Texnik ijodkorlik
QUROQ TIKISH TEXNIKASINI O’RGANISH
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7
19.QUROQ TIKISH TEXNIKASINI O’RGANISH
Quroq- bu bitta buyumda rangi va fakturasi turlicha bo`lgan gazlama qoldiqlarini birlashtirishdir. Bu usul bilan yostiq jildlari, ko‘rpa, divan va stul uchun g`iloflar, gilamchalar shuningdek kiyimlar uchun bezak va to`ldiruvchi detallar tayyorlash mumkin. Quroq texnologiyasida istalgan gazlamadan ham yangi , ham avval ishlatilgan gazlamadan foydalanish nazarda tutiladi . Yangi gazlamani ishlatishdan avval dekatrovka ( ipak va jun gazlamalarini kirishmaydigan qilish uchun bug‘ yoki qaynoq suv bilan ishlov berish usuli ) bug‘lash lozim chunki bitta buyumda ikki xil gazlama ishlatilishi natijasida buyum yuvilgandan so`ng o`z ko`rinishini o`zgartirishi mumkin. Avval ishlatilgan gazlama bo`laklarini esa kraxmallash va dazmollash kerak. Paxta tolali gazlama qoldiqlarini ishlash uchun qulay hisoblanadi , ulardan ushlagich , salfetkalar ,choynak uchun isitgichlar ko`rpa, gilamcha, yostiq jildlari va hatto kiyimlar ham tayyorlash mumkin .Matoli gazlamalar yumshoq va egiluvchan bo`ladi ,ularni pannolar tayyorlash uchun ishlatiladi . Shoyi gazlamalarni kraxmallangandan keyin huddi paxta tolali gazlama qoldiqlaridan tayyorlanadigan buyumlarda ishlatish mumkin . Lekin ular uzoqqa bormaydi . Agar tayyorlanayotgan buyum uchun turli fakturali gazlama bo`laklarini birlashtirish shart bo`lmasa uni bir turdagi gazlamadan tayyorlangani yaxshi bo`ladi . 80 Ko`p hollarda sidirg`a gazlama bilan turli fakturadagi gazlamalarni birlashtirish yaxshi natijalarni beradi. Tikilgan gazlama qoldiqlarining pishiqligini ortirish maqsadida ularning asosga biriktirish kerak . Asos bo`lib vatin , sintepon yoki qalin zich gazlama xizmat qiladi . Kiyimlarning qiytiqlaridan bezashda turli xil tesmalar ham qo`llanadi . Ko`pincha naqsh gullari bir xil shaklli va o`lchami alohida elementlardan iborat bo`ladi . Bichishda qulay bo`lishi uchun karton yoki qattiq qog`ozdan shablonlar tayyorlanadi , kartonda kerakli elementni ( kvadrat , uchburchak , oltiburchak ) Chok haqqisiz chizib olinadi , so‘ngra hamma tomonidan 0, 5-0,7 santimetr chok haqqini qoldirib ikkinchi chiziqni o`tkazamiz, shundan so`ng ichki va tashqi kontur chiziqlari bo`yicha ehtiyotkorlik bilan qirqiladi . Gazlama bo`ladigan kerakli elementni bichish uchun gazlamaning teskari tomoniga shablonni qo`yib ham ichki va tashqi , konturlarini qalam bilan chiziladi . Tashqi konturi bo`ylab qirqiladi ichki konturi bo`ylab esa ikkita detal birlashtirib tikiladi . Qalin gazlamalar yonma yon qo`yilib tutashtirma chokda tikiladi ,bunig uchun avval detallar chetlarini 2 ta tog`ri chokda so`ngra ikkala detalni egallagan holda ularni ― zig-zak ― chokda tikiladi bu holda element uchun chok haqqi qoldirmay bichiladi. Quroq texnikasida hamma geometrik naqshlarni uchta guruhga ajratish mumkin . 1) Uchburchaklar 2) Amerikancha kvadrat 3) spiral Quroqchilik san‘ati tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bu texnikaning ildizlarini sharqda topish mumkin . Masalan Yegipetda , ya‘ni Kair shahrining chekka qishloqlarida bu usul bilan 3000 yil avval tikilgan buyumlar topilgan edi . Quroq tikish texnikasi bilan yer yuzining barcha burchaklarida ham shug`ullanib kelishgan . Keyinchalik o`rta ta‘minlangan oilalarda uylar bezatilib va ro`zg`orda mahsulotlar tayyorlanib asta –sekin dunyo bo`ylab hamma xalqlar orasida tarqalib ketgan va amaliy san‘atga aylangan . 81 Bunday bajarilgan ishlar Angliya , Amerika ,Shvesariya, Germaniya , Shvesiya va Avstraliya muzeylarida joy topgan. O‘rta Osiyoda ham bu san‘at keng rivojlangan. Bu san‘at xalq orasida keng tarqalgan . Bu san‘at usulida tikilgan buyumlar yuqori didni , go`zallikni , tadbirkorlikni , mehnatsevarlikni talab qiladi . Bizda bu tikish usuli quroq deb ataladi .Milliy quroqchilik san‘ati bu o`lmas san‘atlardan biri. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling