2.2. ATni yaratish maqsadlari
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish
3. Axborotlashtirish obyektining xarakteristikalari
3.1. Axborotlashtirish obyekti haqida qisqacha ma’lumot
Mazkur davlat standartida quyidagi atamalar va ularning ta’riflari qo‘llanilgan:
avtomatik o‘lchash — avtomatik rejimda ifloslantiruvchi moddalar zichligini uzluksiz ravishda o‘lchab borish;
atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi — atrof tabiiy muhitning holati va ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi axborotni geografik ma’lumotlar hamda zarur obyektlar haqida ular bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni grafik vizuallashtirish orqali GAT-texnologiyalar asosida to‘plash, tahlil qilish va saqlashning elektron tizimi;
3.2. Axborotlashtirish obyektining ishlash shart-sharoitlari va atrof-muhitning xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumot
Avtomatik nazorat tizimining dasturiy ta’minoti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ifloslantiruvchi moddalarning joriy konsentratsiyasi, mg/m3 va g/s;
normal sharoitda o‘rtacha hisobda 20 yoki 30 daqiqa, shu jumladan ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha kunlik konsentratsiyasi, mg/m3;
tashlanma gazlarning hajmdagi sarfi, m3/s;
yoqilg‘i sarfi (agar yoqilg‘i sarfini o‘lchaydigan hisoblagich bo‘lsa);
tashlanma gazning bosimi, kPa;
tashlanma gazning harorati, °S da;
tashlanma gazlardagi kislorod miqdori, foizda (zaruriyat bo‘lganda);
tashlanma gazlarning namligi, foizda (zaruriyat bo‘lganda);
joriy vaqt ko‘rsatkichi (soat, daqiqa, soniya).
4. ATga qo‘yiladigan talablar
- Avtomatik nazorat tizimlari zamonaviy rusumdagi texnologiyalarga uyg‘un bo‘lishi kerak.
4.1. ATga qo‘yiladigan umumiy talablar
- Namunaviy avtomatik nazorat tizimi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
gaz analitik kanallari (ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi, kislorod miqdori, karbonat angidrid miqdori, suv bug‘ining miqdorini o‘lchash uchun), (qattiq) zarrachalar tarkibini o‘lchash kanali, gaz oqimi parametrlarini o‘lchash kanallarini o‘z ichiga oluvchi (harorat, bosim, tezlik/volyumetrik oqim tezligi, suv bug‘ining tarkibini o‘lchash uchun) o‘lchash vositalari (o‘lchash kanallari) majmui;
Do'stlaringiz bilan baham: |