Texnik konstruksiyalsh va


Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish


Download 216.03 Kb.
bet12/39
Sana05.04.2023
Hajmi216.03 Kb.
#1276623
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr

3.Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish.
Bugungi kunda talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda, avvalo ularga umumiy o`rta ta’limdagi mehnat ta’limi dasturlarini mukammal o`rgatish kerak. Bo`lajak mehnat ta’limi o`qituvchilarining bilim va ko`nikmalarini shakllantirishda dizaynerlik hamda ijodkorlik qobiliyatlarini inobatga olinadi.
Umumiy o`rta ta’limda dizayn asoslarini o`qitishda mehnat ta’limi fanining imkoniyatlari juda katta. Dizayn asoslarini mehnat ta’limida o`qitishdan maqsad - o`quvchilar dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarda buyumlarni estetik, funktsional va iqtisodiy jihatlarini hisobga olgan holda loyihalash va amalda yasab o`rganishi hamda bilim, ko`nikma, malakalar hosil qilishdir.
Mehnat ta’limi mazmunida dizayn asoslarini o`qitish jarayonini shartli ravishda 3 bosqichda amalga oshadi deb olish mumkin, bular:

  1. Boshlang`ich dizayn ta’limi (I-IV sinflar)

  2. Asosiy dizayn ta’limi (V-VII sinflar)

  3. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi (VIII-IX sinflar)

  1. Boshlang`ich dizayn ta’limi

Boshlang`ich dizayn ta’limini berishda I-IV sinflar uchun mehnat ta’limi darslarida, sinfdan tashqari ishlarda Davlat ta’lim standartlariga asosan o`quvchilarda quyidagicha bilim, ko`nikma va malakalarni rivojlantirish ko`zda tutilgan.
I sinf: Buyumlarni kuzatish asosida tasvirlarni chizish va bo`yash mashqlarini bajarish. Buyumlar to`g`risida bilimlarni rivojlantirish. Buyumlarni oddiy bezak naqshlarini o`ziga qarab chizish. Geometrik shakllardan naqshlar hosil qilishga o`rganish. Materiallar haqida dastlabki ma’lumotlar. Asbob uskunalar haqida dastlabki ma’lumotlar. Qog`ozdan va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlarni qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish, bo`yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash.
II sinf: Yasagan o`yinchoqlar rasmini chizish, bo`yash va shu o`yinchoqni yangi shaklini yoki ayrim qismlarini o`zgartirilgan variantlarini ishlash. Bir necha turdosh o`yinchoqlar tahlilini o`tkazish. Turli kasb mahsulotlari bilan tanishish. Kasblar uchun asboblar tasvirini chizish. Turli buyumlarni bezash uchun oddiy naqshlar chizish va bo`yashga o`rganish. Materiallarning xususiyatini o`rganish.
III sinf: Tekis geometrik shakllarning bir-biriga nisbatan katta-kichikligi va shakli bo`yicha mutanosibligi qoidalarini bilish. Shakllar bo`yicha va ranglar mutanosibligi qoidalari bilan dastlabki tanishtirish. Naqshlardagi elementlarni davriy takrorlash va simmetriya qoidalari bilan tanishtirish. O`yinchoqlar yasash va naqsh bilan bezash, namunaviy buyumlarni shakli va ranglarini o`zgartirib ishlash. Applikatsiya va mozaika usulida oddiy tasvirlar ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish. Milliy hunarmandchilik buyumlari bilan tanishtirish.
IV sinf: Turli tekis va hajmli shakllarning o`zaro mutanosibligi qoidalari bilan tanishtirish. Turli mavzularda kompozitsiya tuzish. Shu buyumlarga mos bezak elementlaridan foydalanish haqida dastlabki tushuncha hosil qilish. Turli shakllarni soni va o`zaro joylashuviga bog`liq mutanosiblik qoidalari. Turli materiallardan o`yinchoqlar loyihalash.


  1. Download 216.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling