Texnik ijodkorlik
«Miya bilan ishg'ol qilish»
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.QOGOZ VA KARTON XUSUSIYATLARINI ORGANISH
«Miya bilan ishg'ol qilish» metodidan keyin texnik masalalarni yechish V.D.Gardon tomonidan
«Sinetika» nomi bilan taklif qilindi. Sinetikaning miya bilan ishg'ol qilish metodidan farqi shundaki, uning tarkibida 5-7 kishi doimiy qatnashadi. 62 Ta'lim jarayonida sinektorlarning quyidagi sifatlarga ega bo'lishlari kerak: fantaziyaga layoqatliligi, bir fikrdan ikkinchi fikrga utib ketish qobiliyati, o'zgalarni eshita olish, do'stlarni fikrlariga bosiqroq bo'lish va tasodifan fikri paydo bo'ladi. Tanishtiruv savollari - ratsionalizator va ixtirochi uchun estaliklar. Ba'zi bir savollar qisqacha takliflarni o'z ichiga oladi, boshqalarida esa unisi ham bunisi ham mavjud. Ixtirochilar tekshiruv savollariga turlicha yondoshishlar. Ba'zilar undan keng miqyosda foydalanishsa, boshqalar esa ba'zi fragmentlaridan foydalanishadi. Ixtirochilik amaliyotida A.Osborn, T.Eylsort, O.Tirson, D.Payya va boshqalar tomonidan tayyorlangan universal savollar juda keng qo'llanilmoqda. 13.QOG'OZ VA KARTON XUSUSIYATLARINI O'RGANISH Qog‗oz va karton bilan ishlash darslarining asosiy xususiyati shundaki, bu darsda buyumlarning umumiy ko‗rinishidagi yig‗ma, chizma va buyumning namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chizmalardan foydalaniladi. O‗qituvchi o‗quvchilarning yig‗ma chizmani o‗qishga, chizma va namunadan barcha detallarni, ularning o‗lchamini aniqlash va har qaysi detalni mustaqil belgilab olishga o‗rgatadi. O‗qituvchi o‗quvchilarga namuna va mehnat darsidagi chizmani ko‗rsatib, bolalar bilan maketni yasash uchun nechta detal tayyorlash kerakligini, ularning o‗lchami shakli qanday bo‗lishini aniqlaydilar. Bolalar chizmaga qarab to‗g‗ri burchak, uchburchak shaklida ekanligini aytadilar. Qog‗oz va karton bilan ishlash mashg‗ulotlari o‗quvchilar oldindan qo‗yidagi tayyorgarlik ko‗rishadi: stolning ustiga qog‗oz yozib, ish uchun kerakli ish qurollari va materiallarni olib tayyorlaydilar. Har bir mashg‗ulot oxirida o‗quvchilar keyingi mashg‗ultda kerakli bo‗ladigan narsalarni yozib oladilar. O‗quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo‗lishlari, o‗z ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli foydalanishlari shu bilan birga ish joylarini toza va ozoda, sinf xonasini tozalab qo‗yishlari kerak. Barcha fanlarda qo‗llanilganidek mehnat darslarida ham ta‘limning ko‗rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan mehnat darslarida turli xil namuna, rasm chiziq sxematik namuna turli predmetlarning shuningdek texnik vositalardan foydalaniladi. Yuqorida aytib o‗tkanimizdek ―Qog‗oz va karton bilan ishlash‖ mashg‗ulotlarida o‗quvchilar qog‗ozni buklash yo‗li bilan turli xil narsalarning shaklini yasashni ham o‗rganib boradilar. Ana shunday mashg‗ulotlar davomida o‗qituvchi quyidagi ko‗rsatmali qurollardan foydalanish mumkin. Shu bilan o‗quvchilar bu ko‗rgazmalarni yasashni bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida yasalishini o‗rganib borishlari mumkin. Birinchi sinfda o‗quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mashg‗ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‗qnash keladigan materiallar bilan ham tanishadilar. Bu barcha o‗quv anjomlari daftarlar, kitoblar, o‗quv qo‗llanmalari bosiladigan qog‗oz turlar: yozadigan muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan kitob va gazeta qog‗ozlaridir. Ta‘lim jarayonida o‗quvchilar turli qog‗ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari rangi, qalinligi, zichligi, siyohni ishlatish xususiyati, sathining xarakteri silliq, g‗adur-budurligi bilan tanishadilar. Ba‘zi narsalarni tayyorlashda bolalar yelimdan foydalanadilar. Demak, bolalar 1-sinfdayoq tayyor yelimlarining asosiy xususiyatlari: yopishqoqligi, saqlanishi, yelimlashni o‗rganishlari kerak. 1.‖Lola ― ko‗rsatmali qurolli.(1-rasm) 1.-Bosqich.Rangli qog‗ozlardan kvadrat qirqib olinadi. Uning diogonallari bo‗yicha buklab, buklangan do‗ppi shakliga keltiriladi. 2.-Bosqich.Buklashdan hosil bo‗lgan uchburchakning pastki, asos tomonidagi ikki uchi yuqoridagi uchinchi uchiga qarab, unga yetkizdirib buklanadi. Xuddi shuningdek orqa tomondagi ikki uchi ham uchinchi uchiga karab buklanadi. 3.- Bosqich.Hosil bo‗lgan shaklda cheti o‗rtaga hosil bo‗lgan chiziqqa tomon buklanadi. Shaklning orqa tomoni ham shunday buklanadi. 4.- Bosqich.Oxirgi buklangan shakllarning har bir orqa tomoniga qaytarib buklanadi. Buklangandan so‗ng ularning uchlari bir biriga qaytarilib qayriladi. 63 Keyin shakilni pastgi ochiq tomonidan asta puflanadi. Shaklning yuqori qismidagi uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada ―lola‖ shakli hosil bo‗ladi. Lolaning bandini boshqa qog‗ozni silindir shaklida o‗rab, uni lolaning pastki puflangan qismiga kiritib qo‗yish bilan tugallash mumkin. Bu bandga lolaning bargini g‗unchasini ham yopishtirib qo‗yish mumkin. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling