Texnik ijodkorlik


GAZLAMA QOLDIQLARI BILAN ISHLASH


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

23.GAZLAMA QOLDIQLARI BILAN ISHLASH 
Biz bilamizki o`zbek xonadonini yostiqsiz tasavvur qilish qiyin. Yostiqning ko`p turlari mavjud ulardan ko`rpa 
tushakni yig`ishda orasiga qo`yiladigan uzun yostiqlar bu yostiqlarni qizlarimiz kelin bo`lib o`zga uyga 
ketayotgan vaqtda onalar kelin sepiga qo`shib berishadi. Kundalik holatda ishlatiladigan yostiqlarimiz kvadrat 
shaklida bo`ladi bo`lardan biroz dam olishlarda ishlatiladi.Uyga mehmon kelganda xontaxta atrofiga qo`yiladi 
chunki kelgan mehmon xorigan bo`lsa unga qo`lay bo`lishi uchun qo`yiladi. Yana yostiq turlaridan biri bezak 
yostik turlari yoki devanlar ustiga qo`yiladigan yostiqlar hisoblanadi. Yostiqlarni yaxlit matolardan yoki mato 
qoldiqlaridan foydalanib uy sharayitida tayyorlashimiz mumkin. Bugun sizlarga mato qoldiqlaridan 
tayyorlanadigan quroq usulida bezak yostiq tikilishi bilan tanishib chiqamiz. 
Buning uchun bizga turli rangdagi mato qoldiqlari, ish qutisi, qaychi , shablon eskiz, flezilin, sentifon 2 
dona 
katta hajmdagi keraksiz tugma
, kerak bo`ladi.
Ishning bajarilish ketma ketligi. 
1.Yostiq tikishda kerak bo`ladigan buyumlarni tayyorlab olamiz o`zimiz uchun qulay ish joyini tayyorlab 
olamiz. 
2.Uchburchak shaklida shablon tayyorlab olamiz. 


91 
3. Mato qoldiqlari ustiga shablonni qo`yib chok haqi 1 sm tashlab qaychi yordamida 8 bo`lak yashil matodan, 8 
bo`lak qizil matodan uchburchak shaklini qirqib olamiz. Qirqilgan mato bo`laklari orqasiga dazmol yordamida 
flezilinni yopishtiramiz. 
Bir dona qizil bir dona yashil matoni ikkala uchini bir biriga qo`yib igna yordamida tikib olamiz. Har bitta 
tikilgan chok dazmollanadi. Shundagina bizning bajargan ishimiz chiroyli chiqadi. Shu tariqa ish ketma ketligi 
bajariladi. Ustki qismiga 4 bo`lak yashil, 4 bo`lak qizil, ostki qismiga ham 4 bo`lak yashil, 4 bo`lak qizil 
matolar kerak bo`ladi.Har bitta jarayon rasmlar orqali ko`rsatilgan. Tayyor bo`lgan yostiqning ichiga sentifon 
solamiz va ochiq qoldirilgan joyni tikib qo`yamiz. O`rtasiga kattaroq shakldagi tugmani olib ustki qismini mato 
qoldig`i bilan berkitib tikib chiqamiz va yostig`imizning o`rta qismiga bezak sifatiga tikib qo`yamiz.Mana mato 
qoldiqlaridan tayyorlangan yostig`imiz ham tayyor. Siz ham mato qoldiqlarini tashlab yuborishga shoshilmang 
ulardan uy ro`zg`orda kerakli bo`ladigan ajoyib buyumlar kolleksiyasini yaratishingiz mumkin.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling