Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan


Loyihalashning samarali metodlari


Download 0.56 Mb.
bet7/47
Sana23.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1046218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bog'liq
1.15.2020Техник ижод. ва диз.

Loyihalashning samarali metodlari - buyumlarni konstruksiyalash, manipulyativ konstruksiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment.
Evristik metod - bu yangi texnik yechimni yaratish maqsadida prototipni qanday qilib o‘zgartirishga oid yo‘riqlarning qisqacha tavsifi.
Model – haqiqatdan ob’ektning shartli aks ettirilishi.
Maket– ob’ektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmli tasviridir.
O‘zaro o‘xshashlik – ikki predmet yoki hodisaning barcha mos joylaridagi nuqtalari bir xil o‘lchov birligida bir xil masshtabda bo‘lishi bilan belgilanadi.
Dizayn - narsalar muhitining estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyatining turlarini qamrab oladi.
Grafika - tasviriy san’at turi; rasm san’atiga asoslangan, lekin o‘z tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlariga ega bo‘lgan bosma badiiy tasvirlar (gravyura, litografiya, monotipiya va b.) ni o‘z ichiga oladi.
Bilim - voqelikni bilish natijasi; u amalda sinalgan bo‘lib, voqelikning inson taffakkuridagi to‘g‘ri in’ikosidir.
Ko‘nikma - biror maqsad yo‘lida harakat bajarish qobiliyati; ishlab chiqarish yoki o‘quv faoliyatida bir xil harakat yoki bir tipdagi masalalarni yechishning ongli ravishda ko‘p marta qaytarilishi natijasida avtomatizm holiga keladi.
Malaka - takrorlash yo‘li bilan shakllantiriladigan, yuqori o‘zlashtirilish darajasi hamda anglangan nazoratsiz amalga oshirilishi bilan tavsiflanuvchi harakatlar hisoblanib, perseptiv, intellektual va harakat malakalari farqlanadi.
Yangi axborot texnologiyalari - axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug‘ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling