Texnik ijodkorlik
Qisman yopishgan siluetda
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7
Qisman yopishgan siluetda (5.3, v-rasm) kiyim ko`krak chizigida kichiq hajmli bel va
bo`ksa chiziqlarida yopishgan siluetga nisbatan (5.3, b-rasm) to`kisroq, etagi — kengroq. Trapetsiyasimon siluetda kiyimning tepa qismi kichiq hajmli, ya'ni ko`krak chizig`ida yopishib turadi, etagi esa ken-gaytirilgan bo`ladi (5.3, v-rasm). Kiyimning yuzasi konstruktiv chiziqlar yordamida ayrim detallarga bo`linadi. Kiyim qo‘yidagi asosiy detallardan tuzilishi mumkin: ort bo`lak, old bo`lak, yeng, yoqa, yub-kaning old bo`lagi, yubkaning ort bo`lagi, shimning old bo`lagi, shimning ort bo`lagi. Ushbu asosiy detallar tana tuzilshiiga va xarakatda o`lchamlari o`zgarishiga nihoyatda mosdir. Gavda simmetrik tuzilishiga mos holda kiyim ham ikki simmetrik bo`laklardan tuziladi. Kiyimning asosiy detallari choklar yordamida biriktiriladi. 38 5.3-rasm, Ayolyaar kiyimining asosiy siluetlari Asosiy detallarning shakli kiyimning bichimiga bog`liq. Kiyim bichimi deganda yeng asosiy detallar bilan ulangan chizig`ining shakli va old hamda orqa bo`laklarning vertikal yoki gorizontal chiziqdar bilan bo`lingan shakli tushuniladi. Yengning shakli bo`yicha qo‘yidagi kiyim bichimlari farqlanadi: o`tkazma yengli, reglan yengli, yaxlit bichilgan yengli. Ushbu uch xil bichimlarning birikmalari kombinatsiyalashtirilgan bichimni tashkil etadi. O`tqazma yengli bichimda yeng old va orqa bo`laklarning yelka va yon chokpari biriktirilgan yopiqo`mizga o`rnatiladi. (5.4, a-rasm). Reglan bichimda yengning ulanish chizig`i orqa yoqa o`mizidan old yoqa o`mizigacha o`tadi. Ayni holda kiyimning yelka qismi yeng bilan to`lib turadi (4, b-rasm). Yaxlit bichilgan yengli buyumlarda old bo`lak yengning old bo`lagi bilan, orqa bo`lak esa yengning tirsak bo`lagi bilan yaxlit bichiladi (5.4, v-rasm). Ushbu bichimlarning turli birikmalari kombinatsiyalashtirilgan bichimni hosil qiladi. Masalan, buyumning old bo`lagi yeng bilan yaxlit bichilgan bo`lsa, orqa bo`lak o`tkazma yengli bo`lishi mumkin. Yoki orqa o`tqazma yengli, old esa - reglan (5.4, g-rasm). 5.4.-rasm. O`tqazma (a), reglan (b), yaxlit (v), kombinatsiyalashtirilgan (g) yenglar bichimlari. Old va orqa detallarining vertikal konstruktiv bo`linish chiziqlari buyumning quyidagi bichimlarini aniqlaydi: yon chokli bichim, bo`rtma chokli bichim, orqasi o`rta chokli bichim (5.5- rasm). Gorizontal konstruktiv bo`linish chiziqlari asosiy detallar koketkali yoki beli qirqmali bichimlarni angla-tadi (6-rasm). 39 Kiyim odam tanasini qisman yoki to`liq bekitadi. Kiyim qulay bo`lishi uchun, u odam gavdasining ham shakliga, ham o`lchamlariga mos bo`lishi kerak. 5.5.-rasm. Kiyimning old va orqa detallarini bo`ylama bo`linishi: o`miz chizig`idan bo`rtma chokli (a), yelka chizig`idan bo`rtma chokli (b), o`rta chokli orqa bo`lak (v). Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling