Texnik konstruksiyalsh va
O`zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi
Download 216.03 Kb.
|
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish.
O`zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi. O`zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risida»gi Qonunga muvofiq sanoat mulki ob’yektlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Patent idorasi sanoat mulk ob’yektlarga talabnomalarini ko`rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo`yicha davlat ilmiy texnik ekspertizasini o`tkazadi, ularni davlat ro`yxatiga oladi, ushbu Qonunning qo`llanishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to`g`risidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi. Patent idorasining faoliyatini mablag` bilan ta’minlashning manbai Davlat byudjeti mablag`idan patent bojlaridan, shuningdek, Patent idorasi tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haqdan iboratdir. Sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish. Sanoat mulki ob’yektiga bo`lgan huquq muallifga (mualliflar) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislarga) tegishli bo`ladi hamda ixtiro yoki sanoat namunasi patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi (patent, dastlabki patent, guvohnoma deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi. Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki ob’yektini yaratgan bo`lsa, patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga bo`lgan huquq Patent idorasiga birinchi bo`lib talabnoma topshirgan shaxsga beriladi. Ob’yekt muallifi, basharti o`zining ob’yektiga nisbatan g`ayrihuquqiy ravishdagi o`zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan, yoxud patent, dastlabki patent yoki guvohnoma olingan bo`lsa sud tartibida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berilishiga norozilik bildirish yoki patent egasi yohud uning huquqiy egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma o`ziga berilishini talab qilish huquqiga egadir. Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza o`tkazilganidan keyin, patent esa, ob’yekt mohiyatan ekspertizadan o`tkazilgandan so`ng beriladi. Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, patentining haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o`ziga xosligini, patentining haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patentning huquqiy muhofazasi butunlay yoki qisman haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi. Dastlabki patent va guvohnoma patent egasining sanoat mulki ob’yektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patent egasining mutlaq huquqi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi. Ustuvorlik (prioritet) sanasidan boshlab «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risida» qonun qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti esa o`n yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent va guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi. Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal qilish muddati patent egasining iltimosiga ko`ra, Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin. Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yekti patenti dastlabki patent egasining iltimosnomasiga ko`ra, ob’yekt mohiyatan ekspertizadan o`tkazilgadan so`ng berilishi mumkin. Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyum (maket, rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki ularning kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonunlar bilan tartibga solib boriladi. Patent davlat nomidan sanoat mulki ob’yektiga beriladigan va muayyan hududda, muayyan vaqt oralig`ida amal qiladigan muhofaza hujjatidir. Patent, o`z mohiyatiga ko`ra, ob’yektlarga mutlaq egalik huquqini beradigan hujjat bo`lganligi sababli muayyan davlatda bunday mutlaq huquqlarni berish masalasi shu davlatning alohida vakolati hisoblanadi. Ma’lumki, bir davlatning patenti ikkinchi davlatning hududida amal qila olmaydi. Tarixdan ma’lumki, patent huquqi instituti intellektual mulkning birinchi instituti bo`ldi. Lekin bugungi kunda ham boshqa muhofaza hujjatlari bilan bir qatorda patentning muhimligini hisobga olib, sanoat mulkini norasmiy tarzda patent huquqi deb ataydilar. Sanoat mulki huquqlarini muhofazalash uchun, xususan, sanoat ob’yektiga muhofaza hujjati - patent, guvohnoma va boshqalarni olish uchun, eng avvalo, muhofaza hujjati berilishi uchun tegishli talabnomani to`g`ri rasmiylashtirish va uni patent berilishi so`ralayotgan ob’yektning belgilangan mezonlarga muvofiqligini ekspertizadan o`tkazadigan (patentga layoqatliligini tekshiradigan) va ekspertiza natijalari bo`yicha ob’yektni rasmiy ro`yxatga oladigan, ob’yektning patentga layoqatliligini e’lon qiladigan va unga patent beradigan vakolatli davlat organiga topshirish zarur. Tabiiyki, bunday ekspertizadan o`tmagan (patentga layoqatsiz) ob’yektlarga muhofaza hujjati berishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilinadi. Sanoat mulki huquqlari bo`yicha bunday davlat organlari intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish qabul qilingan barcha mamlakatlarda mavjud bo`lib, patent idoralari deb ataladi. Patent idoralari ixtisoslashgan davlat tashkiloti bo`lib, sanoat mulki ob’yektlariga talabnomalarni qabul qiladi, ularni ekspertizadan o`tkazadi, davlat ro`yxatlga oladi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy materiallarni nashr etadi, shuningdek, intellektual mulk huquqlarini muhofazalash sohasidagi boshqa vazifalarni bajaradi. Yuqorida qayd etib o`tilganidek, sanoat mulki huquqlarini muhofazalash ob’yekt yaratilgandan so`ng emas, balki unga muhofaza hujjati olingandan so`ng kuchga kiradi. Odatda, bunday hujjatning amal qilish muddati muayyan sanadan sanoat mulki ob’yektining ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanadi. Har bir patent uning egasi yoki unga xususiy egalik qiluvchi muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsga beriladi. Patent egasi - patentning xususiy egasi va ushbu patentdan kelib chiqadigan mutlaq huquqlarning egasidir. Patent o`z egasiga sanoat mulki ob’yektlariga quyidagi alohida huquqlarni ob’yektga egalik qilish, boshqarish va foydalanish bo`yicha mutlaq huquqni beradi. Alohida huquqlar muhofazalangan ixtiro, sanoat namunasi va hokazolardan hech kim ruxsatsiz foydalana olmasligini (tayyorlash, sotish va hokazo) bildiradi. Shuni tushunib olish zarurki, patent turli ifoda shakllariga ega bo`lgan texnik mohiyatni muhofaza qiladi, sanoat mulki ob’yektiga alohida huquqlar esa patent egasining muayyan tovar, buyumga egalik huquqi bor-yo`qligidan qat’i nazar amal qiladi. Ko`rinib turibdiki, patent o`z egasiga juda muhim huquqlarni beradi, shuning uchun patentning amal qilish muddatini vaqt bo`yicha cheklash mantiqan to`g`ri bo`lib, aks holda bu mutlaq huquqlar yoki monopoliya raqobat cheklanganligi sababli jamiyatning yanada rivojlanishida to`siqqa aylanishi mumkin. Masalan, ixtiroga beriladigan patentning amal qilish muddati chegaralangan bo`lib, o`rtacha 20 yilni (boshqa mamlakatlarda turlicha) tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, boshqa shaxsning intellektual mulk ob’yekti bo`lgan ob’yektdan foydalanishni istagan har qanday boshqa shaxs faqat bitta qonuniy imkoniyatga ega, ya’ni buning uchun ushbu ob’yekt egasining roziligi (ruxsati)ni olishi zarur. Bunda foydalaniladigan ob’yekt, foydalanish muddati va to`lovlarni aniq belgilab olish uchun foydalanishga berilgan ruxsatnoma - litsenziya bitimi yoki litsenziya rasmiylashtirilishi zarur. Litsenziya bu patent egasining boshqa shaxslar bilan alohida huquqlarining bir qismini sotish (berish) bo`yicha tuzgan huquqiy bitimi (shartnomasi)dir. Tegishlicha amaliyotda kelishuvchi tomonlarni belgilash uchun quyidagi umumqabul qilingan atamalardan foydalaniladi: Download 216.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling