Texnik ijodkorlik


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

7.EVRISTIK USLUB NIMA 
Evristik о‗qitishning asosiy mohiyati yangilikni doimo ochishga harakat qilish demakdir. 
Evristik yunoncha heuriska – qidiraman, topaman, ochaman degan ma‘nolarni anglatadi. 
Evristika о‗qitishning: 
1. О‘qitish shakli – evristik suhbat. Bunda о‗qituvchi va о‗quvchi о‗rtasida masala 
mohiyatini tushunish va bir fikrga kelish maqsadida savol va javoblar uyushtiriladi. 
2. О‘qitish metodi. Ijodiy ishlash jarayonida о‗qituvchi о‗quvchiga ish yuzasidan maqsadli 
g‗oyalar, fikr chalg‗iganda tо‗g‗ri yо‗l kо‗rsatib, vaqti-vaqti bilan aqliy hujum uyushtirib turadi. 
Masalaga oydinlik kiritish yо‗lida evristik vaziyat yaratib beradi. 
3. Berilgan masalaning texnalogik jarayoni. Uni о‗quvchining о‗zi belgilaydi. Ijodiy 
mahsulotni rо‗yobga chiqarishdagi yakuniy natijasi о‗quvchining tanlagan texnalogiyasiga 
bog‗liq bо‗ladi. Tanlangan yо‗li samara bermasa, о‗qituvchi о‗z vaqtida о‗quvchiga yordam 
kо‗rsatadi. 
О‗quvchining о‗zini-о‗zi ijodiy tomondan rо‗yobga chiqarishi evristik о‗qitishning eng 
yuqori masalasi hisoblanadi. 
Innovatsion texnalogiyalar orasidagi evristik о‗qitish texnalogik shakli deyarli Suqrotning 
savol va fikr yuritish metodiga suyangan.
Ma‘lumki, Suqrot о‗zining shogirtlariga avval, umumiy yо‗naltiruvchi savol bergan va 
javobini olgach, aniqlantiruvchi savol bergan va haqiqatni aniqlamaguncha, unga juda yaqin savol 
beravergan. 
Evristik о‗qitishdagi vaziyat о‗qitishning kalit elementi hisoblanadi. Bunday vaziyat 
о‗quvchining bilmasligidan uni faollashtiradi, uning maqsadi о‗quvchi tomonidan shaxsiy 
g‗oyaning tug‗ilishini, gipotezalar, sxemalar tuzishga yо‗llaydi. Evristik о‗qitishda ta‘lim 
natijasini aytib bо‗lmaydi. Har bir о‗quvchidan turli javoblarni olish mumkin. 


40 
Evristik о‗qitishda о‗quvchi oldingi olgan bilimini о‗zlashtiradi, keyin uni ijodiy 
о‗zlashtirish orqali о‗zining loyihasida qо‗llaydi. Bu yerda oldingi bilimlarni о‗rganish orqali 
kelajakka intilish shiori amal qiladi. 
Evristik о‗qitish erkin rivojlanish maktabiga asoslangan bо‗lib, uning nazariyasi evristik 
didaktika hisoblanadi. 
Evristik о‗qitishning mazmuni va maqsadi о‗quvchilar tomonidan о‗zining mustaqil fikrini 
loyihalash (konstruksiyalash) maqsad qilib olinadigan, ta‘limning maqsadi va mazmuni hamda 
uni tashkil qilish jarayoni, tashhis qо‗yish va tushunib yetish evristik ta‘lim va о‗qish hisoblanadi. 
Evristik о‗qitishning prinsiplari ma‘lum pedagogik sharoitga moslashtirib о‗qitish bо‗lib, 
unda о‗qitishda о‗qituvchi va о‗quvchini oldindan natijasi ma‘lum bо‗lmagan muommoni 
yechishga undaydi. 
Evristik о‗qitish nafaqat о‗quvchilarni balki о‗qituvchilarni ham rivojlanishga chorlaydi
chunki о‗qituvchilarga о‗quv jarayonida haqiqatni ―bilmaslik‖ vaziyatini tashkil qilishga tо‗g‗ri 
keladi.
О‗quvchi о‗zining mashg‗ulotlari rejasini tuzadi, о‗zining shaxsiy qarashlarini asosiy 
masalaga qaratadi. Masalan, detalga о‗lchamlarini qо‗yishda uning shaklini, geometrik 
obrazlarni, uni tayyorlash jarayonlarni о‗rganishga harakat qiladi. Detalga ishlov berishdagi 
jarayon haqida о‗zining shaxsiy fikrini, detalning geometriyasi, uni yaxshilash haqidagi 
izlanishlar, texnik va texnalogik konstruksiyalash, dizayn kabilar ustida bosh qotiradi. Natijada 
о‗quvchilar о‗zlari о‗rganayotgan soha haqida shaxsiy individual rejalarini tuzishadi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling