Texnik ishlatish umumiy masalalari
Jihozlarning konstruktiv tayyorlanishi
Download 455.24 Kb.
|
TEXNIK ISHLATISH UMUMIY MASALALARI
Jihozlarning konstruktiv tayyorlanishiJihozlarning konstruktiv tayyorlanishi, ya’ni ularning tashqi tuzilishining u yoki bu shaklda bo‘lishi, tashqi muhitning ularga ta’siridan himoya qilish, sovutish va montaj qilish usullari bilan belgilanadi. Tashqi muhitning jihozlarga ta’siridan himoya qilish usulini tanlash, qurilmaning o‘rnatilgan joyiga va tashqi muhit ta’siri xususiyatlariga bog‘liq. Standartlarga ko‘ra 10 ta iqlimiy tayyorlash va 5 ta jihozlarni joylashtirish kategoriyalari mavjud. Jihozlarni iqlimga moslashtirib tayyorlash bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: U - mo‘tadil iqlimli xududlarda ishlashga moslangan; UXL - mo‘‘tadil va sovuq iqlimli xududlarda ishlashga moslangan; TV va TS – tropik nam bo‘lgan va quruq iqlimli xududlarda ishlash uchun; M va TM – mo‘‘tadil-sovuq va tropik dengiz iqlimli xududlar uchun; T – tropik iqlimi bo‘lgan quruqlikdagi barcha xududlarda ishlashga moslashtirilgan jihoz; O – quruqlikdagi barcha xududlar uchun; V – quruqlik va dengizdagi barcha xududlarda ishlashga moslashtirilgan jihozlar. Iqlim omilining normal qiymatlari va shartlari davlat standarti GOST-15150- 69ga muvofiq tayyorlangan 1-ilovada keltirilgan. Jihozlar ishlashiga iqlimiy omillardan tashqari, quyida keltirilgan va shartli ravishda 4 kategoriyaga ajratilgan tashqi muhitning tavsiflari ham katta ta’sir ko‘rsatadi: I – shartli toza kategoriya; II - sanoat; III – dengiz; IV – dengiz bo‘yi-sanoat kategoriyasi. Shuni ta’kidlash zarurki, U, UXL, TS, TV, T iqlimiy sharoitlarga moslashtirib yasalgan jihozlar I va II kategoriyali tashqi muhitda ishlashga mo‘ljallangan bo‘ladi. O iqlimiy sharoitda esa III katogoriyali muhitda, M, TM, OM - III muhit kategoriyasida, V - III va IV kategoriyali muhitda ishlashga mo‘ljallangan. Atrof muhitning tavsiflari ilovada keltirilgan. Joylashtirish kategoriyasi 1 bo‘lsa, jihozni ochiq havoda ishlatishni nazarda tutadi; 2 - ayvon ostida ishlatishni; 3 - ochiq xonalarda ishlatishga mo‘ljallanib, qum va changning ta’siri, hamda havo harorati va quruqligining tebranishi, ochiq havodagidan kamroq bo‘ladi. Joylashtirishning 4 kategoriyasi jihozning iqlim sharoitlari suniy ravishda boshqariluvchi (kondensionerli) xonalarda ishlashga mo‘ljallangan; 5 - uzoq muddat suv mavjud yoki devor va shipda namlikning kondensatsiyasi bo‘lgan yuqori darajadagi nam xonalarda ishlashga mo‘ljallangan. Elektr mashinasi korpusi, transformator va elektr apparati bаki va qopqog‘i - elektr jihozi ichiga qattiq predmet va namlik kirishidan saqlaydigan qobiqni hosil qiladi, shu bilan birga, personalni qobiq ichidagi tok o‘tkazuvchi va aylanuvchi qismlarga tegishidan muhofaza qiladi. Himoya darajasi lotin harflari IP va undan keyin keladigan ikki raqam bilan belgilanadi. Birinchi raqam personalni korpus (bаki) ichida joylashgan tok o‘tkazuvchi va aylanuvchi qismlarga behosdan tegib ketishdan muhofaza qilish darajasini ko‘rsatsa, ikkinchi raqam - korpus ichiga namlikning kirishidan himoya qilish darajasini ko‘rsatadi. Birinchi raqam 0 bo‘lsa, maxsus himoya vositasi mavjud emasligini ko‘rsatadi, 1 - o‘lchamlari 50 mm dan katta bo‘lgan qattiq jism kirishidan himoyalangan; 2 - o‘lchamlari 12 mm; 3- o‘lchamlari 2,5 mm; 4- o‘lchamlari 1 mm dan katta bo‘lgan qattiq jism kirishidan himoyalangan; 5 - chang kirishi cheklangan; 6 - chang kirishi butkul bartaraf etilgan. Ikkinchi raqam 0 bo‘lsa, namlik kirishidan himoyalanmagan; 1 – suv tomchilarining vertikal tushishidan himoyalangan; 2 - korpus 150 ga nishablanganda suv tomchilaridan himoyalangan; 3 - korpusga 600 burchak ostida tushayotgan suv tomchilaridan himoyalangan; 4 – ixtiyoriy yo‘nalishda havoda uchayotgan suv parchalaridan himoyalangan; 5 - ixtiyoriy yo‘nalishdagi suv oqimidan himoyalangan; 6 - dengiz to‘lqinlaridan himoyalangan; 7 - suvga botirilgandagi korpus ichiga suv kirishidan himoyalangan; 8 – suvga uzoq muddat cho‘ktirilganda (ishlab chiqarish korxonasi o‘rnatgan sharoitda) suv kirishidan himoyalangan. Transformator (yoki reaktor) chiqish qismlari himoya darajasi transformator (yoki reaktor) o‘zining himoya dajasidan kam bo‘lsa, passport qiymatlari ko‘rsatilgan yorliqda transformator himoyalanish darajasi ko‘rsatilgandan keyin alohida keltiriladi. Bundan tashqari, transformatorda o‘rnatilayotgan komplektlovchi elektrotexnik qurilmalarning himoya darajasi transformator himoyalanish darajasidan kam bo‘lmasligi lozim. Portlash xavfi va yong‘in xavfi bo‘lgan xududlarda joylashtirilgan jihozlarning himoyalash darajasi alohida me’yorlashtiriladi. Bunday xududlar tasnifi va jihozlarning zarur bo‘lgan himoyalanish darajasi ilovada keltirilgan. Umumsanoat qo‘llanish uchun mo‘ljallangan jihozlardan farqli ravishda, portlash- va yong‘indan bexatar jihozlar bir qator o‘ziga xos maxsus konstruktiv xususiyatlari mavjud va ular ushbu darslikda keltirilmaydi. Elektr mashinalarini sovutish usullari GOST 20459-87 davlat standartiga muvofiq lotin IC harflari va ulardan so‘ng bir harf va ikki raqam bilan belgilanadi. Lotin harfi sovutish jarayonida sovutish agentining turini anglatadi. A (yoki raqamning yo‘qligi) –havo bilan sovutish; N - azot; H – vodorod; C - uglerod dioksidi; F - ftor; W - suv; V - transformator moyi; Kr - kerosin. Birinchi raqam sovutish agentissirkulyatsiyasi zanjirining turkumini ko‘rsatadi (0 dan 9 gacha). Masalan, 0 raqami sovutish agentining mashina va tashqi muhit orasida erkinssirkulyasiyasini ko‘rsatadi; 4 - birlamchi sovutish agenti berk kontur bo‘yicha mashina ichida harakatlanib, issiqlikni korpus yuzasi orqali ikkilamchi sovutish agentiga (tashqi muhit) etkazadi; 7 - birlamchi sovutish agenti berk kontur bo‘ylab mashina ichida harakatlanib, issiqlikni tashqi muhit bo‘lmagan ikkinchi sovutish agentiga, elektr mashina ichiga kiritilgan sovutkichga beradi. Ikkinchi raqam (0 dan 9 gacha) sovutish agentini harakatga keltirish usulini ko‘rsatadi. Masalan, 0 raqami rotor aylanishi bilan hosil bo‘lgan kichik ventilyasiya sababli haroratlar farqi paydo bo‘lishi natijasida sovutish agentining erkin harakatga kelishini anglatadi; 1 - rotorning aylanishi sababli hosil bo‘lgan o‘z-o‘zini ventilyasiyalash; 5 - sovutilayotgan mashinaga nisbatan mustaqil ta’minotga ega bo‘lgan kiritilgan ventilyasiya; 8 - sovutish agentining harakati mashinaning sovutish agentiga nisbatan yurishi natijasida hosil qilinadi. Kuchli transformatorlarni sovutish usulining belgilanishi GOST 11677-85 davlat standartiga ko‘ra harflar orqali ifodalanadi va izolyasiyalovchi va sovutuvchi muhitning turiga bog‘liq: moyli va quruq (havo) transformatorlar, yonmaydigan suyuq dielektrik to‘ldirilgan transformatorlar, quyma elegaz izolyasiyali transformatorlar. Quruq transformatorning sovutish tizimida 4 xil shartli belgilashlar qo‘llaniladi: С - tabiiy sovutishli ochiq yasalgan; СЗ – tabiiy sovutishli yopiq bajarilgan; СГ – tabiiy sovutishli germetik yasalgan; СД – sovutuvchi havo majburiy ssirkulyasiyalangan. Moy transformatorlari 8 turdagi har xil sovutish tizimiga ega: M – havo va moyning tabiiy ssirkulyasiyasi; Д – moyning tabiiy ssirkulyasiyasi va havoning majburiy ssirkulyasiyasi; MЦ – havoning tabiiy ssirkulyasiyasi va moyning yo‘naltirilmagan majburiyssirkulyasiyasi; НMЦ - bunda MЦ ga o‘xshash bo‘lib, moy yo‘naltirilgan oqimli; ДЦ - havo va moyning majburiy ssirkulyasiyasi bilan; НДЦ – xuddi ДЦ ga o‘xshash bo‘lib, biroq moy oqimi yo‘naltirilgan;ss - suv va moyning majburiy ssirkulyasiyasi (yo‘naltirilmagan oqimli); НЦ – xuddi Ц ga o‘xshash bo‘lib, moy oqimi yo‘naltirilmagan. Suyuq yonmaydigan dielektrikli transformatorlar uch sovutish tizimiga ega Н - tabiiy sovutishli; НД – havossirkulyasiyasi majburiy bo‘lgan tabiiy sovutishli; ННД havo majburiyssirkulyasiyalangan bo‘lib, suyuq dielektrik oqimi yo‘naltirilgan. Elektr mashinalarining konstruktiv bajarilishi montaj qilinishi bo‘yicha GOST 2479-79 davlat standarti bilan belgilangan. Bu bajarilishning shartli belgilanishi lotin harflari IM va to‘r t (birinchi raqam 1 dan 9 gacha va qolganlari 0 dan 9 gacha) raqamlardan iborat. Birinchi raqam mashinaning konstruktiv bajarilishini ko‘rsatadi. Masalan, 1 - mashina panjali va podshipnik qalqonli; 3 - mashina panjasiz va podshipnik qalqonli; 5 - mashina podshipnik qalqonsiz; 7 - mashina panjali va ustun podshipnikli; 8 – vertikal valli mashina. Ikkinchi va uchinchi raqamlar montaj qilish usulini ko‘rsatadi. Masalan, 00 - mashina valining chiqish qismi gorizontal va chap tomonda o‘rnatiladi; 03 - mashina valining chiqish qismi vertikal yuqorida o‘rnatiladi; 07 - mashina vali chiqish qismi gorizontal o‘ng tomonda o‘rnatiladi. To‘rtinchi raqam val chiqish qismi bajarilishining shartli belgisini anglatadi. Masalan, 0 – mashina valining chiqish qism mavjud emas; 3 - val ikki ssilindrik chiqish qismiga ega; 3 - val bir konussimon chiqish qismiga ega; 5 - val bir flyanets shaklidagi chiqish qismiga ega. Download 455.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling