→Testlarni hammasini mukammal o'rganish darslikni mukammal takrorlab chiqish
-$. Ovqat hazm qilish sistemasi organlari
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5285486608152267447
26-$. Ovqat hazm qilish sistemasi organlari
1.Ovqat hazm qilish sistemasi bo'limlarini tartib bilan yozing: a-ingichka ichak, b-oshqozon, d-to'g'ri ichak, e-og'iz bo'shlig'i, f-qizilo'ngach, g-yo'g'on ichak, h-halqum. A) a,h,f,b,e,g,d B) e,g,f,b,a,h,d C) e,h,f,d,a,g,b D)e,h,f,b,a,g,d 2.Og'iz bo'shlig'ida joylashgan tishlar nomi va ular sonini juftlab yozing: a-kurak,b-katta oziq, d-kichik oziq,e-qoziq; 1-12, 2-4, 3-8. A) a-1,b-3,d-3,e-2; B) a-2,b-1,d-3,e-3; C) a-3,b-1,d-3,e-2; D)a-3,b-2,d-3,e-1; 3. Katta yoshli odamda pastki jag’larda kurak (1), qoziq (2), kichik oziq (3) va kata oziq (4) tishlarning umumiy soni necha juftdan iborat ? a) 4; b) 8; c) 3; d) 2; e) 12; f) 6 A. 1-a; 2-d; 3-a; 4-e B. 1-b; 2-a; 3-b; 4-e C. 1-a; 2-d; 3-a; 4-f D. 1-b; 2-a; 3-f; 4-e 4.Tishlarning qismlari va ularga xos belgilarini juftlab yozing: a-ildizi, b-bo'yinchasi, d-koronkasi,e-emali, f-pulpasi; 1- milkdan chiqib turadigan qismi, 2-ichki kovagi, 3-jag' suyagi katakchasiga kirib turadigan qismi, 4-milk o'rab turadigan qismi, 5-koronkani qoplab turadi. A) a-3,b-1,d-4,e-5,f-2 B) a-3,b-4,d-1,e-5,f-2 C) a-2,b-4,d-1,e-5,f-3 D)a-1,b-4,d-3,e-5,f-2 5. Yoshi 20 dan oshgan sog'lom yigitning og'iz bo‘shlig‘ida tuzilishiga ko‘ra 4 xil (А, В, С, D) tishlar mavjud bo‘lib, quyidagi ma’lumotlar asosida A va C tishlarni aniqlang. ( B/C=0,5), (A + C ) / ( B + D )= 1 A) A-katta oziq tish, C- qoziq tish B) A-kurak tish, C -katta oziq tish C) A-kurak tish, C-qoziq tish D) A-kichik oziq tish, C-katta oziq tish 6.Yoshi 20 dan oshgan sog'lom yigitning og'iz bo‘shlig‘ida tuzilishiga ko‘ra 4 xil (А, В, С, D) tishlar mavjud bo‘lib, quyidagi ma’lumotlar asosida A va D tishlarni aniqlang. ( B/C=0,5), (A + C ) / ( B + D )= 1 A) A-katta oziq tish, D- kurak tish B) A-kurak tish, D- katta oziq tish C) A-kurak tish, D- qoziq tish D) A-kichik oziq tish, D- katta oziq tish 7.Quyidagi tishlarning xususiyatlarini to'g'ri ravishda juftlang; a-birinchi sut tishlari paydo bo'ladi; b-sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinishi boshlaydi, d-tishlar almashinishi tugallanadi,e-aql tishlari chiqadi; 1-6 oylikdan boshlab, 2-7-8 yoshlardan boshlab,3-10-12 yoshga kelib, 4-18-yoshdan keyin chiqadi. 8. Katta yoshdagi erkak kishining og’iz bo’shlig’ida kichik oziq tishlarining qoziq tishlariga bo’lgan nisbatini aniqlang. A) 1:2 B) 3:1 C) 2:1 D) 1:1 9.Katta yoshdagi erkak kishining og’iz bo’shlig’ida katta oziq tishlarining qoziq tishlariga bo’lgan nisbatini aniqlang. A) 1:2 B) 3:1 C) 2:1 D) 1:1 10.Katta yoshdagi erkak kishining og’iz bo’shlig’ida qoziq tishlarining qoziq tishlariga bo’lgan nisbatini aniqlang. A) 1:2 B) 3:1 C) 2:1 D) 1:1 11. Oshqozon osti bezi necha gr va u nechta qismdan iborat? A)80-90 va 2 B)70-80 va 3 C)70 va 1 D)100 va 3 12. Tish nechta qismdan iborat? 1)koronka 2)bo’yin 3)ildiz 4)pulpit 5)sement 6)dentin 7)emal A)3, 2, 1 B)3, 4, 7 C)2, 6, 5 D)4, 6, 5 13. Tishning sog’lom bo’lishi qanday ahamiyatga ega? 1)ovqatni chaynash 2) yutish va hazm qilish 3)nutqning ravon bo’lishi 4)so’zlarni ravon bo’lishi 5)so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishda A)1, 3 B)2, 4 C)1, 5 D)1, 2, 3, 4, 5 14. Yo’g’on ichak nechta qismdan iborat? A)6 ta B)3 ta C)5 ta D)2 ta 15.Ovqat yutilayotganda hiqildoq yo'lini nima yopadi? A)qizilo'ngach B)hiqildoqusti tog'ayi C)hiqildoq D)til
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling