«texnik co» mchJ raxbari A. Inakov kelgusida «Ta'minotchi»


SHARTNOMANING BAJARILISHI


Download 23 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi23 Kb.
#1572873
1   2   3   4
Bog'liq
pustoy

5. SHARTNOMANING BAJARILISHI
5.1 Shartnoma qonun xujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi shart. Agar tomonlar uz zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini ta'minlasa shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
5.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun xujjatlarda belgilangan xollar bundan mustasno.
5.3. «Iste'molchi»ning roziligi bilan tovar mahsulot muddatdan oldin yetkazib berilishi mumkin.
5.4. «Iste'molchi» muddatlari buzilgan xolda yetkazib berilgan tovar mahsulotni qabul qilishni rad etishga xaqli.
5.5. “Iste'molchi” ma'sul xodimini «Ta'minotchi» ning omboriga tovar olib kelish uchun jonatiladi, va “Iste'molchi”ning ma'sul xodimi shartnoma bo’yicha Ta'minotchi» ning omboridan tovarni qabul qiladi.
5.6. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan tovar mahsulot bevosita “Iste'molchi”ning buyurtmanomasida ko’rsatilgan muddatlar va xajmda mazkur shartnomada ko’rsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi.
5.7. «Iste'molchi» ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud tovar mahsulotning tegishli turkumlarini yetkazib berish sanasini o’zgartirishga xaqlidir, bu xaqda “Ta'minotchi”ning buyurtmanomasida ko’rsatilgan sana boshlanishidan kamida 1-kun oldin xabardor qiladi.
6. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
6.1. Yetkazib berilayotgan tovar mahsulot sifati miqdori “Ta'minotchi” tomonidan noto’g’ri aniqlanishi, ularning qiymati noto’g’ri belgilanishi va undirilishi xollari aniqlangan taqdirda “Ta'minotchi” yetkazib berilayotgan tovar mahsulotning sifatini shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan xolda qayta hisob kitob qiladi va hisoblab chiqilgan ushbu summadan tashkari “Iste'molchi”ga noto’g’ri hisob-kitob qilingan summaning 20% miqdorida penya to’laydi.
6.2. Agar yetkazib berilgan tovar mahsulotning sifati, assortimenti, navlari, standart texnik shartlar talablariga namunalarga yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda aybdor tomon yetkazib berilgan sifati zarur darajada bo’lmagan tovar mahsulot kiymatining 20% miqdorida penya to’laydi.
6.3. Tovar mahsulot yetkazib berish buyicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarilishi rad etilganligi uchun yetkazib beruvchi “Iste'molchi”ga belgilangan ustamalardan tashkari yetkazib berilishi kerak bo’lgan tovar mahsulotning 20% miqdorida penya to’laydi. Jarimadan tashkari “Ta'minotchi” “Iste'molchi”ga tovar mahsulot yetkazib berolmasligi natijasida aniqlangan zararni to’laydi.
6.4. Tovar mahsulotni yetkazib berish kechiktirilgan yoki tuliq yetkazib berilmagan taqdirda “Ta'minotchi” “Iste'molchi”ga kechiktirilgan xar bir kun uchun majburiy bajarilmagan qismining 0,5% miqdorida penya to’laydi. Biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovar mahsulot kiymatining 50% dan ortiq bo’lmasligi kerak.
6.5. Yetkazib berilgan tovar mahsulot uchun uz vaktida xaq to’lanmaganda “Iste'molchi” “Ta'minotchi”ga muddati kechiktirilgan xar bir kun uchun kechiktirilgan to’lov summasining 0,4% miqdorida penya to’laydi, biroq bu kechiktirilgan to’lov summasining 50% dan ortiq bo’lmasligi kerak.
6.6. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo’llaniladi.

Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling