Texnik ijodkorlik
Evristik о‘qitishning yо‘nalishlari
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7
Evristik о‘qitishning yо‘nalishlari. Evristik о‗qitishni ba‘zida ijodiy faoliyat bilan bog‗lashadi. Lekin uning asosiy uchta yо‗nalishi mavjud: 1.Evristik faoliyat о‗zida ijodiy ta‘limiy mahsulot yetishtirish jarayonlarini qamrab oladi. 2.Evristik faoliyatni tashkil qiluvchi bilish jarayonlari ijod qilishdagi eng zaruriy jarayon hisoblanadi. 3. Evristik faoliyatda tashkiliy, metodologik, psixologik va boshqa jarayonlar ijodiy va bilish faoliyatini ta‘minlaydi. Evristik о‗qitishda uning asosiy maqsadi о‗quvchining о‗z-о‗zini ijodiy ta‘minlash hisoblanadi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. О‘quvchi loyihalash uchun vazifa oladi. Ammo unga vazifa haqida tayyor bilim berilmaydi. О‗quvchi vazifani bajarish uchun turli kо‗rinishdagi loyihalar, gipotezalar tuzadi. Keyin о‗qituvchi bilan vazifaning asliga solishtiriladi. Aslining javobi ishlanmasi bilan о‗quvchining loyihasi muhokama qilish yо‗li bilan tо‗g‗ri bajarilgan loyiha aniqlanadi. Natijada о‗quvchi о‗zining faoliyat imkoniyatini qayta kо‗rib chiqadi va uning shaxsiy qarashida о‗zgarish rо‗y beradi. Bu о‗zgarishlar о‗quvchining sezgisida, bilimida, iqtidorida, tajribasi kabilarda namoyon bо‗ladi. Agar о‗quvchi muhokama natijasidan qoniqmagan bо‗lsa, u hammasini qayta ishlab chiqadi, toki qoniqarli natijaga erishmaguncha. Evristik о‘qitish ochiq vazifa asosiga quriladi. Barcha о‗rganilayotgan mavzu elementlari ochiq shakldagi vazifada ifodalanishi mumkin. Masalan, valda aylanma harakat davrida vtulka teshigi (hamda valning о‗zi ham) yemirilib ketishini oldini oladigan moslama loyihalansin. Yoki mashina va mexanizmdagi biror detal qо‗pol hamda og‗ir qilib ishlangan bо‗lib, u detal ish jarayonida mashina ish unumini pasayishiga sabab bо‗layotgan bо‗lsa, uni dizayn asosida qayta loyihalansin kabi masalalarning yechimini loyihalashda о‗quvchi о‗z rejasini tuzib chiqadi. Evristik о‗qitishda tayyor bilimlarni о‗zlashtirish darajasini emas, ularga о‗quvchining qanchalik ijodiy yondoshganligi nazorat qilinadi. О‗quvchining shaxsiy sifatini rivojlanishi, uning о‗rganayotgan sohasi bо‗yicha ijodiy yutuqlari hamda ta‘lim standartlaridan qanchalik olg‗a о‗tib borayotganligi tekshirilib, unga baho beriladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling