Texnik tizimlarda axborot texnologiylari


Download 4.65 Mb.
bet30/167
Sana17.10.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1705369
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   167
Bog'liq
atjmm

Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan ta’sir ko'rsatadi. Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun undan boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta’sir ko'rsatadi. Ikkala qismning bir-biriga o‘zaro ta’siri axborotni
uzatish shaklida amalga oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi mavjud bo‘ladi (3.2-rasm).

Boshqaruvchi qism


Boshqariluvchi qism

3.2-rasm. Boshqarish jarayoni




Boshqarish tizimining ishlashi. Boshqarish tizimining ishlashi (3.3-rasm) axborot bazasida, oldiga qo'yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, uning kirish va chiqishlari (1,2,4-aloqalari) holati bo'yicha amalga oshiriladi (6). Obyektni boshqarish boshqaruvchi ta’simi uzatish yo'li bilan amalga oshiriladi (3). Tashqi m uhit bilan aloqa tizimi strelka bilan ko'rsatilgan (5). Boshqarishning asosiy tamoyili - teskari aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo'yicha boshqarish). Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo'naltirilgan. Shundan kelib chiqib, boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o'rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ко 'rib chiqish mumkin.

3.3-rasm. Boshqarish tizimi


Boshqarish tizim ining ishlashi tasodifiy yoki m uttasil ta’sirlar manbayi bo'lgan tashqi m uhit bilan o‘zaro ta’sir sharoitlarida ro'y beradi, ular boshqarish obyekti chiqishida ham, boshqaruv jarayoni kechishida ham kamchilik paydo bo'lishi mumkin. Boshqarish jarayonida to‘g‘ri va teskari aloqa kanallari bo‘yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi kechadi. Oldiga qo'yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi obyektga axborot uzatishning to‘g‘ri kanali bo'yicha boshqaruvchi ta’sirlar jo‘natadi. Teskari aloqa kanali bo'yicha boshqariluvchi obyektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib tushadi.
Tizimning boshqaruvchi qismi kirishida keladigan axborot ta’sir ko'rsatadi. U boshqarish obyektidan (masalan, xomashyo, materiallar keltirilganligi haqidagi ma’lumotlar) tashqaridan (7) hamda ichkaridan (1,2,4) olingan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ko'rilganlardan kelib chiqilsa, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi obyektga boshqaruvchi ta’sir ko'rinishida yetkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni tizimning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash m umkin.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling