Texnik ishlatish umumiy masalalari
Texnik xizmat ko‘rsatish turlari
Download 455.24 Kb.
|
TEXNIK ISHLATISH UMUMIY MASALALARI
Texnik xizmat ko‘rsatish turlari.Elektr jihozlarni ishlatganda ularga texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) elektr mashinalari va transformatorlarni ishlab chiqargan korxona tomonidan tavsiya etilgan maxsus grafik va dastur asosida muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tkazishni va texnik tadbirlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. TXK tarkibiga yana o‘zining hajmi bilan farqlanuvchi ta’mirlash ishlari ham kiradi. TXK, tashqi ko‘zdan kechirish bundan mustasno, jihoz tarmoq kuchlanishiga ulanmagan, ya’ni ishlamayotgan holatida bajarilishi sababli, TXKni o‘tkazish grafigi asosiy texnologik jihozlarning ishlash grafigi bilan muvofiqlashtirilishi lozim. Elektr va elektromexanik jihozlar o‘zlarining bajaradigan funksional vazifasiga ko‘ra asosiy va yordamchi jihozlarga ajratiladi. Asosiyga, me’yordagi texnologik jarayonda uning ishtirokisiz mahsulot ishlab chiqarib bo‘lmaydigan jihozlar kiradi. Yordamchiga ishlash sharoitini yaxshilash va uning samaradorligini oshirish, hamda ishlab chiqarishning ekologik va boshqa me’yorlarini bajarish uchun xizmat qiladigan jihozlar kiradi. Uning ishdan chiqishi (to‘xtab qolishi) asosiy texnologik jarayonning uzilishiga olib kelmaydi. Yuqorida keltirilganidek, TXKning asosiy maqsadi, buzilish va to‘xtab qolishlarning oldini olib, jihoz ishonchli ishlashini ta’minlashdir. Biroq, buzilishlar nafaqat yomon ishlatish natijasida sodir bo‘ladi, balki GOST 13109-97da ko‘rsatgan elektr energiya sifatining standartga mos kelmasligi sababli ham vujudga kelishi mumkin. SHu sababli, buzilish va to‘xtashlarning sababini aniqlash ham jihozlarni ishlatishning vazifalariga kiradi. Buning uchun elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan energiya sifatini saqlash mas’uliyatini elektr energiyasi ta’minotini amalga oshirayotgan korxona ham sezishi uchun, elektr energiya sifati monitoringini olib borish zarur. TXK o‘tkazishning narxi tayyor maxsulotning tan narxiga kirganligi uchun, hozirgi kunda TXK o‘tkazishning zarur hajmi masalasi, ko‘pgina holatlarda iqtisodiy masala bo‘lib qolmoqda. TXKning uch turi mavjud: birinchi - amalda, texnik xizmat ko‘rsatmasdan (“buzilgungacha tegma” qabilida); ikkinchi - xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning reja-oldini olish tizimi asosidagi (ROO); uchinchi - xizmat ko‘rsatib, zarur bo‘lganda ta’mirlash. TXKning birinchi turi yordamchi jihozlar - yoritish, ventilyasiya va elektr isitish uskunalariuchun taalluqli bo‘lib, bunday jihozlarning narhi yuqori emas va korxonada bunday jihozlar zahirasini mavjud bo‘lib, zarur holatda tezkor almashtirish mumkin. TXKning ikkinchi turi asosiy deb hisoblanadi va asosiy jihozlar hamda, ko‘pgina holatlarda, yordamchi jihozlar uchun qo‘llaniladi. ROO reja (grafik) asosida elektrik va elektromexanik jihozlar ko‘rigi va ta’mirlashi o‘tkaziladi. Bunda joriy yuklanish, elektr energiya sifati va boshqa rejimli parametrlarini tekshirish ko‘zda tutilmaydi. Rejim parametrlari hisobiy parametrlardan og‘ishini tekshirish vazifasi jihozlarni himoya qilish tizimiga yuklanadi. ROO tizimining asosiy kamchiligi - ishga yaroqli jihozni ta’mirlashga jo‘natilishidir. Bunga sabab, uning eskirishini baholash qiymat ko‘rsatkichlari asosida bilvosita usulda bajariladi. Chunki, kommutatsiya apparatlari uchun eskirish omili sifatida, eskirishning asosiy sababchisi bo‘lgan o‘chirish toklari emas, o‘chirish (yoqish) sonlari qabul qilinadi. Elektr mashinalari va transformatorlar uchun asosiy omil real yuklanishni e’tiborga olmagan holda, ishlash davomiyligi hisoblanadi. ROOning narxi tayyor mahsulotning narxiga kirganligi sababli, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga qaratilgan harakatlar, jihozlarni ta’mirlash ishlarini ratsionallashtirish hisobiga, ROO narxini kamaytirishga olib keladi. Shu sababli, o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida jahon amaliyotiga xizmat ko‘rsatishning narxini minimal holatda saqlab, jihozlarning zarur ishonchliligini ta’minlovchi ROOning uchinchi turi kiritila boshlandi. ROOning bu turi jihozlar ishlash rejimlarini va atrof muhit sharoitini nazorat qilishni talab etadi. Nazorat qilish korxona axborot-o‘lchov tizimi yoki jihozlar ishlashining diagnostikasi tizimi bilan bog‘langan datchiklar yordamida amalga oshiriladi. Bunday tizimlar olingan ma’lumotlarni ishonchlilikning matematik modeli yordamida qayta ishlab, jihozlarning ishonchlilik darajasi va ularni ta’mirlash zarurati haqida ma’lumot beradilar. Download 455.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling