Texnik ijodkorlik


Belgisi  Soni  Simmetriya belgisi andozada  bichiqda  Old koketka


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

Belgisi 
Soni 
Simmetriya belgisi
andozada 
bichiqda 
Old koketka 
01 



Ort koketka 
02 



Old bo’lak etagi 
03 



Ort bo’lak etagi 
04 



Yeng 
05 



Yoqa 
06 



Old koketka astari 
07 



Ort koketka astari 
08 



Adip 
09 



Lozim 
10 



Lozim manjeti 
11 



 
Izoh: «+» belgisi simmetrik bo‘lakni anglatadi.
 
Andozalarni gazlamaga joylash va bichish 
Gazlama tejamliroq ishlatilishi uchun ma‘lum qoidalarga rioya qilish kerak. Masalan, guli bir 
tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni bichish uchun mo‘ljallangan bo‘rlama tayyorlayotganda, 
andozalarni shunday joylashtirish kerakki, kiyim tikilgandan keyin ham uning bo‘laklaridagi gullar yoki 
tuklar bir tomonga qaragan bo‘lsin. Kiyimdagi simmetrik joylashgan bo‘laklarning gullari bir xil joyga 
to‘g‘ri kelishi kerak. Bobrik, baxmal, yarimbaxmal, chiyduxoba kabi gazlamalardan tikilgan kiyimlar barcha 
bo‘laklarining tuki yuqoriga yo‘nalgan bo‘lishi kerak, aks holda kiyimning ko‘p ishqalanadigan joylari 
yaltirab qoladi. Gazlamaning tuki uzun bo‘lib, aniq bir tomonga taralgan bo‘lsa, uni kiyim tayyor bo‘lganda 
tuklar pastga qarb turadigan qilib bichish kerak.
Gulsiz sidirg‘a gazlamalarni bichishga mo‘ljallangan bo‘rlama tayyorlash uchun, andozalarni 
qarama-qarshi joylashtirsa ham bo‘ladi. Agar bichiladigan gazlama yo‘l-yo‘l yoki katak bo‘lsa, 
tikilayotganda yo‘llari yoki kataklarini to‘g‘ri keltirish uchun bo‘laklar mo‘ljaldagidan kattaroq qilib 
bo‘rlanadi. Bunda bo‘lak bichiladigan gazlama qaysi usulda to‘shalishini, qaysi bo‘lak tayyor kiyimning 
qaysi yerida qanday turishini hisobga olish kerak. Shunda kiyim bo‘laklarining hamma tomonini barobar 
kengaytirmay, balki bir tomonini kengaytirilib bo‘rlash kifoya. Koketka old bo‘lagining bort tomoni 
kengaytirib bichilsa, adipning qaytarma tashqari chekkasiga qaragan tomoni, yoqaning yuqori va pastki 
qirqim tomonlari kengaytiribroq bo‘rlanadi.
Andozalarni gazlamaning tanda va arqog‘i yo‘nalishiga moslab joylashtirishning nihoyatda katta 
ahamiyati bor, chunki gazlama o‘rish yo‘nalishida kam cho‘ziladigan bo‘ladi.
Andozalar bo‘rlama ustiga qanchalik zich joylashsa, bichish jarayonida gazlamalardan shunchalik 
kam chiqindi chiqadi. Shuning uchun andozalarni yaxshilab zich joylashtirish gazlamalarni tejashdagi asosiy 
omillardan hisoblanadi.
Gazlama sidirg‘a bo‘lsa, chiqindi kamroq, guldor yoki tukli bo‘lsa, ko‘proq chiqadi, chunki tukli 
yoki guldor gazlamalar uchun andozalar joylashtirishda kengaytirib bo‘rlash kabi qator shartlarni hisobga 
olish kerak. Andozalarni zichroq joylashtirish uchun, oldin katta bo‘laklarni qo‘yib, ular orasiga mayda 
bo‘laklar joylashtiriladi. Mayda bo‘laklar ko‘proq bo‘lishi uchun ba‘zi bo‘laklarga (ostki yoqa, adip va 
boshqalarga) uloq beriladi.
Chiqindi kamroq bo‘lishi gazlamaning enlik-ensizligiga, shuningdek, to‘shama qanday usulda 
to‘shalganiga ham bog‘liq bo‘ladi.


78 
Tikishbop konstruktsiyali kiyimning bo‘laklari keyingi ish jarayonida qo‘shimcha qirqish, tekislash 
talab etilmaydigan qilib aniq bichilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun andozalarni joylashtirganda, yenglar 
qiyamasi, old qism bilan ort qismning yelka qirqimi, old yoqa o‘mizi bilan boshqa bo‘laklar orasida 0,5 sm 
oraliq qoldirilishi kerak. Tanda ipiga nisbatan bo‘laklar yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishi eng 
kam bo‘lishi kerak (chetga chiqish umuman bo‘lmagani yaxshi). Andozalar joylashtirilayotganda kiyim 
astarida hech qanday uloq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kiyim avrasi old qismi va ort qismi bo‘laklarining 
andozalari o‘rish iplari bo‘ylab nihoyatda aniq bo‘lishi kerak.
Lozim bo‘laklarini bichishda og‘iga uloq berish mumkin. Yon chiziq tanda ipi yo‘nalishi bo‘yicha 
joylashtiriladi. 
Andozalar gazalama ustiga joylashtirilgach bo‘rlanadi. Bo‘r chizig‘i qalinligi 1-2 mm dan oshmasligi 
kerak. 
Bichishga mo‘ljallangan gazlama ko‘rikdan o‘tkaziladi, nuqsonlari aniqlanadi, dekatirovka qilinib 
(suv purkab yoki namlab) dazmollanadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling