Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan


Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari


Download 0.56 Mb.
bet6/47
Sana23.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1046218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
1.15.2020Техник ижод. ва диз.

1. Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari
Ijodkorlik – yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyat turi.
Intellekt – shaxs aqliy qobiliyatlarining nisbatan turg‘un tuzilmasi.
Ijodiy topshiriq – ob’ekt o‘lchamlarini orttirish yoki kamaytirish, buyumning detallari, uzeli yoki tarkibiy qismini puxtarog‘i bilan almashtirish orqali buyumni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi.
Intuitsiya – bu sub’ekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida topiladi.
Intuitiv fikrlash konstruktorlik ishlanmalarning mazmuni kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining huquqini himoya qiluvchi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Metod - muayyan maqsadga erishish, konkret vazifani bajarish usuli, borliqni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish (bilish) usullari yoki jarayonlar majmui.
Shaxs xususiyatlari - turli xil sharoitlarda takrorlanuvchi, ma’lum darajadagi turg‘unlikka ega bo‘lgan individ faoliyatining ko‘rinishi.
Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi.
Ish o‘rni - ustaxona maydonining o‘quv ishlab chiqarish va konstruktorlik-texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirishgan qismi tushuniladi.
Loyiha - ko‘zda tutilgan ob’ektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar va grafik ishlarni qamrab oluvchi vazifalar majmui.
Loyihalash - ko‘zda tutilgan yoki mavjudligi mumkin bo‘lgan ob’ekt, holatning timsoli - loyihasini yaratish jarayoni.
Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi.
Modellashtirish - muayyan hodisa, jarayon yoki ob’ektlar sistemasini ularning modellarini yasab o‘rganish yo‘li bilan tekshirish; yangi yaratilayotgan ob’ektlar xarakteristikalarini aniqlash va ularni qurish.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling