Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


Jadvallar bilan tanishuv. Jadvallar hosil qilish


Download 272.5 Kb.
bet2/5
Sana08.05.2020
Hajmi272.5 Kb.
#104252
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamayusupova mustaqil ish

Jadvallar bilan tanishuv. Jadvallar hosil qilish


Jadval-tablitsa hosil qilish uchun avvalo “Baza dannix” oynasidagi “Taблицы” nomli boshqaruv elementini tanlashimiz kerak. So’ngra, bu elementni tanlash tufayli faollashgan paneldan mavjud uchta boshqaruv elementidan birini, ya’ni “Создание таблицы в режиме конструктора”, “Создание таблицы с помощью мастера” va “Создание таблицы путем ввода данных” deb nomlangan belgichalardan birini tanlaymiz (2-rasm).

rasm 2.


Bu belgichalarning birinchisiga mos keluvchi oyna bilan –“jadvallar konstruktori” oynasi bilan yaqindan tanishamiz. Mazkur oyna o’zi bilan jadval tuzilmasini yaratish va tahrir qilish uchun mo’ljallangan muayyan qolipdagi vositani ifoda etadi. Uning ikkita gorizontal bo’lagi bo’lib, yuqori bo’lagida “имя поля”, “тип данных”, “oписание” nomli uchta ustun va ularga ko’ndalang pastki bo’lakda alohida tanlangan, ya’ni chap tomondan qora uchburchak marker, o’ng tomondan esa o’chib-yonib turuvchi kursor joylashgan satrda nomi keltirilgan maydonning xossalari ro’yxati aks ettiriladi.

Har bir maydon uchun belgilanajak “maydon turi” maydon nomi yozilgan joyga qo’shni katakchadagi atayin yashiringan boshqaruv elementi orqali yoyiluvchi ro’yhatdan tanlanadi. Aytish joizki, Microsoft Accessda bunday yashiringan boshqaruv elementlari ko’p bo’lib, ular ma’lumotlar kiritilishi boshlangunga qadar ko’rinmay turaveradi.

Maydon uchun ayrim xossalarni tayyorlash majburiy emas. Ba’zi xossalar esa avvaldan o’rnatilgan bo’ladi. Ularni ehtiyojga ko’ra o’zgartirish mumkin.

Jadval tuzayotganda uning tayanch maydonini belgilab olish maqsadga muvofiq. Bu keyinchalik jadvallararo aloqani tashkil etishda asqotadi. Tayanch maydonini belgilash uchun sichqoncha kursori maydon nomi ustida turgan holda sichqonchaning o’ng tugmasini bosish hamda paydo bo’lgan kontekstli menyudan Ключевое поле bandini tanlash kifoya. Tayanch maydonini jadval tuzayotgan paytda tayinlash, umuman olganda, shart emas.

Jadvalda birorta ham maydon ma’lumotlarning takrorlanmasligi xususiyatiga ega bo’lmasa va, ayni paytda, mazkur jadval MBning boshqa jadvallari bilan bog’lanishi kerak bo’lib qolsa, u holda tayanch maydon o’rniga boshlang’ich tayanch sifatida ikki va undan ortiq maydon tanlanishi mumkin. Bu amal ham, xuddi avvalgidek, kontekstli menyu orqali bajariladi. Bunda bir necha maydonni tanlash Shift klavishini bosib turgan holda tanlanilayotgan maydon nomlaridan chapda joylashgan kvadrat markerlarni sichqoncha ko’rsatkichi va chap tugmasi yordamida bir marotabadan belgilab chiqish orqali amalga oshiradi.

Har safar jadval tuzilmasi ustidagi ishlarni yakunlab, Konstruktor oynasini yopmoqchi bo’lganimizda MBBT jadvalini saqlab qo’yish xususidagi so’roqni ekranga chiqaradi. MB jadvali shu tarzda birinchi bor saqlanayotgan bo’lsa, dastlabki so’roq oynasida tasdiqlovchi tugma bosilgach, tarkibida “Имя таблицы” nomli maydonchaga ega bo’lgan “Сохранение” sarlavhali yana bir so’roq oynasi paydo bo’ladi. Undagi maydonchaga jadvalga berilajak nom kiritiladi, keyin Enter klavishi bosiladi.



rasm 3.


Hosil bo’lgan jadval odatdagi usulda, ya’ni uning belgichasi ustiga sichqoncha kursorini olib kelib, shu holatda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket ikki marotaba deyarli uzluksiz tarzda bosilishi bilanoq ochiladi. Tuzilgan jadvallarning belgichalari (piktogrammalari) “База данных” oynasining “Taблицы” nomli elementiga mos panellarga ko’chirishning iloji yo’q (masalan, “Формы” nomli boshqaruv elementiga mos panelga). Яngi hosil bo’lgan jadval qaydlarga ega bo’lmaydi. Dastavval unda faqat jadval tuzilmasini tavsiflovchi ustunlarning nomlarigina bo’ladi. Jadvalni ma’lumotlar bilan to’ldirish odatdagi tartibda amalga oshiriladi. Bundan matn kursori kerakli katakchaga sichqoncha kursori orqali yoki kursorni boshqarish klavishlari orqali o’rnatiladi. Navbatdagi qaydni jadvalga kiritish undan avval turgan qaydning eng oxiriga katakchasi to’ldirilgandan so’ng bajariladi. Bunda, albatta MB jadvali maydoniga “объязательное поле” xossasi yuklatilgan bo’lishi kerak.

“O’tish tugmalari paneli”dagi boshqaruv elementlari ko’p sonli qaydlardan iborat jadvallar bo’ylab xarakterlanishda qo’l keladi. Mazkur panel jadval quyi qismining chaprog’ida joylashgan.

Jadval qaydlar bilan to’ldirila boshlanganda kuzatish mumkinki, kiritilayotgan ma’lumotlar katakchalarga har doim ham “sig’avermaydi”. Bunday holda mazkur katakchani o’z ichiga olgan ustun sichqoncha yordamida yoki avtoformatlash vositasida kengaytirilishi mumkin. Bunda sichqoncha kursori ustun chegarasiga olib kelinganda shakli o’zgargach ikki xil yul tutilishi mumkin: birinchisi, shu turgan holda sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va u qo’yib yuborilmasdan o’ng yoki chapga sichqonchani harakatlantirish bilan ustun kengligi shu harakatga mos ravishda o’zgartiriladi; ikkinchisi, sichqoncha kursorining ustun chegarasi ustida shakli o’zgarishi bilanoq “ikki marotaba chiqillatish “ qo’llaniladi. Oxirgi aytganimiz Windowsga xos usul bo’lib, u ko’pgina dasturlarda birday amal qiladi. MB jadvalining o’ziga xosliklaridan biri, bu unga kiritilayotgan ma’lumotlarning avtomatik tarzda saqlanib qolishi xususiyatidir. Shunga qaramay, mabodo jadval maketi o’zgartirilgan bo’lsa, MBBT maskur o’zgartirishni saqlash borasida Sizning tasdig’ingizni kutadi. Agarda jadval tarkibidagi maydonlar sonini, ularning xossalarini, bir so’z bilan aytganda, jadval tuzilmasini o’zgartirish lozim bo’lib qolsa, unda bu jadvalni Konstruktor rejimida ochmoq kerak. Buning uchun “База данных” oynasining “Taблицы” elementiga mos “ro’yxat”dan mazkur jadvalning belgichasi (piktogrammasi) tanlangan holda Konструктор tugmasi “bosiladi”. Konструктор yordamida jadval yaratish tezlashadi. Jadvalning samaradorligi MBni loyihalash bosqichida jadval tuzilmasining qay darajada ishlanganligiga bog’liq, albatta. Agar oldindan tayyorgarlik yaxshi yulga qo’yilgan bo’lsa, ya’ni loyiha puxta o’ylangan bo’lsa, Konструктор loyihaning miqyosi, kattaligidan qat’iy nazar sanoqli daqiqalarda MB uchun etarli hamda qulay bo’lgan jadval tuzilmasi va maketini yarata oladi.

Jadvallararo bog’lanishlarni tuzish.

MB jadvallari orasida relyatsion munosabatlarni o’rnatish MB tuzilmasi ishlanayotganda ko’zda tutulishi kerak. Jadvallararo bog’lanishni tuzish uchun zarur bo’lgan barcha ishlar “Sxema dannix” nomli maxsus oynada sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. Bu oyna Сервис-Схема данных buyrug’i bilan ochiladi yoki vositalar ponelida joylashgan ko’rinishdagi tugmachani bosish bilan faollashadi. Xosil bulgan jadvallararo boglanish Схема данных oynasida turli jadvallarning ikki maydonini boglab turuvchi yunalishli chizik kurinishida aks etadi. Bu boglanishda uzining tayanch maydoni bilan ishtirok etayotgan jadval etakchi xisoblanadi. Bunda tayanch maydon nomi kuzga tashlanib turadi. Ikkinchi jadval ergashuvchi jadval xisoblanadi. MBning mutasaddisi ma’lumotlar butunligini himoyalashga oid ikki yuldan birini tanlashi mumkin: biri – etakchi jadvalning tayanch maydonlaridagi ma’lumotlarni o’chirib yuborilishi holatlariga to’siq qo’yish; ikkinchisi - bog’langan jadvallarda bunday holatlarga muvofiq keluvchi tartibni o’rnatib, o’chirish amallariga ruxsat berish. Odatda, MB etarlicha katta va o’zaro bog’langan jadvallari ko’p bo’lsa, bu kabi o’chirish ishlarini “qo’lda“ bajarish anchagina qiyinchilik tug’diradi. Shu boisdan ham jadvallararo bog’lanish kabi avtomatlash vositalari kerak bo’ladi.



Download 272.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling