Texnik mexanika fanidan testlar to’plami Tuzuvchi: dots. A. A. Zaparov


Fan bobi – 2, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 2


Download 293.03 Kb.
bet2/13
Sana29.08.2020
Hajmi293.03 Kb.
#128087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Texnik mexanika

17 Fan bobi – 2, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 2;

Qanday harakat garmonik harakat deyiladi ?

nuqtaning sinus yoki kosinus qonuni bo`yicha xarakati

nuqtaning egri chiziqli harakati

nuqtaning to`g’ri chiziqli harakati

nuqtaning aylana bo`ylab harakati

18 Fan bobi – 2, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 2;

Tebranish amplitudasi deb nimaga aytiladi ?

nuqtaning muvozanat vaziyatidan eng chetga chiqish masofasiga

bir marta to`la tebranish uchun ketgan vaqtga

nuqtaning to`liq tebranishiga

vaqt birligi ichidagi tebranishlar soniga

19 Fan bobi – 2, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 2;

Tebranish davri deb nimaga aytiladi?

bir marta to`la tebranish uchun ketgan vaqtga

nuqtaning to`liq tebranish masofasiga

nuqtaning muvozanat vaziyatidan eng chetga chiqish masofasiga

vaqt birligi ichidagi tebranishlar soniga

20 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 2;

Statitika bo`limi nimani o’rganadi ?

moddiy jismlarning muvozanati ularga qo’yilgan kuchlarni qo’shish, ayirish va kuchlarni ta'sir jixatidan teng bo’lgan ekvivalent kuchlar sistemasi bilan almashtirish masalalarini

kuchlar ta'sirida qattiq jism xarakatini o’rganadi

kuchlarni almashtirish masalalarini o’rganadi

kuchlar ta'sirida jism deformatsiyasini o’rganadi

21 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 2;

Kuchning jismga ta'siri nimalarga bog’liq ?

Kuch qo’yilgan nuqta, kuchning yo’nalishi va miqdoriga

Uning kattaligiga

Kuch yo’nalishiga

Kuchning miqdoriga

22 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 2;

Qanday jism erkin jism deyiladi ?

Jism fazoda ixtiyoriy yo’nalishda xarakatlana olsa

Jism tekislikda ixtiyoriy tomonga xarakatlana olsa

Jism to’g’ri chiziq bo’ylab ixtiyoriy to monga xarakatlansa

Jism koordinata o’qlari bo’ylab xarakatlana olsa

23 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 2;

Berilgan kuchlarning geometrik yig`indisiga teng bo’lgan kuchga … deyiladi

kuchlar sistemasining bosh vektori

kuchlar sistemasining bosh momenti

kuchlar sistemasining inertsiya momenti

kuchlar sistemasining reyaktsiya momenti

24 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 3;

Bosh vektor moduli qaysi formula yordamida topiladi?









25 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 2;

Bir nuqtada kesuvchi kuchlar sistemasi deb…

ta'sir chiziqlar bir nuqtada kesishadigan kuchlar sistemasiga aytiladi

ta'sir chiziqlari kesishadigan kuchlar sistemasiga aytiladi

ta'sir chiziqlari parallel bo’lmagan kuchlar sistemasiga aytiladi

ta’sir chiziqlari parallel bo’lgan kuchlar sistemasi ga aytiladi

26 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 3;

Bir tekislikda yotuvchi va o’zaro parallel bo’lmagan uch kuch muvozanatlashsa.. .

ularning ta'sir nuqtalari bir nuqtada kesishadi

ularning ta'sir chiziqlari ikki nuqtada kesishadi

ularning ta'sir chiziqlari kesishmaydi

ularning ta'sir chiziqlari uchta nuqtada kesishmaydi

27 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 3;

Ta'rifni to’ldiring: Miqdorlari teng, ... ikki kuch juft kuch deyiladi

ta'sir chiziqlari bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan, parallel va qarama-qarshi yo’nalgan…

parallel va qarama-qarshi yo’nalgan ...

qarama-qarshi yo’nalgan ...

ta'sir chiziqlari bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan ...

28 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 3;

Teoremani to’ldiring: Agar juft kuchni ... juft kuch bilan almashtirilsa, juft kuchning jismga ta'siri o’zgarmaydi

Shu juft kuch tekisligida yotuvchi va momenti berilgan juft kuchning momentiga teng bo’lgan ...

momenti juft kuch momentiga teng bo’lgan....

juft kuch tekisligida yotuvchi ...

shu juft kuch tekisligida yotmaydigan ....

29 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 3;

Teoremani to’ldiring: Juft kuch momenti ... ixtiyoriy nuqtaga nisbatan momentlarining algebraik yig’indisiga teng

uni tashkil etuvchi kuchlarning shu juft kuch yotgan tekislikdagi ...

uni tashkil etuvchi kuchlarning shu juft kuch yotgan tekislikka perpendikulyar bo’lgan tekislikdagi ...

uni tashkil etuvchi kuchlarning ....

uni tashkil etuvchi kuchlar ning shu juft kuch yotmagan tekislikdagi ...

30 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 3;

Quyidagi tasdiqlardan qaysi biri to’g’ri ?

Juft kuchni o’zining ta'sir tekisligiga parallel tekisllika ko’chirilsa, uning jismga ta'siri o’zgaradi

Juft kuch momenti o’zgartirmay juft kuchni o’z ta'sir tekisligida ixtiyoriy xolatga keltirish mumkin

Juft kuch momentini o’zgartirmay uning tashkil etuvchilari va yelkasi o’zgartirilsa, juft kuchning jismga ta'siri o’zgarmaydi

Bir tekislikda yoki parallel tekisliklarda yotuvchi, momentlari teng bo’lgan ikki juft kuch o’zaro ekvivalent bo’ladi

31 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 2;

Teoremani to’ldiring: Ikki kesishuvchi tekisliklarda joylashgan ikkita juft kuchlar …geometrik yig’indisiga teng

yolg’iz juft kuchga ekvivalent bo’lib, uning momenti berilgan juft kuchlar momentlarining ...

momenti berilgan juft kuchlarning ...

bu kuchlar ...

bu kuchlar momenti juftlarning qarama-qarshi ishora bilan olingan...

32 Fan bobi – 1, Fan bo’limi – 1, Qiyinlik darajasi – 3;

Juft kuchlar sistemasi movozanatining analitik ifodasini ko’rsating










Download 293.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling