Texnik konstruksiyalsh va
Download 216.03 Kb.
|
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
- 1.Umumiy ma’lumotlar. Buyumlarni loyihalashda materialshunos, muhandis, konstruktor va dizaynerlarning hamkorligi.
Mavzu: Buyumlarni konstruksiyalahda turli kasb egalarining ishtiroki.
(2 soat) Ishning maqsadi: Buyumlarni loyihalashda materialshunos, muhandis, konstruktor va dizaynerlarning hamkorligi, konstruksiyalash mazmuni va bosqichlari va buyumlarni loyihalashda dizaynerlarning ish mazmuni haqida ma’lumotlarni o‘rganish. Ishni bajarish tartibi: 1.Buyumlarni loyihalashda materialshunos, muhandis, konstruktor va dizaynerlarning hamkorligi haqida nazariy ma’lumotlar. 2. Konstruksiyalash mazmuni va bosqichlari. 3. Buyumlarni loyihalashda dizaynerlarning ish mazmuni. 4.Olingan natijalar to‘g‘risida yozma hisobot tayyorlash. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.Dizaynerlar necha xil yo`nalishda ish olib boradilar? 2.Sanoat san’ati deganda nimani tushunasiz? 3.Dizayn maqsadi nimalardan iborat ta’riflab bering? 4.Texnikaviy estetikaning o`ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering? 5.Dizayn va texnika deganda nimani tushunasiz? 6.Shakl va mazmun birligi nimadan iborat? 1.Umumiy ma’lumotlar. Buyumlarni loyihalashda materialshunos, muhandis, konstruktor va dizaynerlarning hamkorligi. Badiiy loyihalash sanoat ishlab chiqarish mahsulotlarini loyihalashtirishning yangi usullari, uni joriy etishda mahsulotning yuksak sifatini ta’minlashi kerak. Yangi jamiyatda badiiy loyihalashning asosiy maqsadi inson atrofidagi muhitni faol o`zgartirish, mehnat va turmushning moddiy tomonini go`zallashtirish bo`lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda badiiy loyihalash sohasida ishlayotgan olim, rassom, muhandis, texnolog, shifokor, ruhshunos, psixofiziolog va boshqa mutaxassislar orasida bu atamalar va ularning mohiyatini aniqlashda qarama-qarshi fikrlar mavjud. Estetik tomondan sifati baland bo`lgan har qanday mahsulotni ishlab chiqarishda rassom-loyihachi (dizayner) ishtirok etishi lozim. Dizayner faoliyatida turli xil yo`nalishlar (mutaxassislashtirish) mavjud bo`lib, ulardan ko`proq quyidagilari keng tarqalgan: asbobsozlik, mashinasozlik, transport vositalari, yengil sanoat mahsulotlari, asboblar sanoati, chiziqlar bilan rasm solish va qadoqlash. Sanoat ishlab chiqarish mahsuloti va texnik tizimlarini badiiy loyihalash jarayoni yuksak darajada murakkabdir. Uslubiy jihatdan bu jarayon ko`pincha me’moriy loyihalashtirishga teng keladi, ba’zan esa undan ham murakkabroqdir. Mamlakatimiz oliy badiiy sanoat bilim yurtlarining olimlari sanoat san’ati mohiyatini quyidagicha belgilaganlar: «Sanoat san’ati inson faoliyatining o`ziga xos shaklini tashkil etadi, uning maqsadi inson atrofidagi mahsulot muhitini estetik tomondan tashkil etishdan, inson foydalanadigan va uning turmushining tarkibiy qismini tashkil qiladigan mehnat qurollari va buyumlarini estetik nuqtai nazaridan o`zgartirishdan iboratdir. Sanoat san’ati doirasi keng va chigal, inson atrofidagi buyumlar muhiti murakkab, bunga mehnat qurollari, transport vositalari, ilmiy-tekshirish institutlarining xilma-xil asbob-anjomlari va uskunalari, yozuv mashinalari, sport anjomlari, musiqa asboblari, tibbiyot uskunalari va turmush anjomlari kiradi. Sanoat san’ati atamasi bilan bir qatorda ingliz atamasi dizayn (inglizcha desing - niyat, mo`ljal, loyiha) keng tarqalgan, u rassom loyihalovchining (dizaynning - ijodiyotini, mehnatining usullari va natijalarini) ishlab chiqarishga tatbiq qilish shart-sharoitlarini o`z ichiga oladi. Dizaynning maqsadi jamoat manfaatlari, ishlatish qulayligi, go`zallik talablariga javob beradigan mahsulotning yangi turlari va xillarini yaratishdir. Yuqoridagilardan shu narsa ma’lum bo`ladiki, sanoat san’ati va dizayn atamalari ma’lum darajada har xil ma’noga ega bo`lib, ularning har ikkalasi ham to`la huquqlidir. Mamlakatimiz olimlari taklifi bilan 50 yillarda paydo bo`lgan texnikaviy estetika atamasi umumiy e’tirofga sazovor bo`ldi. Texnikaviy estetika o`zining uslubiy asosiga, yangi jamiyat estetikasinining umumiy tamoyillariga tayanadi, shuningdek, texnika, ruhshunoslik, fizikaviy, tozalik ramzi va boshqa fanlarning yutuqlaridan ham foydalanadi. Dizayn va texnikaviy estetika uyg`un mahsulot muhitini shakllantirishi, ishlab chiqarish samaradorligi oshishiga ko`maklashishi, demak, estetika va mehnat faoliyati mustahkam aloqasi uchun xizmat qilishi kerak. «Mehnat estetikasi yangi jamiyat estetikasining maxsus qismi sifatida va texnikaviy estetika dizayn nazariyasi sifatida bir-birini inkor qilmaydi hamda bir-birining vazifasini ham bajara olmaydi. Sanoat ishlab chiqarishi tizimida dizayn estetik faoliyatning tarixan aniq bir shakli bo`lib hisoblanadi. Uning o`tmishdoshi va amaliy san’ati bo`lgan. Download 216.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling