Texnik ishlatish umumiy masalalari


Download 455.24 Kb.
bet1/4
Sana18.11.2023
Hajmi455.24 Kb.
#1785423
  1   2   3   4
Bog'liq
TEXNIK ISHLATISH UMUMIY MASALALARI

TEXNIK ISHLATISH UMUMIY MASALALARI.


Elektr mashinalari va transformatorlarni texnik ishlatish (ekspluatatsiyasi) deb, ularni vazifasi bo‘yicha ishlatganda, kutish, saqlash va tashish (transportirovka qilish) jarayonlarida shu mahsulotning ishlashga yaroqli holatda saqlashning kompleks tadbirlariga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, texnik ishlatish deb, jihozni texnik ishlatish, uni ishlab chiqargan korxona xududidan olib chiqilgan daqiqadan boshlab, to korxonada ishlatib eskirgan holatga etganda utilizatsiya qiluvchi qayta ishlash korxonasiga topshirishgacha bo‘lgan davrdagi jarayonga aytiladi. Elektr mashinasini ishlatish (ekspluatitsiya qilish) deganda, uning sifati va ishchan holatini saqlash yoki tiklash amalga oshirilgandagi uning xayoti tushiniladi.
Shunday qilib, texnik ishlatish quyidagi bosqichlarga bo‘linar ekan: tashish, saqlash, montaj qilish, ishlatishga kiritish, texnik ishlatish jarayonida texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va eskirgan holatga yetganda utilizatsiya qilish.
Elektr mashinalarini tashish deganda, uni ishlab chiqaruvchi konxonadan, u o‘rnatilishi ko‘zda tutilayotgan joyga etkazish (transport yordamida yoki boshqa usulda) bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tadbirlarning bajarilishiga aytiladi.
Saqlash deganda, elektr mashinalarini qisqa yoki uzoq muddatda transport vositalari, omborxona yoki montaj qilinadigan yerda saqlashga, navbatdagi ta’mirlashdan so‘ng yana o‘rniga qo‘yib montaj qilish yoki keyinchalik ishdan chiqadigan jihoz o‘rniga qo‘yib (zaxira) montaj qilinishigacha omborda saqlashga aytiladi.
Texnik ishlatish (TI)ning asosiy maqsadi - ishlash muddati mobaynida elektr mashinasining eng yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan talab etiladigan darajadagi ishonchlilikni ta’minlashdir. Bunday ko‘rsatkichlardan eng muhimi quvvat isrofini kamaytirib, foydali ish koeffitsientini oshirishdir.

Jihozlarni tashish va saqlash.


Ishlab chiqarish korxonasi elektr jihozini buyurtmachiga aksariyat, jo‘natish va saqlash jarayonlaridagi tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi o‘ralgan holatida yetkazadi. Elektr jihozlarini saqlash shartlari va saqlash xonalari (omborlar)ning asosiy turlari to‘rt guruhga bo‘linadi va ular ro‘yxati 5-ilovada keltirilgan. Saqlash xonalarining:

    • birinchi guruhini (davlat standartiga muvofiq LC (light conditions - engil sharoitli) harfi bilan belgilanib, saqlashning yetarli darajadagi sharoitlarini ta’minlaylaydigan omborlar tashkil etadi;

    • ikkinchi guruhini SAL (conditions average lidghtness - quyiroq yoki o‘rtacha

yengil sharoitli) bo‘lgan omborlar;

    • uchinchi guruhini SC (stringent conditions - og‘ir sharoitli);

    • to‘rtinchi guruhini PHC (particularly harsh conditions - o‘ta og‘ir sharoitli) bo‘lgan omborlar tashkil etadi.

Bunda, LC guruhi uch saqlash nimguruhiga bo‘linadi: (LC -1; LC-1.1 va LC -1.2), SC guruhi - uch saqlash nimguruhiga bo‘linadi (SC1, SC2 va SC3), PHC to‘rt saqlash nimguruhiga bo‘linadi (PHC1, PHC2, PHC3 va PHC4).
Elektr mashinalarini ishlab chiqaruvchi korxona o‘zining yo‘riqnomalarida jihozlar ishlash qobiliyatlari buzilmasligini ta’minlaydigan ruxsat etilgan saqlash sharoitlari va muddatlarini keltiradi. Shu sababli, jihozni omborda saqlash uchun qabul qilishdan avval, uning himoya o‘ralishini (konservatsiyasini) tekshirish shart va, zarur bo‘lgan holatlarda, ishlash qobiliyati tekshiriladi. Shu bilan birga, keltirilgan jihozning komplektligini, hamda uni saqlash sharoitlarining ishlab chiqaruvchi korxona talablariga mos ekanligini tekshirish lozim. Saqlash shartlarining buzilishi metall qismlarning korroziyasiga, kontakt yuzalarining oksidlanishiga va nihoyat, jihozning ayrim qismlari shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Tabiiyki, jihozni ishlab chiqaruvchi korxona yo‘riqnomasida keltirilgan saqlash talablari, jihozni ishlatuvchi korxonaning imkoni bo‘lmagan holatlarda saqlashning engilroq shakllariga almashtirish joiz bo‘ladi.

Download 455.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling