Texnik ijodkorlik
IP VA SHNURLARDAN TURLI BEZAKLARNI TAYYORLASHNI O’RGANISH
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7
20.IP VA SHNURLARDAN TURLI BEZAKLARNI TAYYORLASHNI O’RGANISH
Zardo`zlik san‘ati o`zining uzoq tarixiga ega bo`lib barcha sharq mamlakatlari uning vatani hisoblanadi. Qadimda Vavilon kashtalari mashhur bo`lib mato turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni o`ha yerda kashf etishgan. Zardo`zlikning vatani Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach, zar, ipak va jun-ip qo`shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuhrat qozongan. Tarixiy manbalarnng guvohlik berishicha uning dastlabki namunlari ilk o`rta asrlar (eramizning VI-VII asrlari) ga tegishli bo`lgan. Ayrim adabiyotlarda yozilishicha O`rta Osiyo halqlari orasida I-II asrlarda zarbop kiyimlar kiyilgan deb yozilgan. XV-XVII asrlarga kelib zardo`zlik san‘ati Eronda ham rivojlandi. Zardo`zlik san‘ati XIX-asrning oxirlarida Buxoro amrligining poytaxti Buxoro shaxrida rivoj topdi. Biroq, bu yerdagi ustaxonalarda etik, maxsi, to`n, belbog`, do`ppi kabi zar bilan bezatilgan kiyimlar faqat xukmdorlar, badavlat kishilar, horijiy elchilarga tortiq qilish uchun mahsus tayyorlanar edi. Boy honadonning 8-10 yoshdan katta bo`lmagan o`g`il bolalariga sunnat to`yi munosabati bilan zarbop to`n kiydirganlar. Boxorolik mashxur ustalar Usta Salim, Usta Olimjon Majidov, Usta Fayzullo G`aybullayvlar yartgan zarpo`zlik buyumlari hozirgi kunda dunyoning bir qator muzeylarida saqlanadi. O`zbekiston Davlat san‘at muzeyi, O`zbekiston xalq amaliy san‘ati muzeylarining ekpozitsiyalari orasida ham zardo`zlik san‘ati namunalari bor. XX-asrning ikkinchi yarmiga kelib bu san‘at turi mamlakatimizning boshqa hududlarida ham rivojlana boshladi. Endilikda hususiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan so`zonalar, zar choponlar turmushimizga tobora chuqurroq kirib bormoqda. Bugungi kunda kelin-kuyovlar, to`y bolalar, yubilyarlar, ulkan yutuqqa erishganlarga zar chopon kiydirish odat tusiga kirib bormoqda. Zardo`zlikda gazlama tanlashda tikiladigan buyumimizning nimaga mo`ljallanganligiga, bezakning turiga va tikish usullariga muvofiq tanlanadi. XIX-XX asr boshlarida zardo`zlik ishida chetdan keltirilgan gazlamalardan foydalanilgan. Erkaklar choponlari uchun rus barhitidan keng foydalanilgan. Bu barxitlar g`oyat rang-barangligi bilan kishilarga yoqqan. Qizil va binafsha rangdagi barxitlardan ayollar va bolalar kiyimlari uchun qo`llanilgan. (1-rasm) Bundan tashqari zardo`zlikda satin, charm, bo`z kabi Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling