Texnik ijodkorlik


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-rasm 


84 
 
 
21.
TIKUV BUYUMLARINI BEZAK TOSHLAR VA MUNCHOQLAR BILAN BEZASH YO'LLARINI 
O'RGANISH 
O‗zbek xalq amaliy bezak san‘atining eng keng tarqalgan turlaridan biri badiiy munchoq tikish (biser san‘ati) 
hisoblanadi. 
Munchoqli bezak san‘atidan misrliklar munchoq bilan har-xil buyumlar, kiyim-kechaklar bezatishgan. Badiiy 
munchoq tikish kashtachilikning bir yo‗nalishi bo‗lib, buyum tikish tarixida kashta tikish bilan birga qadimgi 
Vavilonda o‗ylab topilgan. Munchoqda tikishda har-xil toshlardan, teshik tangalardan foydalanilib, kiyimlar, 
bosh kiyim, oyoq kiyimlar, sumkalar, qo‗lqoplar bezak bilan bezatilgan. Arxeologik qazilmalar jarayonida 
qadimgi qo‗rg‗onlar o‗rnidan har-xil taqinchoklar, shu jumladan qadimgi munchoqlar ham topilgan. O‗sha 
davrda munchoqlarni hayvon tishlaridan, suyaklardan, daraxt tayoqchalari, o‗simlik urug‗laridan yasashgan. 
Keyinchalik temirni kayta ishlab, yaltirok metall parchalaridan va kichik toshchalardan munchoq sifatida 
foydalanishgan. Qadimda Misrlik firav‘nlar kiyimlarini marjonlar va tilladan yasalgan munchoqlarda 
bezashgan. 
Rimliklar esa Misrliklardan shishani qayta ishlab chikarishni o‗zlashtirgandan keyin VIasrda avval Vizantiya, 
so‗ng Venetsiyada munchoq bilan bezash san‘ati rivojlangan. 
Xasrga borib munchoq ishlab chiqarish savdogarlar tomonidan Evropaga XIasrga kelib qadimgi Rusda, 
keyinchalik O‗rta Osiyo mamlakatlariga tarqalgan. 
Munchoq bilan tikishning bugungi kundagi ahamiyati to‗g‗risida to‗xtaladigan bo‗lsak, bu hunar turi xalq 
amaliy san‘ati darajasida ko‗tarilishi bejiz emas. CHunki, odatda sharq mamlakatlarida, xususan markaziy 
Osiyoda go‗zallikka intilish, ya‘ni, yashash joylariga, xonalarga,oddiy buyumlar,kiyimlarga ham sayqal berib 
bezatish an‘anaviy bo‗lgan,ayniqsa, bugungi kunda bu jarayon dolzarb bo‗lib kelmoqda.Xususan,ayollar 
kiyimlari va buyumlariga bezak yaratishda oddiy va qimmatbaho toshlar va munchoqlardan foydalaniladi. Bu 
jarayon zamonaviy tilda biser tikish deb ataladi.SHu bilan birga san‘at darajasida qabul qilinadi.Ayollarimiz, 
qizlarimiz milliy kiyimlar dukonlaridan munchoq bilan tikish usulida bezatilgan kiyim va buyumlarni xarid 
qilishlari fikrimizning yorqin dalilidir.
Lekin, shunday bo‗lsa-da doim ham do‗konlardan o‗zingiz istagan usullar va munchoqlar asosida tayyorlangan 
buyumlarni tanlash imkoni bo‗lavermaydi. SHu sababli ham bu hunar turini o‗rganib,undan foydalanish, 
birinchidan xotin-qizlarimizni yanada go‗zal bo‗lishlarini ta‘minlasa, ikkinchidan, oila byudjetiga, shu bilan 
birga insonning ma‘naviy go‗zallashuviga katta yordam beradi. 
Munchoqli bezak san‘ati, juda ham foydali va o‗quvchi diqqatini jalb etuvchi san‘at turlaridan biri 
hisoblanadi.CHunki bu san‘at turi,o‗quvchi -yoshlarning badiiy didi,ixtirochilik qobiliyatini oshirish bilan 
birga, diqqatini jamlash, xotirasini mustahkamlash, harakatchanligini oshirish uchun ham xizmat qiladi. Bundan 
tashqari o‗quvchi-yoshlarning mehnat qilishga bo‗lgan ishtiyoqini oshiradi. O‗quvchi-yoshlar tomonidan 
tayyorlangan mahsulotlar oddiy bo‗lsa-da, ular yangilikka intiluvchanligi, fantaziyaga boyligi bilan e‘tiborga 
loyiq desak, mubolag‗a bo‗lmaydi. 
Ma‘lumki, maktabdan tashqari ta‘lim muassasasi, ya‘ni joylarda faoliyat olib borayotgan ―Barkamol 
avlod‖bolalar markazlarining asosiy maqsadi o‗quvchi-yoshlarning bo‗sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shu 
bilan birga ularni o‗zlari sevgan kasb yoki hunarga bo‗lgan qiziqishlarini shakllantirishdan iboratdir. 
Lekin bu albatta o‗quvchilardan hohish istaklari,qolaversa bugungi kun talablari asosidan kelib chiqqan holdagi 
ish rejalar bo‗yicha faoliyat olib borishni talab etadi.Tabiiyki, maktablarda olib borilayotgan mehnat darslarida 
yoki darslar jarayonida o‗quvchilar o‗zlari sevgan kasb yoki hunarga oid bilimlarni egalaydilar.To‗garaklarda 
esa o‗sha olgan bilimlarni amalda sinab ko‗rish yoki mukammalroq o‗rganishni xoxlaydilar. 
Ularning qiziqish, istaklarini o‗rganish maqsadida faoliyat davomida to‗garaklar o‗quvchilari bilan suhbatlar 
tashkil etilib, ularning qiziqishlari anketa savollari asosida o‗rganib chiqildi.Anketa savollaridagi javoblarga 
qaraganda o‗quvchilar birinchidan, ko‗proq bugungi kun ehtiyoji uchun zarur bo‗lgan narsalarni,(turli 
sovg‗alar,o‗yinchoqlar,taqinchoqlar va h.k) ikkinchidan esa badiiy jihatdan o‗quvchilarni shu yo‗nalishga 
bo‗lgan qiziqishini qanoatlantiruvchi (daraxtlar,turli gullar,qushlar,hayvonlar shakllari va h.k) buyumlar 
tayyorlashga ishtiyoqmand ekanligi aniqlandi.SHu sababli tajriba-sinov sifatida o‗quvchilar qiziqishiga 
asoslangan holda ―Munchoq bilan bezash‖ to‗garagi ish rejasini qayta ishlab chiqib, faoliyatda qo‗llab 
ko‗rishga harakat qilindi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling