Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


Download 272.5 Kb.
bet3/5
Sana08.05.2020
Hajmi272.5 Kb.
#104252
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamayusupova mustaqil ish

Demak, jadvallar o’rtasidagi avtomatik bog’lanish tufayli: etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarni, mazkur maydonga boshqa bir jadvalning qandaydir maydonlari Схема данных buyrug’i orqali bog’langan taqdirda, o’zgartirish yoki o’chirib tashlash imkoniyati bartaraf etiladi; aks holda, etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarni o’chirib yuborishda yoki o’zgartirishda mazkur jadvalga ergashuvchi jadvallarning boshlang’ich tayanchga maydonlaridagi tegishli ma’lumotlarning ham o’chirib yuborilishi muvofiq holda mutlaqo aynan o’zgartirishli avtomatik tarzda ro’y beradi.

Bog’lanish xossalarini sozlash uchun “Схема данных “ oynasida jadvallardagi maydonlarni bog’lovchi chiziqni sichqoncha kursori orqali tanlash va shu turgan holatda sichqonchaning o’ng tugmasini bosish bilan bog’lanishning kontekstli menyusini ochish hamda undan “Изменить связь” nomli bandni tanlash kerak bo’ladi. Shunday qilinsa, ekranda “Изменение связей“ sarlovhali muloqot oynasi paydo bo’ladi. Mazkur oynada bog’langan jadvallarning nomlari hamda bog’lanishda ishtirok etayotgan maydonlarning nomlari aks etadi, shuningdek ma’lumotlar butunligini ta’minlovchi boshqaruv elemenlari keltiriladi. Bog’lanishlarni o’zgartirishni ham shu oyna orqali amalga oshirish mumkin. Bu oynada faqat “Oбеспечениецелостности данных“ kvadratchasi belgilangan bo’lsa, unda etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlar o’chirib yuborishdan saqlangan bo’ladi. Oynada mavjud uchta kvadratchaning hammasi faollashtirilsa, mos ravishda etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritishga va ma’lumotlarni o’chirib yuborishga ruxsat berilgan bo’ladi, shuningdek, bu o’zgartirish va o’chirib yuborishlar ergashuvchi jadvallarda aynan aksini topadi.

Xulosa qilib aytganda, MBning jadvallari o’rtasida relyatsion bog’lanishlarni hosil qilishning ma’nosi ma’lumotlar muhofazasini ta’minlashdan va o’zaro bog’langan jadvallarning biriga o’zgartirish kiritish orqali boshqa barchasida birvarakayiga o’zgartirishlar kiritishga erishishdan iboratdir.

So’rovlar bilan tanishuv

Mana MB jadvallari bilan tanishib chiqdik. Ular MBning eng qimmatli ob’ekti sanaladi. Odatda MB tuzilmasi yaxshi o’ylangan va puxta ishlangan bo’lsa, foydalanuvchilarning MB jadvallariga murojaat qilishlari, to’g’rirog’i, jadvallarni ochishlariga ehtiyoj qolmaydi. MBni istifoda etuvchilar bazida jadvallar borligini unutsalar ham bo’ladi. Ular baza ma’lumotlaridan foydalanishlari uchun “so’rovlar-Запросы” deb nomlanuvchi maxsus ob’ekt mavjud. MBni ishlab beruvchi mutaxassis foydalanuvchilarning barcha so’rovlarini oldindan ko’ra bilgan holda bu ob’ektni avvaldan tayyorlaydi. Tayyor bo’lgan “запрос”, “База данных” oynasining “Запросы” panelidagi ro’yhatdan topilib, uning belgichasini tanlagan holda Enter klavishasini bosib ochiladi. Bunda ekranda natijaviy jadval paydo bo’ladi, undan foydalanuvchi o’zi qiziqqan ma’lumotni topishi mumkun.


Umuman olganda natijaviy jadval MB asosiy jadvallarining hech biriga mos kelmasligi tabiiy. Chunki, natijaviy jadvalning maydonlari turli asosiy jadvallarning maydonlaridan, ulardagi qaydlar esa foydalanuvchining talabi-so’rovlari tufayli filtrlangan va saralangan qaydlardan iborat bo’lishi mumkun. Bordiyu, foydalanuvchi natijaviy jadvaldan o’ziga kerakli ma’lumotlarni topa olmasa, u holda yangi so’rov tayyorlash zarurati paydo bo’ladi, bu ish MBning ishlanishini ta’minlab turuvchi mutahassis zimmasidagi vazifa hisoblanadi.

rasm 3.


So’rovlarni dastavval Koнструктор yordamida tayyorlash maqsadga muvofiq. Bu o’rganish uchun ham qulay usul. “База данных” oynasida “Запросы” nomli boshqaruv elementi va unga mos ravishda maxsus panel bor. Mazkur paneldagi ro’yhat “Создание запроса в режиме конструктора” nomli yozuv va unga mos belgicha bilan boshlanadi. Bu belgicha (piktogramma) “Запрос 1: zapros na viberku” sarlavhali oynada maxsus blankni ekranga chiqaradi. Mazkur blankni odatda, namuna bo’yicha so’rov blanki deb ham atashadi. U ikki sohaga ajratilgan: yuqori sohada so’rov yunaltirilgan jadvalning tuzilmasi aks etadi; quyi soha esa ustunlarga bo’lingan bo’lib, har bir ustunda tuzilajak natijaviy jadvalning ma’lum bir maydon nomi, u maydon qaysi jadvaldan olinganligi, undagi ma’lumotlarni saralash, ekranga chiqarish belgisi, tanlash sharti, shuningdek, “yoki” so’zi bilan boshlanuvchi satrda boshqa amallar aks ettiriladi.

Na’muna bo’yicha so’rovni shakllantirish quyidagicha amalga oshiriladi. Blankning yuqori qismida kontekstli menyu orqali so’rov murojaat etayotgan jadvallarning sarlavhasi va maydonlarning nomlari keltirilgan oynalar ochiladi. So’ng natijaviy jadval tarkibiga kirishi lozim bo’lgan maydonlarning nomlari ustida sichqoncha kursori turgan holda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket deyarli uzluksiz ikki marotaba bosiladi. Bunda blankning quyi qismidagi ustunlar avtomatik ravishda MBBT tomonidan to’ldirib boriladi. Shu tarzda “so’rov tuzilmasi” shakllantirilgach, uning oynasini yopish oldidan so’rovga nom beradi. Keyinchalik mazkur “so’rov” ni ishga tushirish. “Jadval” larda o’rganganimizdek tarzda, odatdagidek amalga oshiriladi.

Ko’rib chiqqanimizdek tartibdagi amallar natijasida eng sodda va ayni paytda eng ko’p qo’llaniladigan “so’rov”lar tuziladi,ularni “tanlanma bo’yicha so’rovlar” deb atashadi chunki, bu turdagi “so’rovlar” o’zlarining asosidagi jadvallarning maydonlardan ma’lumotlarni tanlab olish imkoniyatni beradi.


Download 272.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling