Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
Natijaviy jadvaldagi qaydlarni tartiblash
Download 272.5 Kb.
|
Mamayusupova mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanlash shartidan foydalanish
- Shakllar bilan tanishuv
- Shakl tuzilmasi
- Shakl bezagi
Natijaviy jadvaldagi qaydlarni tartiblashTanlanma asosidagiso’rovlarni qo’llash natijasida tanlab olingan ma’lumotlarni tartibga solish zarurati tug’ilsa, “sortirovka”- saralash buyrug’idan foydalaniladi. Yuqorida aytganimizdek, blankning quyi qismida sortirovka nomli maxsus satr bor. Bu satr tanlanishi bilanoq mos katakchaning o’ng tomonida yoyiluvchi ro’yhat tugmasi paydo bo’ladi. Bu yoyiluvchi ro’yhatda saralash usullarining - o’sish tartibida yoki kamayish tartibida saralash usullarining nomlari keltirilgan. Natijaviy jadvalda ma’lumotlarning saralanishi saralash tartibi qaysi maydon uchun o’rnatilgan bo’lsa, o’sha maydon bo’yicha amalga oshiriladi. MBlarda ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida bir nechta maydon bo’yicha saralash imkoniyati mavjud. Bu holda saralash na’muna bo’yicha so’rov blankining ustunlarida joylashgan maydonlar bo’ylab chapdan o’ngga qarab bajarib boriladi. Binobarin, so’rovni shakllantirayotganda natijaviy jadval maydonlarini duch kelganday emas, balki kelgusida ma’lumotlarni bosqichma-bosqich saralashga to’g’ri kelib qolishini nazarda tutib joylashtirish kerak ekan. Urin almashtirishning umumtizimiga oid usullari bilan na’muna bo’yicha so’rov blankidagi ustunlarning joylashish tartibini o’zgartirish mumkin. Bunda sichqoncha yordamida “перетаскивание” amalini qo’llash kerak bo’ladi.
Natijaviy jadvalda ma’lumotlar aks ettirilishini boshqarish oldindan o’rnatilgan tartibda (ya’ni по умолчанию) nazarda tutiladiki, «so’rov»ga kiritilgan barcha maydonlar ekranda aks ettiriladi. Biroq bu har doim ham maqsadga muvofiq emas. Ma’lumotlarning natijaviy jadvalda aks etishini boshqarish na’muna bo’yicha so’rov blankining “vivod na ekran” nomli satridagi kvadratchalar orqali amalga oshiriladi. Aytaylik, shunday hollar bo’ladiki, biror bir maydon kerakli ma’lumotlarni saralash uchun qulay bo’lgani boisidan so’rovga qo’shilishi va ayni choqda, “begona ko’z”lardan holi bo’lish talab qilinadi. Bunday maydonni ekranda aks ettirmaslik uchun “vivod na ekran” satrining mazkur maydonga mos kvadratchasidagi belgi olib tashlanadi. Misol tariqasida fanlarni qoniqarli o’zlashtira olmagan talabalar ro’yhatini e’lon qilishga mo’ljallangan “so’rov”ni keltirishimiz mumkin. Bu so’rov talabalarning o’zlashtirilishini yoritadigan jadvallarga asoslanadi. So’rov faqatgina ro’yhatni aks ettirsada, mazkur ro’yxat aslida “ekran ortidagi” o’zlashtirish natijalari maydonlariga tayanadi.Tanlash shartidan foydalanishEndi e’tiboriingizni na’muna bo’yicha so’rov blankidagi “uslovie otbora” –“tanlab olish sharti” satriga qaratamiz. Bu satrning so’rovda ishtirok etayotgan xar bir maydonga mos katakchasida maydonning o’zigagina tegishli alohida shart berish mumkin. Demak, “условие отбора” satri berilgan mezonlarda ma’lumotlarni tanlab olish imkonini beruvchi vositadir. So’rovlar asosidagi so’rovlar. Biz yuqoridagi ko’rib chiqqanimiz tanlanmaga ko’ra so’rovlar, qaytaramiz, so’rovlarning eng sodda va keng qo’llanuvchi turidir. Mazkur sodda so’rovlar asosida bajariluvchi so’rovlar ham mavjud. Ular quyidagilardir: Яkuniy so’rovlar - bular ko’rsatilgan maydon bo’yicha arifmetik hisob–kitoblarni amalga oshira oladilar va hisob- kitoblarning yakuniy natijalarini namoyish etadilar; Ko’rsatkichli so’rovlar - bu turdagi so’rovlarning e’tiborli joyi shundaki, tanlab olish mezonini foydalanuvchinnig o’zi mazkur so’rov chiqarilgan paytda kerakli ko’rsatkichni kiritish bilan berish mumkin; Kesishuvchi so’rovlar - bular jadvallar turkumini tahlil qilish tufayli olingan hisob natijalari asosida natijaviy jadvallar hosil qiladilar; O’zgartirish uchun so’rovlar - bular jadvallar maydonlarini to’ldirishning avtomatlashtirilishini ta’minlaydi. Yuqoridagi so’rovlardan tashqari MB serveriga murojaat etuvchi mahsus so’rovlardan ham foydalaniladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, MB jadvallariga so’rovlar aslida maxsus dasturlash tili–SQL da yaratiladi. Microsoft Access MBBT ning oddiy foydalanuvchilariga taqdim etayotgan uslub va vositalari SQL ga murojaat etish holatlariga deyarli o’rin qoldirmaydi. Shakllar bilan tanishuv“Shakllar-Формы” foydalanuvchilarga MB jadvallariga kirib yurmasdan ularga ma’lumotlar kiritish imkonini beradi. Qolaversa, shakllar so’rovlar ishining natijalarini yozuvlari zich joylashgan natijaviy jadval ko’rinishida emas, balki chiroyli bezalgan ko’rinishda namoyish qiladi. Aytilganlarga ko’ra, shakl tuzilmasini formatlashning jadval asosidagi va so’rov asosidagi turlari mavjud bo’lib, ularning ikkisini muvofiqlashtirilgan holda ham ishlatish mumkin. MB shakllari, odatda, avtomatlashtirish vositalari yordamida tayyorlanadi. Ulardan biri avtoshakl deb nomlangan vositadir. Avtoshaklning uch turi ya’ni “ustunlardagi“ avtoshakl, lentali avtoshakl hamda jadvalli avtoshakl deb ataluvchi turlari qo’llaniladi. rasm 4
Ko’rinib turganidek, “ustunlardagi” avtoshakl bitta qaydning barcha maydonlarini o’zida aks ettiradi. Avtoshaklning bu turi ma’lumotlarni kiritish va taxrirlash uchun juda qulaydir. Avtoshaklning “lentali” turi esa birdaniga bir necha yozuvlarni aks ettirishga mo’ljallangan bo’lib, undan natijaviy ma’lumotlarni ko’rgazmali ifodalash uchun foydalaniladi. Rasmdagi jadvalli aftoshaklning izohi o’zi bilandir. Avtoshaklni yaratish uchun “База данных“ oynasidagi “Формы“ panelini ochish kerak va “Создать“ tugmasini bosish kerak. Ekranda paydo bo’lgan “Новая форма“ nomli muloqot oynasida avtoshakl turi va u asoslanayotgan jadval yoki so’rov tanlanadi. OK tugmasi bosilgan zahoti avtoshakl avtomatik tarzda shakllanadi va ma’lumotlarni kiritishga yoki aks ettirishga tayyor turadi. Ta’kidlash joizki, avtoshakl faqat bitta ob’ektga asoslanadi. Shakl yaratishning boshqa vositalari shakl tuzilmasi asosiga bir nechta jadvallarning maydonlarini va so’rovlarini qo’yish imkonini beradi. Demak, shakllarni sodda va murakkab turlarga bo’lish mumkin. Bir nechta o’zaro bog’langan jadvallardagi maydonlarga asoslanuvchi, shuningdek, shakllarning birlashmasini o’zida ifoda etuvchi shakllarga murakkab shakl deya olamiz. U holda avtoshakllarning har qanday ko’rinishi sodda shaklga misol bo’ladi. Avtomatlashtirilgan vositalar qatorida MB ni ishlab chiquvchi bilan muloqat tartibida shakl tuzilmasini yaratuvchi “Мастер форм“ nomli maxsus dasturiy vosita ham mavjud. “База данных“ oynasidagi “Формы” panelida joylashgan “Создание формы с помощью мастера“ nomli tugmani bosish bilan ishga tushiriladi. Shakllar ustasi bilan muloqot jarayonida, avval, tuzilajak shakl tarkibiga kiruvchi jadvallar va maydonlar tanlab olinadi, keyin, shaklning tashqi ko’rinishi, so’ngra, shaklni bezash uslubi tanlanadi va nihoyat, shaklning biror nomi ostida saqlanishi amalga oshiriladi. To’ldirilgan shakl tuzilmasini ko’rishga kelgusida ehtiyoj paydo bo’lib qolishi hisobga olinsa, muloqotni yakunlashdan oldin, “Изменить маркет формы“ doirachasini faollashtirib qo’yish mumkin.
Elementlar panelida MB foydalaniluvchilari uchun kerakli bo’lgan asboblar joylashgan. Bu panelni ВидПанел инструментов orqali chiqariladi. Tanlangan boshqaruv elementini kerakli joyga qoyish uchun o’sha joy ya’ni shakl soxasining bosh joyi sichqoncha kursori bilan ko’rsatilgach yana bir marotabali tasdik ko’llaniladi. Bunda shakl soxasining bo’sh joyiga boshkaruv elementi bilan birga uning biriktirilgan ustyozuv o’rnatiladi. Dastavval ustyozuv standart xolatda aytaylik “boglovchi kvadratchalar” uchun “Флажок 1”, “Флажок 2” va x.k. kabi ko’rinishga ega bo’ladi. Bunda demak ustyozuv imzo o’rnida keladi. Boshqaruv elementi xossasini taxrirlash orqali boshqaruv elementiga mazmundan kelib chiqib boshqa imzo berish mumkin. Ma’lumki bunda kontekstli menyu qo’llaniladi ya’ni u orqali boshqaruv elementi xossalari oynasiga kiriladi. Shaklni bezashning asosiy elementlari matnli yozuvlar va rasmlar xisoblanadi. Shaklda matnli yozuvlarni xosil qilish uchun Надпись ва Поле nomli boshqaruv elementlari qo’llaniladi. «Надпись» sifatida ixtiyoriy matnni berish mumkin. Pole nomli boshkaruv elementi shunisi bilan fark qiladiki, unda shakl asosidagi jadval maydonlaridan birining tarkibi aks etadi. Aks etganda xam MB jadvalidagi qaydlarning mazkur boshqaruv elementiga mos maydonga tegishli ma’lumotlari shaklda birma-bir almashinib keladi. Shaklni bezashning grafik elementlarini yaratishda «Рисунок», «Свободная рамка объекта» va «Присоединенная рамка объекта» nomli boshqaruv elementlaridan foydalaniladi. Rasm grafik fayldan tanlanadi va shaklga qo’yiladi. «Свободная рамка объекта» nomli boshqaruv elementi shunisi bilan farqlanadiki, u albatta rasm bo’lishi shart emas, u boshqa ixtiyoriy OLE ob’ekti bo’lishi mumkin. Shakl bezagiShakllar ko’rkamligiga talab xam Mbning o’ziga xosliklaridan biridir. Tabiiyki, shakldagi boshqaruv elementlari bir tekisda joylashgani ma’qul. Bu Формат → выровнять, Формат→Интервал по горизонтали va Формат→ Интервал по вертикали buyruqlari orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv elementlarini o’lchamlarini va joylashishini «qo’l»da o’zgartirmokchi bo’lsak, unda boshqaruv elementi tanlanganda uning xoshiyalarida paydo bo’ladigan markerlardan foydalaniladi. Yuqori chap burchakdagi o’lchami boshqalarnikidan kattaligi bilan ajralib turgan marker aloxida maqomga ega bo’lib, bu marker bilan bajarilgan “tashib o’tish” amali boshqaruv elementiga biriktirilgan ustyozuvni undan ajratishga imkon beradi. Odatda boshqaruv elementi biror joyga ko’chirilgudek bo’lsa, ular o’zlariga biriktirilgan ustyozuvlar bilan birga ko’chadi. Shakldagi turga shakl bezagini ishlab chiqishda yordamchilik vazifasi yuklatilgan. Tur Вид→Сетка buyrugi orqali olib tashlanadi va o’rnatiladi. Turga tegishli buyruqlardan yana biri Формат→привезать к сетке buyrugi bo’lib, uning vazifasi boshqaruv elementlarini turning tugunlariga avtomatik tarzda boglab qo’yishdan iboratdir. Download 272.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling