82
1-rasm
gazlamalardan ham foydalaniladi. Undan asosan uy-ro`zg`or buyumlari ―So`zana‖, ―Yostiq jildi‖, ―Joynamoz‖,
―Ko`z oynak
g`iloflari‖ hamda ―Ayollar belbog`lari‖ kabilar tikiladi.
Zardo`zlikda turi rangdagi zar iplar asosiy hom-ashyo hisoblanadi.
Qadimda Misr hamda Bobulda zar va kumush iplar ishlab chiqarilgan. XIX-asrning ikkinchi
yarmidan
boshlab Buxoroga zar iplar faqat Moskvadan
keyinchalik Angliyadan, hozirgi
kunda esa Yaponiyadan
keltilrilmoqda. Zardo`zlikda oltin, kumush rangdagi ipak hamda sun‘iy ipak va tolalardan ham foydalaniladi.
Zardo`zlik buyumlarini bezash uchun esa pilakcha (piston), munchoq, olmos qubbalardan unumli foydalaniladi.
Zar iplar avvalo patilaga to`rt-besh qavat qilib o`rab olinadi. Patiladagi ip doimo tikayotgan ishimizning ustida
turadi.
3. Zardo`zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar.
Zardo`zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar kashtachilik asbob-uskunalaridan biroz farq qiladi.
Zardo`zlikda quyidagi asbob-uskunalar ishlatiladi:
1. Ko`rcho`p
2. Patila
3.
Qaychi
4. Angishvona
5. Igna
Har-bir asbobning o`z muhim vazifasi mavjud.
Ko`rcho`p – uzunligi 320 santimetrgacha bo`lgan ikki teng yonli silliq yog`och
dastadan
iborat
unga bo`z gazlama tarang qilib tortiladi va ustiga gazlama joylashtiriladi.
Patila – qattiq yog`ochdan uzunligi 20 santimetr bo`lgan to`rt qirrali
va nafis qilib tekislangan,
ichini
kovlab, qo`rg`oshin quyib og`irlashtirilgan bo`ladi.
Qaychi – zardo`zlikda ikki hil qaychidan foydalaniladi. ―Tuya bo`yin‖ qaychi va uy-ro`zg`orda
ishlatiladigan metal qaychidir. ―Tuya bo`yin‖ qaychida asosan gul va naqshlarni qirqishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: