Texnik topshiriq


AT strukturasi va ishlashiga qo‘yiladigan talablar


Download 68.59 Kb.
bet4/13
Sana27.03.2023
Hajmi68.59 Kb.
#1298853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Texnik topshiriq

4.1.1. AT strukturasi va ishlashiga qo‘yiladigan talablar
O‘lchash kanallari o‘lchash natijalarini avtomatik nazorat tizimiga uzatadi.
Avtomatik nazorat tizimi o‘lchash natijalarini o‘zgartiradi, qayta ishlaydi va saqlaydi. Shuningdek, u belgilangan vaqt oralig‘ida o‘rtacha hisoblangan va ifloslantiruvchi moddalarning massaviy konsentratsiyalari va tashlamalari ko‘rsatkichlarini, tizimning holati va ish paytida yuzaga keladigan nuqsonlar haqidagi ma’lumotni tizim operatorining avtomatlashtirilgan ish joyiga va serverga yuboradi.
Gaz analitik o‘lchash kanali tarkibiga namuna olish tizimi va gaz analitik o‘lchash asboblari kiradi.

4.1.1.1. AT va uning quyitizimlari ro’yxati, ularning maqsadi, asosiy xususiyatlari va o’zaro ta’sir sxemasi, shuningdek, ierarxiya darajalari va ATning markazlashtirish darajasi
Avtomatik nazorat tizimlari tashlamalar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi, ifloslantiruvchi gazlarning volyumetrik oqim tezligi hamda haroratini asbob-qurilmalar yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalar haqida uzluksiz ravishda monitoringini ta’minlashi kerak.
4.1.1.2. AT ish rejimlariga qo’yiladigan talablar, normal va favqulod holatlari haqida
Namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik nazorat tizimlari quyidagi talablar bo‘yicha joylashtirilishi kerak:
istalgan vaqtda (xavfsizlik qoidalariga muvofiq) va normal ob-havo sharoitida jihozlarni kuzatishni ta’minlash;
gaz analitik qurilmalarini o‘rnatish joyi yong‘in xavfsizligi va boshqa xavfsizlik choralari talablarini hisobga olgan holda tanlanishi;
o‘lchash vositalarini o‘rnatish joylarida ishlash sharoitlari (harorat, namlik va atrof-muhitning changligi, tebranish, shovqin va elektromagnit nurlanish va boshqalar) ularni ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar talablariga muvofiq bo‘lishi;
agar gaz analitik qurilmasining amaldagi ish sharoitlari belgilangan talablardan farq qilsa, qurilmalar maxsus himoya korpuslari (kabinalariga), maxsus xonalarga o‘rnatilishi yoki uning talablarga muvofiq ishlashini ta’minlaydigan boshqa himoya vositalaridan foydalanish lozim;

Download 68.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling