi polimer


genlarning o’zaro ta’siriga bog’liq. Bug’doyning doni qizil va oq rangda bo’lgan navlari chatishtirilganda hosil bo’lgan o’simliklarning doni pushti rangli bo’ladi. Oq donli bug’doy navini yetishtirish uchun F1 da olingan o’simliklar qanday genotipli o’simliklar bilan chatishtirilishini ko’rsating.
1) A1a1A2a2; 2) A1A1a2a2; 3) a1a1A2a2;
4) a1a1A2A2; 5) a1a1a2a2; 6) A1a1a2a2;
7) A1a1A2A2
A) 6,2,3,1 B) 7,1,3,4
C) 1,7,4,2 D) 1,6,5,3

35. Makkajo’xori so’tasining uzunligi 24 va 12 sm bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so’tasining 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, F2 dagi 720 ta


o’simlikdan nechtasi 3 ta dominant genli
bo’ladi?
A) 45 B) 120 C) 270 D) 180

36. Bug’doy donining rangi 2 ta noallel gen (A1 va A2) ta’sirida rivojlanadi. Qizil (A1A1A2A2) va


oq (a1a1a2a2) rangli bug’doylar o’zaro
chatishtirilsa F2 da hosil bo’lgan genotipik
guruhlarning necha foizi och pushti fenotipga
ega bo’ladi?
A) 33,3 B) 22,2 C) 25 D) 18,75

37. Odamlarda terining rangi ikki xil gen bilan


belgilanadi. AABB genotipli odamlarning terisi
qora, aabb genotipli odamniki oq bo’ladi.
Genotipda uchta dominant gen bo’lsa qoramtir,
2 ta bo’lsa oraliq, 1 ta bo’lsa oqish bo’ladi.
Terisi oraliq rangdagi digeterozigota ayol va
erkak turmushidan terisi oraliq rangli farzandlar tug’ilish ehtimoli necha foiz bo’ladi?
A) 37,5 B) 6,25 C) 66,7 D) 25

38. Makkajo’xori so’tasining uzunligi 24 va 12 sm bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so’tasining 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, F2 dagi 720 ta


o’simlikdan nechtasi 1 ta dominant genli
bo’ladi?
A) 45 B) 120 C) 270 D) 180

39. А1А1A2а2А3а3 genotipli organizmdan necha


turdagi gametalar olinadi?
A) 16 B) 8 C) 4 D) 6




Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling