Texnik tizimlarda axborot texnologiylari
Download 4.65 Mb.
|
atjmm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalalar
- Ta’lim beruvchi amaliy muammoli vaziyatlarni
Amaliy topshiriqlarni bajarish.
Amaliy topshiriqlarning ko’pchiligi kichik guruhlar tarkibida bajariladi va quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: yo’riqnoma berish → o’quv topshiriqni bajarish bo’yicha yo’riqnoma bilan tanishish → topshiriqni bajarish → natijalarning ommaviy taqdimoti → natijalarni umumlashtirish va baholash. Masalalar yechish bo’yicha mashq. Yakka tartibda amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: yo’riqnoma berish – masalani yechish – natijalarni tanlama taqdimoti - umumlashtirish. Muammoli masalalar va vaziyatlarni yechish. Muammoli masalalar va vaziyatlarniishlab chiqish juda katta mexnat talab qiladi. Lekin talabalar tomonidan amaliy kasbiy faoliyatdan olingan muammoli masalalarni yechish va muammoli vaziyatlarni ko’rib tahlil qilish nazariyani haqiqqiy amaliyot bilan bog’lashga imkon beradi. Bu o’qitishni faollashtirishga imkon beradi, talabalarga o’rganilayotgan materialni amaliy foydasini tushunishga yordam beradi. Ta’lim beruvchi amaliy muammoli vaziyatlarni (keyslarni) yechish. Keys (muammoli vaziyatdan farqli ravishda) talabalarni muammoni ifodalash, muammoli vaziyatni tahlil qilish va baholash, uni maqsadga muvofiq yechim variantlarini qidirishga yo’naltiruvchi tashkilotlar, insonlar guruhi yoki alohida individlarni hayotining muayyan sharoitlarini yozma ravishda taqdim etilgan bayonini o’z ichiga oladi. Keysni yechish jarayoni quyidagi bosqichlarini o’z ichiga olish muhim: → muammoni yakka tartibda tahlil qilish va yechish, → yakka tartibda topilgan yechimni birgalikda (kichik guruhlarda) tahlil qilish, o’zaro maqbul yechim variantini rasmiylashtirish, → guruh ishini taqdimoti, → muammoni yechish usul va vositalarining eng maqbul variantini jamoaviy tarzda tanlash. Fiklash jarayoni, muammoli vaziyatni yechish jarayonida paydo bo’lingan, mustaqil topilgan dalilllar orientirlarni, kasbiy boyliklarni topishga va mustaqkamlashtirishga, kelgusi kasbiy faoliyati bilan aloqani anglashga ko’maklashadi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling