Texnik konstruksiyalsh va
Buyumlarni loyihalashda dizaynerlarning ish mazmuni
Download 216.03 Kb.
|
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 6. Seminar mashg‘uloti.
3. Buyumlarni loyihalashda dizaynerlarning ish mazmuni.
Sanoat ishlab chiqarish mahsulotlarini loyihalash jarayoni ketma-ket amalga oshiriladi va loyihalashning quyidagi qismlarini o`z ichiga oladi: a) badiiy loyihachining takliflari, mahsulot tuzilishi, muallif nazorati ostida loyihalashtirish ishlari; b) badiiy loyihachi takliflari mahsulot asosiy g`oyasining tuzilishi shakllarini umumlashtirishdan iboratdir; c) bu jarayon topshirig`i chuqur o`rganib badiiy-loyihachi va adabiyotlar tahlilidan foydalanib bo`lgandan so`ng boshlanadi. Loyihalashtirishning haqiqiy tarzda boshlanishini rassom fikrlari tasviriy chizma yoki bo`shliq hajmida o`z aksini topa boshlaganidan bilish mumkin. Biroq amalga oshirilgan birinchi niyatlar hali idrok qilingan, fahmlangan buyumdan yiroq bo`ladi. Ammo buyumlarning shunday guruhlari ham mavjudki, ularda hajm-transport tuzilishi yoki oldindan qattiq belgilangan yoki shuncha sodda va oddiyki, dastlabki hajm-transport kayfiyati uchun muammo bo`lmaydi. Bu buyumlar turli xil miqyos va vazifada bo`lishlari mumkin. Taxminiy ko`rinishlar ustida ishlash qism va alohida detallarni maqsadga muvofiq tarzda joylashtirishni o`ylab topish, ularning o`zaro aloqalarini izlashni o`z ichiga oladi hamda mahsulotning mantiqan mazmun bilan bog`langan tashqi shakli ustida eng mas’uliyatli ijodiy faoliyat bilan tugallanadi. Bu jarayonda dizayner muhandis-loyihachi bilan birga mavjud pardozlash buyumlarini, shuningdek, aniq sharoitda mahsulot tayyorlash uchun ishlab chiqariladigan buyumlarga ishlov berish imkoniyatlarini yaqqol tasavvur eta bilishi kerak. Xomaki nusxa yaratish jarayonida mavjud loyiha-tizim asosiy ko`rsatkichlari, o`lchamlari, iste’mol qilinadigan quvvatlar kamayishi, yangi matolarni qo`llash; GOSTlar, tirajlarni hisobga olish, shuningdek, buyumlarga ishlov berishni bilish, iqtisodiy, estetik va boshqa talablar bularning hammasi birinchi xomaki nusxalarning o`zida mantiqiy aksini topishi kerak. Xuddi shunday jarayon xomaki nusxa yoki loyiha topshirig`i bosqichidan me’moriy loyihalashda ham qo`llaniladi. Mahsulot tuzilishini belgilash badiiy loyihalash jarayonining eng mas’uliyatli qismidir. Odatda, mahsulot tuzilishini belgilash bir vaqtda dizayner va muhandis-loyihachi tomonidan amalga oshiriladi. Loyihachi mahsulotning asosiy qismlari, ularning o`lchamlari va joylashtirilishini aniqlaydi. Tasviriy chizmadan xabardor va mavhum tasavvurga ega bo`lgan dizayner, mahsulot, buyum qismlarini joylashtirishning ko`rinishlarini izlaydi va turli ko`rinishlardan kelib chiqadigan xulosa qarorlarga tayanadi. Shundan keyin loyihachi tanlangan ko`rinishlar bilan ishlash imkoniga ega bo`ladi. Mahsulotning estetik jihatdan shakllanishiga muhitning shart-sharoitlari va shakl mazmuni ko`rinishi yoki tasviriy manzaraga qiyoslanganligiga katta ta’sir etadi. Mahsulot va buyum shakliga turli omillar ham ta’sir etmay qolmaydi: havo tozaligi, atrofni iflos qiladigan moddalar, mahsulotdan foydalanish joyi (ochiq havo, yopiq bino, suv), harorat tizimi, muhitning teskari ta’siri, iqlim sharoiti (Uzoq Shimol, O`rta mintaqa, issiq iqlim, tropiklar). Demak, mahsulotning estetik sifatlari uning shakli va mazmunini belgilaydigan aniq shart-sharoitlar bilan bog`liq. Badiiy loyihalash jarayonida uyg`unlashtirish (moslashtirish, muvofiqlashtirish) vositalari - asosiy bosimlar va o`ylab chiqilgan o`lchamlarni bir-biriga to`g`ri bo`ysundirish, ko`lamdorlik, turg`unlik (jonsizlik) yoki jo`shqinlik, simmetriya yoki assimetriya, mahsulot butun tuzilishining marom yoki metr o`lchovi asosida tuzilishi - muqarrar va juda murakkab shart bo`lib hisoblanadi. Badiiy-loyihachi takliflar bosqichidagi ishlarni amalga oshirish natijasida asosiy tamoyillar tuzumiga yoki rejasiga javob bera oladigan loyihachilik va tizim yechimlarning ikki - uch varianti paydo bo`lishi kerak. Badiiy - loyihachi takliflarni tasdiqlashi, ikki hodisa orasidagi davrdir, unda taklif qilingan variantlarning eng yaxshisi tanlanadi. Bu variant badiiy-loyihachi tahlil jarayonida rasmiylashtirilgan talablarga yuqori darajada javob bera olishi kerak. Ishlab chiqishning (tayyorlashning) shu bosqichida loyihalash hujjatlarining tarkibi har bir aniq holatda mahsulot murakkabligi va ishlab chiqarish sharoitlariga bog`liq hujjatlarning taxminiy tarkibi quyidagicha: texnikaviy yangilanish va mahsulot shakllari rivojlanishi an’analarining tavsifini o`z ichiga oladigan badiiy - loyihachilik takliflari mohiyatini bayon etuvchi qisqacha tasvir; foydalanilgan axborotlar va ilmiy mavzular ro`yxati (jurnal va prospektlar, ishlar, ijodiy safarlar hisobotlari, rasmlar, fotosuratlar, suratlar, taqrizlar, o`xshashliklar va timsollar rasmlari); badiiy-loyihachilik takliflari bosqichida bajarilgan namunalar va andaza-qoliplari; mahsulot tuzilishiga oid rejalar, to`g`ri burchakli rasmlar, loyihalashtirilgan mahsulot ko`rinishlarining istiqbolli chizmalari. Mualliflar dalillar asosida, o`zining badiiy-loyihachilik takliflarini himoya qila bilishi kerak. Badiiy-loyihachilik loyihani ko`rib chiqish paytida qabul qilingan taklif va mulohazalar hisobga olinib, loyihalashning har tomonlama ishlab chiqilishi ko`zda tutiladigan loyihalash bosqichidir (murakkab buyumlar uchun texnik loyiha bosqichi). Bu bosqichning o`ziga xos xususiyati shundaki, muhandis-loyihachi ishining hajmi rassom-loyihachi ishi hajmidan ancha katta. Bu bosqichda vaqtning ko`p qismi mahsulotning hajmiy andazalarini (qoliplarini) va uning ayrim bo`limlarini tuzish, umumiy tuzilishini, munosiblikni chiziqlar bilan rasm solish bo`limlarini joy-joyiga joylashtirish va aniqlash bilan o`tadi. Namunalar, odatda, o`zining asl o`lchamida ommaviy ishlab chiqarish uchun esa tashqi ko`rinish andazasi shaklida bajariladi. Bu bosqichda dizayner umumiy ko`rinishdagi chizmalarni eng oxirida tasdiqlangan andazalar (qoliplar) asosida bajarishi, bo`yash tizimini, pardozlash buyumlari bo`yicha tavsiyanomalar berishi shart. Loyihani tasdiqlash jarayoni tadqiqot natijalarini o`zida aks ettirgan loyihalash topshirig`ini hisobga olib, butun loyiha hujjatlarini diqqat bilan tahlil etishni talab etadi. Badiiy loyihachining tasdiqlashga taqdim etilgan loyihasiga quyidagi hujjatlar kiradi: a) tushuntirish xati; b) badiiy-loyihachi taklifni tasdiqlash to`g`risida majlis bayonidan ko`chirma; c) umumiy ko`rinishlar va texnika qurilmalarning chizmalari, chizmada tasvirlash usullari, rasmlar; d) namunalar, andazalar, ish bosqichlari bo`yicha rasmlarning fotosuratlari; e) o`xshashliklar va (prototip) timsollarning fotosuratlari; f) tashqi ko`rinish andazasi yoki namunasi. № 16. Seminar mashg‘uloti. Download 216.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling