Texnik tizimlarda axborot texnologiylari


Download 4.65 Mb.
bet31/167
Sana17.10.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1705369
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   167
Bog'liq
atjmm

Tashkilotning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jaray o n holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega bo‘linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari,
shuningdek, axborotlami ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning “axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o'zgarishlarga uchraydi, uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ко‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq.
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko'rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi. Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy namoyon bo'lishi bilan bog‘liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondashuv uni axborot protseduralarini (ma’lumot yig‘ish, ro'yxatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va hokazolarni) kompleks amalga oshirish bilan b og‘liq boshqaruv jarayonlarining bin sifatida ko'rib chiqishni ko'zda tutadi. Protseduralami bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro‘y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga yo'naltirilgan.
Axborot tizimiga mazmuniy yondashuv u yoki bu tashkilotning funksional vazifasi bilan bog‘liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko'rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro'yxati axborot tizim ining mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol o‘ynamasin unda har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo‘linma faoliyatining yo'nalishi aks etadi.
Axborot tizimlariga texnologik yondashuv axborotni protseduralar obyekti sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi, m azmuniy yondashuv esa axborotning ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling